Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 hamon ishontirishga intilardim. Chiroq ostida, muyulishda to‘xtadik. Xadicha bir qarorga kelolmay turardi. — Eh, Ilyos! — dedi u tashvish bilan ko‘zimga boqib.— Bekor shunday qilyapsan! Ammo men nima desam ham uning bajarishini tushunib turardim. Uning qo‘ltig‘idan ushlab: — Bekorga emas. Menga ishonaver! Hammasi joyida bo‘ladi. Xo‘sh, kelishdikmi? — dedim. U xo‘rsinib qo‘ydi. — Sen aytganingdan keyin, nima ham qila olardim! — dedi-da, xo‘p degandek bosh qimirlatdi. Men beixtiyor uning yelkasidan quchoqlab oldim. — Asli yigit bo‘lib tug‘ilishing kerak ekan-da, Xadicha! Xo‘p, ertagacha xayr! — deb qo‘lini qattiq qisdim. — Kechgacha hamma qog‘ozlarni to‘g‘rilab qo‘y xo‘pmi? — Namuncha shoshilmasang! — dedi u qo‘limni bo‘shatmay turib. So‘ngra birdan o‘zgarib qoldi. — Mayli, boraver... Yotoqxonagami? — Ha, Xadicha. — Xayrli tun, — dedi u. Ertasiga bizda texnika ko‘rigi bo‘ldi. Avtobazadagi odamlar diqqinafas bo‘la boshladi: inspektorlar doim bemavrid tiqilinch qilishadi-da, nuqul biron narsadan ayb topib, akt tuzishgani tuzishgan. Qanchalik dahmaza, qanchalik tashvish. Ammo ularning o‘zlari esa juda og‘ir, sovuqqon odamlar. Planga muvofiq avtobazani texnika ko‘rigidan o‘tkazishlari kerak edi, shunga ko‘ra ular bamaylixotir o‘z ishlarini bajarayotgan edilar. O‘z mashinamdan ko‘nglim to‘q edi, ammo remont qilayotgan kishidek o‘zimni chetga tortib turaverdim. Xadicha navbatchilikka o‘tguncha vaqtni cho‘zib turish kerak edi. Hech kim men bilan gaplashmas, hech kim kechagi hodisani eslatmas edi. Odamlar buni xayoliga ham keltirmasdi: hamma texnik ko‘rikdan tezroq o‘tib, yo‘lga tushishga va bekor ketgan vaqtning hissasini chiqarishga oshiqardi. Ammo baribir ko‘nglimdagi dog‘ yoddan ko‘tarilmasdi. Texnika ko‘rigidan tushdan keyin o‘tdim. Inspektorlar ham ketishdi. Hammayoq bo‘shab, huvillab qolgan edi. Hovlining ichkarisida ochiq havoda pritseplar turardi. Ulardan ba’zan tekis yo‘llarda, ichki qatnovda foydalanilar edi. Men pritseplarga qanday borish qulayroq ekanini ko‘zdan kechirib, ulardan birini — eng chetkisini mo‘ljallab qo‘ydim. U oddiygina to‘rt g‘ildirakli aravaga o‘xshardi. Uning hamma hikmati mana shu. Ammo shuni deb qanchalik hayajonga tushdim... O‘sha payt meni nima kutayotganini bilmas edim. Shuning uchun ham yaxshigina ovqatlanib, biror soat bo‘lsa ham mizg‘ib olish maqsadida xotirjamgina yotoqxonaga ketdim. Yo‘l juda xavfli edi. Baribir uxlay olmadim. Vaqtni ilondek to‘lg‘anib o‘tkazdim. Qosh qoraya boshlagach, avtobazaga bordim. Xadicha bo‘lsa allaqachon kelib turgan ekan. Hamma narsa taxt edi. Men uni behuda tashvishlantirmaslik uchun ortiqcha takalluf qilib o‘tirmasdan yo‘llanmani oldimda, garajga shoshildim. Yugurib ketyapmanu xayolimdan: «Tamom! Endi buyog‘ini bir ko‘rsatib qo‘yay sizlarga!» — degan fikrni o‘tkazdim. Mashinani burdim va tislab borib pritsepga to‘g‘riladim, so‘ngra motorni sekin yurgizib qo‘ydim-da, tevarak-atrofni ko‘zdan kechirish uchun kabinadan chiqdim. Biron kimsa ko‘rinmaydi. Faqat remont ustaxonasidagi dastgohlarning taqir-tuquri-yu, ko‘l to‘lqinlarining qirg‘oqqa urilishidan ko‘tarilgan shalop-shulup ovozlari eshitilib turardi. Osmon sukunat ichida turgandek tutolsa ham bironta yulduz ko‘rinmasdi. Yonimda motor sekin tirillab turardi, mening yuragim ham gup-gup urardi. Chekmoqchi bo‘ldimu, lekin papirosni shu zahotiyoq chetga otib tashladim, keyin... Darvoza oldida meni qorovul to‘xtatdi: — To‘xta, qayoqqa! — dedi u. — Yuk ortishga, oqsoqol, — dedim men o‘zimni beparvo ko‘rsatishga urinib. — Mana chiqishga propuska. Chol qog‘ozga sinchiklab tikildi-yu, ammo fonus yorug‘uda hech narsa o‘qiyolmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling