Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 yaqinlashib kelaverdi. Ana shunda men: — Po‘sht! — deb qichqirdim-da, mashinani shiddat bilan konteyner ostidan olib qochdim. Xayriyatki, motor o‘chirilmagan edi. Orqadan qichqiriq, hushtak va so‘kish ovozlari eshitildi. Biroq men e’tibor bermasdan mashinani omborlar, taxlab qo‘yilgan yog‘ochlar va ko‘mir uyumlari yonidan g‘izillatib borardim. Pastqam yo‘llar bilan shahardan chiqib oldim va tog‘ etagiga, kimsasiz yo‘lga yetib kelgach, rulga mahkam yopishib oddim. Mashina yelib borardi, «ZIL» goh u tomon, goh bu tomon chayqalib ketardi. Ammo biz bunga ko‘nikib qolgan edik. Ko‘p o‘tmay Jontoyni quvib yetdim. Oddinga o‘tib ketmoqchi bo‘lib signal berdim. U kabinadan boshini chiqarib xo‘mrayib qaradi. Dovdirab qolib, ko‘zlari qinidan chiqib ketayozdi: meni tanidi. Ablahni qarang! Birovning shoshilayotganini ko‘rib turgandan keyin unga yo‘l berish kerak-da. Ammo u-chi, yo‘l bergisi kelmaydi, boshimni aylantirmoqchi. Shunda men mashinani chetga burdim-da, uni to‘g‘ri paykal bilan quvib boraverdim. Jontoy ham mashinasini qistay boshladi. Endi u yo‘lga chiqib olishga imkon bermasdi. Biladiki, atrofda harakat qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortadigan biron kimsa yo‘q. Buning ustiga, hozir uni hech nima qila olmasligimni biladi. Shu zaylda uchib borardik: u yo‘lda, men paykal ichi bilan. Ikkalamiz ham rulga yopishib olganmiz, yirtqichlardek bir-birimizga ko‘z olaytiramiz, so‘kinamiz. — Sen qayoqqa? Nega? — deb baqirdi u menga. Men unga musht o‘qtalib do‘q qilardim. Harholda mening mashinam yuksiz edi. Uni quvib o‘tdim, orqamga qayrilib qarasam, u endi shoshmay, tinchgina kelardi. Ha, iblis, menga desa battar bo‘l. Asalni hech qaerda uchratolmadim. Ovulga kelib, mashinani ularning hovlisi oldida to‘xtatdim. Xuddi piyoda chopib kelgandek nafasim bo‘g‘zimga tiqila boshladi. Hovlida ham, ko‘chada ham hech kim ko‘rinmasdi. Faqat egarlangan otgina qoziqqa bog‘lokdik turardi, xolos. Nima qilsam ekan? Kutishga ahd qildim. Mashinani ko‘rib ko‘chaga chiqar, deb o‘yladim o‘zimcha. Go‘yo bir narsani tuzatayotgandek motorni ochib, u yoq-bu yog‘ini qaray boshladim, ammo o‘zim eshikdan ko‘zimni uzmasdim. Unchalik uzoq kutmadim: eshik ochilib, ichkaridan Asalning onasi va to‘ladan kelgan, qora soqolli, ikki qavat to‘n kiygan chol chiqdi. Qo‘lida ajoyib qamchi. Aftidan, u hozirgina choy ichgan bo‘lsa kerak, terlab-pishib, bo‘rsib ketgandi. Ular ot bog‘langan qoziqqa yaqinlashdilar. Asalning onasi izzatu ikrom bilan uzangini ushlab turib, cholning egarga chiqib olishiga yordamlashdi. Bilsam u sovchini kuzatayotgan ekan. — Biz sizdan xursandmiz, quda! — dedi u. — Ammo bizdan ham ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. O‘z qizimiz uchun hech narsani ayamaymiz. Xudoga shukur, qo‘limiz quruq emas. — E,-e, boyvuchcha, xafa bo‘lmaymiz, — dedi u egarga tuzukroq o‘rnasha turib. — Ollo taolo yoshlarga umr bersin. Yaxshilik qilsak begonaga emas, o‘z farzandlarimizga qilamiz. Xudoga shukur, birinchi marta qudalashayotganimiz yo‘q. Xo‘p, omon bo‘l, boyvuchcha. Shunday qilib, juma kuniga kelishdik-a! — Ha, juma kuni kutamiz. Juma — ulug‘ kun. Oq yo‘l sizga. Qudamga salom ayting! «Nega ular juma kuni haqida gapirib qolish-di?» — deb o‘yladim men. «Bugun qanaqa kun? Chorshanba... Nahotki juma kuni olib ketishsa? Eh, qachongacha eski urf-odatlar biz yoshlarning hayotimizni poymol etadi?» Chol otini tog‘ tomon yo‘rttirib ketdi. Asalning onasi otliq uzoqlashib ketguncha kutib turdi, so‘ngra menga tomon o‘girilib, xo‘mrayib qaradi. — Nega bu yerda pashshaxo‘rda bo‘lib qolding, ho takasaltang? — dedi u. — Bu yer senga karvonsaroy emas! Tuyog‘ingni shiqillatib qol! Qani jo‘na, eshityapsanmi? Senga aytyapman. Demak, allaqachon sezib qolibdi. — Mashinam buzilib qoldi! — dedim o‘jarlik bilan po‘ng‘illab va belimgacha kapotning ostiga sho‘ng‘ib ketdim. Yo‘q, uni ko‘rmagunimcha hech qayoqqa ketmayman, derdim o‘zimcha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling