Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 vaqtgacha turli kinolarda turli qiyofalarda ko‘rib yurgan artistini endi yangi qiyofada ko‘rdi. Bugungi kinodan gangib qoldi. Es-hushini yig‘ib ololmadi. Minbardan ko‘z ololmasdi. Ichida Madievni so‘kdi. Burab-burab so‘kdi. Nihoyat, o‘zini bosdi. Osoyishta bo‘ldi. Sokin bo‘ldi. O’zicha bosh irg‘adi. O’zicha... Madievni... qo‘llab-quvvatladi! Boisi, Botir firqa qalban... millatchi edi! Ha-ha, ich-ichidan:.. millatchi edi! Mana, umr o‘tdi — Botir firqa millatchiligini tiliga chiqarmadi. Mana, umr o‘tdi — Botir firqa millatchiligini yuzaga chiqarmadi. Vazmin-bosiqligidanmi? Ichimdan top odam ekanligidanmi? Botir firqa og‘iz ochmaslikni... ichki bir dunyoqarashdan deb bildi. Ichki bir aqldan deb bildi. «Kommunistik partiya siyosatiga begona g‘oyalar — men uchun-da begonadir», deya o‘yladi. Ammo... o‘zi bilan o‘zi gaplashdi! Ich-ichidan gaplashdi: «Millatchilik — o‘z kindik qoni to‘kilgan yerga sadoqatdan bino bo‘ladi. O’z xalqiga mehr- oqibatdan bino bo‘ladi. O’z qarindosh-urug‘lariga mehr-muhabbatdan bino bo‘ladi. Ammo-lekin millatchilikni yomon taraflari-da bor. Millatchilik — iblislar panoh topajak eng so‘nggi panoh, demak. Millatchilik — jaholat, demak. Millatchilik — bir xalqni boshqa bir xalqqa nisbatan nafrati, demak. Shu boisdan, juda ko‘p fojialar ana shu millatchilikdan kelib chiqadi». Yo Botir firqa mansabidan tushib qolishdan qo‘rqdimi? Partbiletidan ajralib qolishidan qo‘rqdimi? Yo‘q, yana yo‘q! «Millatchilik misoli bir olov, — deya o‘yladi Bo-tir firqa. — Olov o‘z oti o‘zi bilan olov. Olov bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Odam olovni ehtiyot qilmasa, bet-qo‘lini kuydirib qo‘yadi. Odam olovni avaylamasa, o‘z uyini olov oldirib yuboradi. Butun... dunyoni o‘t oldirib qo‘yadi! Chin, ashaddiy millatchi bo‘lish kerak. O’z el-yurti uchun o‘limga-da shay millatchi bo‘lish kerak! Ko‘nglida millatchilik his-tuyg‘ulari yo‘q inson... inson emas! U bir... robot, robot! Ammo-lekin aql-farosat bilan millatchi bo‘lish kerak. O’ta bilim bilan millatchi bo‘lish kerak. Zamon shamollari esishiga qarab millatchi bo‘lish kerak. Mana, XX asr oyoqladi. XX asr misoli eski uy bo‘lib qoldi. Ammo-lekin ana shu eski uy bo‘sag‘asida tag‘in bir uy bor. U — butunlay yangi uy. Inson qadam bosmagan uy. Hali eshiklari ochilmagan uy. Hali chiroqlari yoqilmagan uy. Bu uyni nomi — XXI asr! Mo‘min-musulmonlar orziqib oshiqajak XXI asr! Mo‘min- musulmonlar baxt-saodat kutajak XXI asr! Endi, ana shu yangi uy uchun... talash bo‘ladi! Yer ol-ol bo‘ladi. Yurt ol-ol bo‘ladi. El ol-ol bo‘ladi. Barcha o‘z maqsadlari yo‘lida... millatchilikni ishga soladi! Xalqlarni... milliy tuyg‘usini ishga soladi. Xalqlarni... milliy g‘ururini olov misol kovlaydi! Bolshavoylar musulmonlarni terisini shilib keldi, qonini so‘rib keldi... emish. Ana gap! Avvalambor, sovet tuzumi davrida... xo‘roz hamma yurtda bir xil qichqirdi! Bu xo‘rozni oti — KPSS bo‘ldi! KPSS xo‘rozi ovozi ostida o‘ris-da bo‘ldi, gurji-da bo‘ldi, latish-da bo‘ldi, o‘zbek-da bo‘ldi. Qaytanga, KPSS xo‘rozi dastidan o‘zbekdan ko‘ra... o‘ris ko‘p talafot ko‘rdi!» Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling