Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 — Yo‘l uchastkasiga eltib qo‘y, yigit, — dedi u menga. — Motor ishlamay qoldi, traktor keltiramiz. — Qaysi uchastkaga? — deb so‘radim. Chunki yo‘l tuzatish uchastkalari ko‘p edi, bunday uchastkalar deyarli har o‘n besh-yigirma kilometrda bo‘lardi. — Do‘landagi meteostantsiyaga yetmasdan bir oz berirokdagisiga. Meteostantsiya dovonning eng baland yerida, yo‘l tuzatish uchastkasi esa yetti kilometrlar chamasi pastda, yo‘ldan sal chetroqda, burilishda joylashgan edi. — O‘tiring, — dedim, — olib borib qo‘yaman. Balki o‘zimiz biror ilojini toparmiz? — deb kabinadan chiqdim. Ular traktor deb to kech kirguncha sarson bo‘lmasin uchun bir amallab yordam bergim keldi. Yo‘l tuzatuvchilarga azbaroyi hurmatim tufayli shunday qilgim kelardi: axir ular albatta biz uchun zahmat chekyaptilar-da. — Nima ham qila olarding, olov olmayotibdi, — dedi shofyor ochiq turgan kapotni bekitarkan, ma’yuslik bilan. Bechora sovuq yob, junjikib, ko‘karib ketibdi. Bu yerlik shofyorlardan emasligi ko‘rinib turibdi, poytaxtdan kelayotgan bo‘lsa kerak. U dovdirab atrofga alanglardi. Ular uchastkaga Frunzedan nimadir olib kelishayotgan edi. Nima qilish kerak? Miyamga bir qiziq fikr kelib qoldi. Avval dovonga bir qarab qo‘ydim. U yoqda havoning avzoyi buzuq, bulutlar pastlab suzardi. Nihoyat bir qarorga keldim. O‘ylagan fikrim juda zo‘r bo‘lmasa ham men uchun o‘sha paytda g‘oyat katta revolyutsion voqea bo‘lib ko‘ringan edi. — Tormozing joyidami? — deb so‘radim shofyordan. — Ana xolos... tormozsiz yurib bo‘ladimi! Motor ishlamayapti deyapmiz-ku senga!.. — Trossing bormi? — Xo‘sh, bo‘lsa-chi! — Buyoqqa keltir, mashinamga ula. Ikkalasi ham joylaridan jilmay, ishonqiramagandek menga tikilib turishardi. — Nima balo, aqlingdan ozdingmi? — dedi shofyor sekingina. Xarakterim shunaqa, bilmadim, bu yaxshimi, yomonmi. Biroq bundan qat’i nazar, miyamga bir fikr keldimi, bo‘ldi, kuyib-yonib ketsam ham baribir uni amalga oshirmaguncha qo‘ymayman. Men shofyorga yalinib-yolvora boshladim. — Jon do‘stim, kel, ulay qolaylik? Xudo ursin, yetkazib qo‘yaman. — Qo‘ysang-chi! — deb qo‘l siltadi u. — Nima, bu yerda shatakka olish mumkin emasligini bilmaysanmi. Buni o‘ylamay ham qo‘ya qol. Bor, yo‘qol, yo‘lingdan qol-ma!.. U go‘yo eng muhim va eng katta iltimosimni rad qilgandek, shunaqayam alam qildiki menga. — Eh, eshshak, qo‘rqoq! — deb mashinamga qarab yurdim. — Qani, yuring, ketdik! — deb chaqirdim mo‘ylovli kishini. Keyinroq bilsam, u yo‘l tuzatadigan ustalardan ekan. — Tura tur! — deb to‘xtatdi meni yo‘l tuzatuvchi va yuzimga bir tikildi-da, shofyorga qarab: — Trossni keltir, — dedi. U kalovlab qolib: — O‘zingiz javob berasiz, — dedi yo‘l tuzatuvchi-ga. — Mashina sizning ixtiyoringizda, Boytemir aka. — Hammamiz javobgarmiz! — dedi u qisqa qilib. Menga bu gap yoqib qoldi. Bunday kishilarga tezda hurmating ortadi. Biz haligi mashinani shatakka olib yo‘lga tushdik. Dastlab durustgina yurib boraverdik. So‘ngra Do‘langa yaqinlashaverganimiz sari yo‘l ham tobora yuqoriga — toqqa tomon ko‘tarilib, goh yonbag‘irlar bo‘ylab, goh tik qiyalik bo‘ylab pastlab borardi. Yurish qiyinlashdi. Motor ingrab, quloq ostida faqat guvillagan ovozgina eshitilardi. Yo‘q, qanchalik nolish qilib ingrama, baribir bor quvvatingni ishga solaman. Do‘landa yurish qanchalik mushkul bo‘lmasin, baribir mashinalarda ozmi- ko‘pmi ortiqcha quvvat saqlanib qolishini ilgaridan payqab yurardim. Yo‘lning yomonligini nazarga olib, hamma vaqt normadagi yukning yetmish foyizini yuklashar edi. Ko‘rsatma shunday edi. Lekin o‘sha payt men bu haqda o‘ylamagandim, albatta. O‘ylab o‘tirishning vaqti ham emasdi-da. Kurash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling