Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
dov-daraxtlar — hamma-hammasi bizni qarshi olishga oshiqardi. Qarshimizdan shamol urilar — biz 
olg‘a qarab yelib borardik, quyosh bizga tabassum bilan boqardi, chunki biz quvnab-kulib borardik. 
Havo yovshan va gullolalarning xushbo‘y hidini taratardi, chunki biz to‘yib-to‘yib nafas olayotgan 
edik. 
Yakkayu yolg‘iz qabr ustidagi ko‘hna gumbaz xarobalarida o‘tirgan cho‘l kalxati ko‘tarilib, 
qanotlarini silkib-silkib mashina bilan birgama-birga yo‘l bo‘ylab yer bag‘irlab uchib borardi. 
Yo‘lda ketayotgan ikki chavandoz cho‘chib ketib, o‘zlarini chetga oldi. Keyin dag‘dag‘a bilan 
qiyqirib, orqamizdan ot qo‘ydi. 
— He-e, to‘xta! To‘xta — deb qiyqirib, yer o‘pib chopib kelayotgan otlarini qamchilashardi. 
Ularning kim ekanligini bilmasdim. Balki Asalning ovulidandir. Ammo biz ularni tez chang-to‘zonda 
qoldirib ketdik. 
Oldinda qandaydir arava yo‘l chetiga burildi. Aravada o‘tirgan yigit bilan qiz o‘rinlaridan 
qo‘zg‘alib cho‘kkalashdi-da, qo‘llarini bir-birovlarining yelkasiga tashlagancha ikkinchi qo‘llarini 
silkib qolishdi. 
— Rahmat! — deya kabinadan qichqirdim ularga. Dasht tamom bo‘lib, katta yo‘lga chiqib oldik. 
G‘ildiraklar ostida asfalt g‘uvillay boshladi. 
Mashina bizni ko‘l tomon eltardi. Men uni shartta yo‘ldan chetga burdim-da, to‘ppa-to‘g‘ri qo‘riq 
yerga soldim, o‘t-o‘lanlarni bosib-yanchib qirg‘oqqa tomon haydadim. Tepalikda, naq suv tepasida 
to‘xtadik. 
O‘, Issiqko‘l, qirg‘iz diyorining so‘nmas qo‘shig‘i! Bu dengiz oshiq-ma’shuqlar haqidagi afsona va 
qo‘shiqlar diyori ekanligiga ishonmay bo‘ladimi, axir. U shu damda mavjlanib, qatra g‘uborsiz, rang-
barang tovlanib turardi. 
Ko‘kimtir to‘lqinlar o‘rkach-o‘rkach bo‘lib, go‘yo qo‘l ushlashib olishgandek, sarg‘imtir qirg‘oqlar 
sari yelib-yugurardi. Tog‘lar ortida quyosh botmoqda, suvning etaklari ko‘zni qamashtirib, pushti rang 
kasb etgan edi. Uzoqlarda osmon gumbaziga bosh urgan qorli tog‘larning och binafsha rang tizmalari 
ko‘zga chalinadi. Bu tizmalar ustida kul rang bulutlar suzib yurardi. 
Uni qara, Asal! Oqqushlar! — deb qichqirib yubordim men. Oqqushlar Issiqko‘lga faqat kuzda 
uchib kelishib, shu yerda qishlashadi. Bahorda esa bu yerga juda kamdan-kam kelishadi. Odamlarning 
aytishicha, bular shimolga ko‘chib ketayotgan janub oqqushlari emish. Ularning kelishi yaxshilikdan
baxtdan darak berar emish... 
Oqqushlar galasi oqshomgi ko‘l uzra uchib yurishardi, Qushlar goh yuqoriga ko‘tarilar, goh 
qanotlarini yoyib pastga suzishardi. Ular suvga qo‘nar, qanotlari bilan shaloplatib urib, ko‘pirib turgan 
suv tomchilarini uzoqlarga sachratardilar-da, yana osmonga ko‘tarilardi. So‘ngra ular turnaqator tizilib, 
bir tekisda qanot qoqishib, tunamoq uchun ko‘rfazning qumloq sohillari tomon uchib ketishardi. 
Biz kabinada o‘tirib, ko‘lni jimgina tomosha qilardik. Go‘yo hamma narsani hal qilib qo‘ygandek, 
shunday dedim: 
— Hu-uv anovi qirg‘oqdagi tunuka tomlarni ko‘ryapsanmi, u bizning avtobazamiz bo‘ladi. Mana 
bu bo‘lsa, — deb kabinani ko‘rsatdim, — bizning uyimiz!— dedim-da, birdan kulib yubordim. Uni 
qayoqqa ham olib borardim. 
Asal ko‘zlarimga tikilib, o‘zini ko‘ksimga tashladi. U mening pinjimga tiqilarkan, ham yig‘lar, 
ham kulardi. 
— Jonginam, azizim! Menga hovli-joyning keragi yo‘q! Faqat ota-onam, keyinchalik bo‘lsa ham 
qachon bo‘lmasin, meni tushunib, gunohimni kechirishsa bo‘lgani. Ular mendan umrbod xafa 
bo‘lishardi, buni yaxshi bilaman... Ammo ayb mendami axir... 
Tezda qosh qoraya boshladi. Ko‘kni bulutlar qoplab oldi, — ko‘lga sokinlik cho‘kib, endi qorayib 
ko‘rinardi. Tog‘ tizmalariga go‘yo elektr payvandchi o‘tirib olgandek, birdan o‘t chaqnab, ko‘zlarni 
qamashtirar va yana o‘char edi. Momaqaldiroq bosib kelayotgan edi. Oqqushlarning yo‘llarini 
o‘zgartganlari ham bejiz emas. Tog‘da yog‘ingarchilikka duch kelishlarini oldindan sezganlar. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling