Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 peshonada uzun-uzun chiziqlar — olis-olis yo‘llar bo‘lsa. Mazkur chiziq-yo‘llar sermashaqqat taqdirdan so‘ylab tursa, el-yurt tarixidan so‘ylab tursa. Peshona degani misoli bir tarix kitobi bo‘lsa, misoli bir qomus bo‘lsa. O’rtoq Esonov... insonda mazmun- ma’noli yuz bo‘lsa! Bu yuzda... mo‘l-mo‘l ajinlar bo‘lsa, mashaqqatlar ramzi bo‘lgan tirtiqlar bo‘lsa, turli-tuman dardlar asorati bo‘lsa! Bu yuzda... zo‘r qayg‘ular tamg‘asi bo‘lsa, ko‘rgiliklar belgisi bo‘lsa, qora kunlar suvrati bo‘lsa! O’rtoq Esonov, inson ko‘zlarida... mung bo‘lsa, qayg‘u bo‘lsa, dard-alam bo‘lsa! Inson ko‘zlari ham... tarihdan so‘ylab tursa, ham... kelajakka chorlab tursa! Inson ko‘zlari ostida qavat-qavat... ajinlar bo‘lsa! Ushbu ajinlar varaq-varaq... tarix bo‘lsa! Inson ko‘zlari ostida dumaloq- dumaloq... xaltalar bo‘lsa! Ushbu xaltalar yaxshi-yomon kunlarni bekitib yotgan bo‘lsa... O’rtoq Esonov, ana shunday ko‘zlarga qarab o‘tirsa bo‘ladi! Ana shunday peshonalarga ergashsa bo‘ladi! Ana shunday yuzlarga quloq solsa bo‘ladi! — Bularni maqsadi qayta qurish emas. Bular leninchi keksa avlodni chetga surib tashlasak — marra bizniki bo‘ladi, deb o‘ylayapti. Leninchi avloddan qutulib olsak — tantana qilamiz, deb niyat qilyapti. Hamma mansab-martabalarni egallab olib — davrimizni surib yotamiz, deb maqsad qilyapti. — Shunday, o‘rtoq Esonov, shunday. — Bular o‘zlarini qayta quruvchi, deb yuribdi. Bular qayta quruvchilar emas, bular... qayta buzuvchilar! Ha, o‘rtoq Rajabov, bular — qayta buzuvchilar! Qayta buzuvchi bo‘lganda-da... nonko‘r buzuvchilar! Ko‘rnamak buzuvchilar! — Shu donoligingiz uchun... ikki choynak choy olib kelmasam bo‘lmadi. — Qimirlamang, o‘rtoq Rajabov, o‘zim olib kelaman. — Men sizning aql-zakovatingizga... obkomdayoq qoyil bo‘lib edim! Endi esa — men sizga sig‘inaman! — O’rtoq Rajabov, siz obkomni birinchi sekretarisiz, byuro a’zosiz! Siz o‘tiring, o‘zim choy olib kelaman. 52 — Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Keyingi yillarda iqtisodiy va ma’naviy, siyosiy turmushimizdagi tarixiy o‘zgarishlar, ulkan burilishlar o‘zbek xalqi hayotini tamomila o‘zgacha baholashga ehtiyoj o‘yg‘otmoqda. Qonli Oktyabr to‘ntarishidan keyin boshlangan va haligacha davom etib kelayotgan e’tiqodlar kurashi, g‘oyalar kurashining g‘oyatda qarama-qarshiligi bugunga kelib hammaning diqqat markazida turibdi. Keskin kurashlardan iborat bu mafkuraviy siyosatlar ichida milliy masala alohida o‘rin tutadi. Botir firqa bir qimirlab oldi. Uyoq-buyog‘iga qaradi. Madievni nutqidan hayron bo‘ldi. «Galvars... gapni olisdan boshladi. Yaxshilikka bo‘lsin... — deya o‘yladi. — Baribir, gapini bizga olib kelib taqaydi. Ishqilib, otimni atamasa bo‘ldi. El-yurt oldida sharmanda qilmasa bo‘ldi». Tarihdan ma’lumki, turli-tuman xonlar o‘zbek mo‘min-musulmonlarining qonini so‘rib keldi... teri-sini shilib keldi, musulmonlarning o‘sib-ulg‘ayishiga, yuksak taraqqiy etishiga to‘g‘anoq bo‘ldi. Sobiq totalitar tuzum mo‘min-musulmonlar o‘z aql-hushlarini yig‘ib olmasliklari uchun, ma’naviy va madaniy rivojlanmasliklari uchun, milliy madaniyat va milliy til taraqqiy etmasligi uchun, bir so‘z bilan aytganda — o‘zligini anglab olishiga yo‘l bermaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni ishlab chikdi va amalga tadbiq etdi. Mo‘min-musulmonlar o‘ris jallodlari zulmi ostida bir amallab kun kechirdi. Qonxo‘rlar mo‘min-musulmonlarni «yovvoyi», deb atab keldi... Botir firqa misoli... yangi kino ko‘rdi. Misoli yangi kinoda yangi qiyofa ko‘rdi. Shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling