Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
partiyaga e’tiqod qo‘yib yashadim
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
partiyaga e’tiqod qo‘yib yashadim. O’rtoq Lenin ulug‘ zotim bo‘ldi! Jonajon KPSS qiblagohim bo‘ldi! Men ulug‘ zotim Lenin uchun ichki-tashqi g‘animlar bilan kurashdim. Jon olib, jon berdim. Men o‘rtoq Lenin g‘animini o‘z g‘animim deb bildim! Men qiblagohim KPSS uchun necha-necha besh yilliklarni oshirib-oshirib bajardim. Necha-necha o‘n yilliklarni bajarib-bajarib tashladim. Men qiblagohim KPSS uchun million-million tonnalab paxta terib berdim! Qiblagohim KPSS barcha yutukdarim ilhomchisi va tashkilotchisi bo‘ldi! Insonda vatan bitta bo‘ladi. Vatan yolg‘iz bo‘ladi. Shu bois — vatanga ohanjoma taqib bo‘lmaydi. Vatanga upa-surma qo‘yib bo‘lmaydi. Vatanga gard yuqtirib bo‘lmaydi. Vatan o‘z oti o‘zi bilan — vatan! Juda bo‘lsa — vatanga ona so‘zini qo‘shib aytsa bo‘ladi. Boisi, vatan bilan ona ayrilmasdir. Vatan bilan ona mangudir. Shu boisdan — ona-vatan, deymiz. Ona-vatan! Ammo-lekin men — kommunist Esonov, vatanga... sotsialistik so‘zini qo‘shib aytdim! Sotsialistik vatan! Ona qolib... sotsialistik nomini qo‘lladim! Ona qolib... sotsialistik vatan, deb aytdim! Birdan... bari xarob bo‘ldi. Bari sarob bo‘ldi. Yomondan-yomoni — endi bu xarobani tiklab bo‘lmaydi. Endi bu sarobani to‘ldirib bo‘lmaydi». Botir firqa chap yoniga ag‘darilib o‘yladi, o‘ng yoniga ag‘darilib o‘yladi. Chalqancha yotib o‘yladi. Qarori qat’iy bo‘ldi: «To‘ydim, men endi ketaman!» 64 Odam qarisa... umidini yo‘qotadi. Umidini boy beradi. Kelajaqdan umidini uzadi. Odamni ana shu... odam qilib turadi. Odamni ana shu umid... suyab yuradi. Shu bois, odam... umidsiz yashay olmaydi! Odam hamisha... ufqqa qarab yashaydi. Ufqqa qarab yuradi. Ufqqa qarab xayol suradi. Ufqqa qarab orzu qiladi. Ufqqa qarab... duoi fotiha o‘qiydi. Umid — odam uchun misoli ufq. Umid — odamzot uchun odamzot ufqi. Olamni oxiri — ufq. Odamni oxiri — umid! Olamni so‘ngga tayanch nuqtasi — ufq. Odamni so‘nggi tayanch nuqtasi — umid! Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi. Odam qarisa, ana shu tayanch nuqta — umidini yo‘qotadi! Shu boisdan, qari odam yursa — oyog‘i ostiga qarab yuradi. Qari odam o‘tirsa — yerga qarab o‘tiradi. Botir firqa-da ana shunday bo‘ldi! «O’zi, peshonam sho‘r ekan, — dedi Botir firqa. — Bir donishmand aytib edi: xudo yomon ko‘rgan bandasi-ni... qayta qurish davrida yaratadi, deb edi. Xudo sho‘ri qurigan bandasini... o‘tish davrida yaratadi, deb edi. Shu gap chin ekan. Men sho‘rpeshona ekanman. Mana, umrim qayta qurish bilan o‘tdi. Qayta yaratish bilan o‘tdi. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 84 20—30-yillarda o‘rtoq Lenin qur-qur, dedi. Men sovet davlatini qurdim. 30—40-yillarda o‘rtoq Stalin yarat-yarat, dedi. Men sotsializm jamiyatini yaratdim. 40—50-yillarda Yo‘ldosh Oxunboboev barpo et-barpo et, dedi. Men zavod-fabrikalar barpo etdim. 50— 60-yillarda o‘rtoq Xrushchev cho‘llarni o‘zlashtir-o‘zlashtir, dedi. Men cho‘l-biyobonlarni bog‘-bo‘stonga aylantirdim. 70—80-yillarda o‘rtoq Brejnev bilan o‘rtoq Rashidov mo‘l- mo‘l paxta ber-paxta ber, dedi. Men har yili olti million tonnalab «oq oltin» terib berdim, olti million! Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling