Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
71 yumib yotdi. Nafas olishini biddirmay yotdi. Qo‘llari qaerda, oyoqlari qaerda — bildirmay yotdi. Tirik jonmi-yo‘qmi — nishona bermay yotdi. Botir firqa Rajabovday otashin bir kommunist holidan... ezildi! Otashin kommunist holidan... kuyundi! Sanitar Rajabovni turtdi. Yuziga ohista shapatiladi. — Bemor, ko‘zingizni oching, bemor, — dedi. Rajabov ko‘z ochib qaradi. Yuzida iliqlik aks etdi. Yuzida yorug‘lik aks etdi. — Hay, tuzukmisiz? — deya bosh siltadi Hanifa Rajabovna. Rajabov ko‘zlarini ochib yumdi: tuppa-tuzuk, demish bo‘ldi. Hanifa Rajabovna... erini o‘pib-o‘pib yig‘ladi. Yenglari bilan ko‘zlarini artib-artib yig‘ladi. — Oyni o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Bu kunlar o‘tib ketadi, — deya yig‘ladi. Hanifa Rajabovna hamyonini og‘ziga bosib-bosib yig‘ladi. Erini yuziga... yuzini qo‘yib- qo‘yib yig‘ladi. — Peshonam qursin... — deya yig‘ladi. Rajabov nimjon ham nogiron ovoz berdi: — O’rtoq Esonov, meni olib keting... — Bardam bo‘ling, o‘rtoq Rajabov, bardam bo‘ling! — dedi Botir firqa. — Men sizni olib ketaman! Sanitar Rajabovni ustidan adyolni surdi. Oyoklari tarafga surib-surib qo‘ydi. Botir firqa ana shunda... ajab bir sinoatni ko‘rdi! O’rtoq Rajabovni qo‘llari... karavotga bog‘lab qo‘yildi. It boylagich... qayish bilan boylandi. Oyoqlari-da yonlariga yoyib-yoyib boylandi. Oyoqlari-da... it qayish bilan boylandi! Mahkam-mahkam boylandi! Bellaridan... otni ayiliday qalin qayish bilan tortib boylab tashlandi. Botir firqa titradi. Botir firqa qizidi. Botir firqa olov oldi. — Bu nima qiliq?! — deya baqirdi. — Obkom sekretari, Oliy Sovet deputati, mehnat veterani-ya?! Botir firqa Rajabovni qo‘liga yopishdi. Tugunni timdaladi! Kuchi yetmadi. Yecholmadi. Tugunga og‘zini qo‘ydi. Tugunni... tishlab-tishlab tortdi! Tag‘in bo‘lmadi. Yecholmadi. Sanitar Botir firqani qo‘ltig‘idan kirdi. Quchoqlab tortdi. Rajabovdan ajratib oldi. — Urtoq Esonov, og‘ir bo‘ling! — dedi. — Axir, obkom Rajabov... quturgan it emas-ku?! — deya baqirdi. — Obkom Rajabov... adirdan ushlab kelgan yovvoyi it emas-ku?! Sanitar... gapni elamadi. Gapni korlamadi. — To‘g‘ri, bemor obkom, bemor deputat... lekin sobiq! Ha, sobiq! — dedi. — Sobiq bo‘lsa nima qipti, sobiq bo‘lsa nima qipti?! — Sobiq... hayiting o‘tdi, demaqdir! Sobiq... hayiting o‘tgach, xinoni... ketingga qo‘y, demaqdir! — Qanaqa hayit, qanaqa hayit?! — Shon-shuhrat — arafa hayit! Mansab-martaba — uchkunlik hayit! Hayit o‘tgach, xinoni... ketingga qo‘y, deydilar! Botir firqa... haykal bo‘lib qoldi. Yuz-ko‘zi bo‘zrayib qoldi. Tili aylanmay qoldi. 57 Shu vaqt uzun ayvonda... gurs-gurs tovush bo‘ldi. Qars-qars ovoz bo‘ldi. Chil-chil sinish bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling