Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
53
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 62 — Ketdikmi, o‘rtoq Esonov? — Ketdik, o‘rtoq Rajabov, ketdik. — Qaysi yo‘ldan yuramiz? — Manavi yoqdan yuraylik. Yo‘lda muzqaymoq olib beraman. — Yo‘q, muzqaymoq yemayman, shamollab qolaman. — Xo‘sh, taassurotlar qalay? — Shu, o‘sha-o‘sha! — Bularni o‘zi kim... da’volari dunyoni buzadi? — Bularni guruh desa-da bo‘ladi, to‘da desa-da bo‘ladi. To‘da deyish ma’qulroq. To‘dada olomonga xos to‘rtta xislat yo‘q bo‘ladi. Shu bois, to‘da olomondan tuban turadi. O’z oti o‘zi bilan to‘da bo‘ladi. To‘da biror yomonlikni oldini olish uchun to‘da bo‘lmaydi. To‘da biror masala yuzasidan qayg‘urmaydi. To‘dada aniq bir maqsad ham bo‘lmaydi, orzu-niyat ham bo‘lmaydi. To‘da hamisha aybdor izlaydi, hamisha gunohkor izlaydi. O’sha aybdor yo gunohkor, mana men, deya to‘da oldiga otilib chiqsa — to‘da nima qilishini bilmay qoladi, nima deyishini bilmay qoladi! Boisi, to‘dada aybdorni jazolash niyati bo‘lmaydi. To‘da bor-yo‘g‘i: «Ana, davlatni o‘tirg‘izgan», «Ana, xalq qonini so‘rgan», «Ana, turg‘unlik timsoli», degan balandparvoz xitoblar aytib turadi. To‘da faqat... baqirib-chaqirib turadi, shiorlar silkib turadi, bayroqlar hilpiratib turadi! Qo‘l paxsa qilib turadi, musht do‘laytib turadi! To‘dani hamisha kimdir yig‘adi, kimdir jamlaydi. Ana shu kimdir to‘dani boshqaradi, to‘dani yo‘llaydi. O’zi esa... to‘dadan sug‘urilib chiqib qoladi, bekinib qoladi! To‘da esa... bir-biridan ilhom olib ketaveradi, bir- biridan rang olib ketaveradi. Birinchi qadamdayoq... to‘da odam sifatida o‘zini yo‘qotadi... o‘zini boy beradi. To‘da oqni qora, deydi, qorani oq, deydi! To‘da el-yurtga... o‘t qo‘ya oladi! Ha, to‘da el-yurtga o‘t qo‘ya oladi! Nima uchun to‘da tez e’tibor qozonadi, tez ko‘zga ko‘rinadi? Boisi, to‘dani kasbi — fitna-fasod bo‘ladi, ig‘vo-g‘alamislik bo‘ladi. Fitna-fasod bilan ig‘vo-g‘alamislik esa — o‘ta yomon qurol, o‘ta o‘tkir qurol! Ig‘vo shamol misol tez yoyiladi. O’q yetmagan joyga ig‘vo yetadi! O’q yetmas joyni fitna teshadi! Chivin uchib kirolmovchi xonadonlarga ig‘vo kirib boradi. Bomba qo‘rqitolmovchi qalblarni fitna titratib yuboradi, fitna qaltiratib yuboradi! Fitna-fasod qanchalar yolg‘on bo‘lsa — shunchalar yashin tezligida tarqaladi. Fitna-fasod yashin tezligida el-yurt e’tiborini oladi, jamiyat aqlini oladi. Fitna-fasod yashin tezligida... haqiqatga aylanadi! — O’zi, shu to‘dalarga nima yetmayapti-a? — Faqat bir taxchillik bor: amal-mansab taxchil, rahbarlik lavozimlari taxchil! O’lib ketgur, amal-mansab deganlari... qovun-tarvuz bo‘lsa ekan, paykaldan uzib olib, qo‘ltig‘iga qistirib yuborsang. Amal-mansab deganlari dala bo‘lsa ekan, besh-olti sotihdan yer bo‘lib bersang. Qachon demokratiya bo‘ladi, qachon qayta qurish bo‘ladi? Mana shu baqirib-chaqirib yurganlar mansab bilan ta’minlanmaguncha... qayta qurib bo‘lmaydi! — O’zi, azal-azaldan xalq ikki toifaga bo‘linadi. Biri, amal-mansab gashtini surib yuruvchi rahbarlar. Ikkinchisi, shu rahbarlarni... tagini kovlab yuruvchi mansabtalab da’vogarlar. Ana shu ikki toifa hamisha kurashib keladi. Oldinlari sovet tuzumidan qo‘rqar edilar. Endi esa, qo‘rqmay qo‘ydi. Oshkoraliqka o‘tdi. — Yig‘ilishlarda baqirib-chaqiradilar. O’z ovozlari kamday, og‘izlarini mikrofonga qo‘yib chinqiradilar, qiyqiradilar. Kim qanday o‘ylaydi, o‘rtoq Rajabov, har kimni o‘zi biladi. Ammo-lekin men mana bunday o‘ylayman: el-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbat... o‘ta ichki bir muhabbat bo‘ladi. O’ta sehrli-sirli bir mehr bo‘ladi. Masalan... yigitni qizga bo‘lgan muhabbati misol bo‘ladi. Ona yurtga bo‘lgan muhabbat... yigitni qizga bo‘lgan muhabbati misol... botinan bo‘ladi, asl bo‘ladi. Bu mehr-muhabbatni... olomon oldida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling