Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 hamon pritseplar uchun yasaladigan qandaydir moslamalar va yana allanimalar haqida tushuntirardi. Jontoy bir chekkada quloq solib turardi. — O‘z holimga qo‘ysang-chi! — deb qo‘limni tortib oldim. — Mendan nima kerak senlarga? Sudga bo‘lsa sudga beringlar! Shu yog‘i ham yetar! Hech qanday pritsepning keragi yo‘q menga! Hech kimga sherik ham bo‘lmayman! Tushundingmi? Alibekning qovog‘i osildi, peshonasi tirishdi: — O‘zing boshlab, o‘zing o‘t qalab, endi birinchi bo‘lib dumingni xoda qilib qochmoqchimisan? Shunaqami? — Qanday tushunsang, shunday tushunaver! — dedim-da, shartta burilib, garaj tomon ketdim. Mashina oldiga keldim, qo‘llarim qaltirardi, nima qilishni bilmasdim. Nima uchundir mashina ostidagi chuqurga sakrab tushdim-da, sal o‘zimni bosib olish uchun terib qo‘yilgan g‘ishtlarga yonboshladim. — Menga qara, Ilyos! — tepamdan shivirlagan ovoz eshitildi. Boshimni ko‘tarib qaradim: bunisi yana kim bo‘ldi! Tumoq kiyib olgan Jontoy menga ayyorona tikilgancha chuqur tepasida xuddi qo‘ziqorindek cho‘nqayib o‘ti-rardi. — Uni juda boplading-da, Ilyos! — dedi u. — Kimni? — Alibekni-da, aktivistni! Naq nishonga urding! Darrov nafasi o‘chdi-qoldi, bo‘lmasa bu novator quloqni batangga keltirardi. — Xo‘sh, sening qanchalik ishing bor? — Nima ishim borligini o‘zing ham tushunib turgan bo‘lsang kerak. Biz shofyorlarga pritsepning keragi yo‘q. Uning oqibati qanday bo‘lishini bilamiz: birortasi ishlab chiqarish normasini oshiradi, yo‘lni qisqartadi, keyin hammalaring o‘sha ilg‘or darajasiga ko‘tarilinglar deyiladi-yu, biroq yuk tashish uchun to‘lanadigan haqni kesib qoladilar. Xo‘sh, kim o‘z cho‘ntagiga zarar keltirishni istaydi? Bir kunlik shuhrat, obro‘ kimga kerak? Biz sendan xafa bo‘layotganimiz yo‘q. Ha, ko‘ngling to‘q bo‘lsin... — Biz deganing kimlar? — deb so‘radim undan bamaylixotir bo‘lishga intilib. Ammo birdan bosib kelgan g‘azabdan yuragim siqilib ketdi: — Mashinani shatakka olib ketayotganimda nega nafasingni chiqarmay o‘tib ketganingni endi angladim! Olisni ko‘zlabsan-u, ammo tumshug‘ing ostidan narini ko‘rolmabsan, seningcha, boshqalar hech narsani tushunmaydi. O‘zingcha meni ahmoq deb o‘ylayapsan shekilli! Biz deganing senmi? — deb so‘radim yana. — Faqat mengina emas, — dedi Jontoy ko‘zlarini pirpiratib. — Yolgon, mag‘zay, bit! Seni deb qasddan pritsep bilan yurganim bo‘lsin! Tanimda jonim bor ekan, aytganimni qilaman. Sen bilan ana o‘shanda gaplashaman. Qani, tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi! — Hay-hay, haddingdan oshma! — deb o‘dag‘ayladi Jontoy. — Sening ham qanaqaligingni yaxshi bilamiz... Biroq o‘ylab ko‘r... Anoviga kelsak, davring kelganda yurib qol... — He seni!.. — deb jahl ustida qichqirib yubordim-da, joni qahrim bilan.jag‘iga tushirdim. U xandaq chekkasiga qanday o‘tirgan bo‘lsa, shundayicha orqasiga ag‘anab tushdi. Tumog‘i ham uchib ketdi. Men xandakdan mushukdek sakrab chiqdim-u unga tashlandim. Ammo Jontoy o‘rnidan turib olgandi, u o‘zini chekkaga olib qochib, butun hovlini boshiga ko‘tarib dodlay boshladi: — Bezori! Kazzob! Musht bilan qo‘rqita olmaysan meni! Sening ham adabingni berib qo‘yadigan kuch topilar! Haddingdan oshma, zararkunanda!.. Har tomondan odamlar yugurib kela boshladilar. Alibek ham chopib keldi. — Nima gap? Nega urding uni? — Haqiqat uchun! — deya battarroq baqira boshladi Jontoy. — Haq gapni yuziga aytganim uchun! Pritsepni o‘g‘irlagan ham o‘zi, dovonda ag‘darib tashlab ketib, ishni barbod qilgan ham o‘zi, yana boshqalar vijdonan uning xatosini tuzatmoqchi bo‘lishsa, u tumshuqqa soladi! Endi bu ishdan manfaatdor emas, chunki obro‘ va shon-shuhratni qo‘ldan boy berib qo‘ydi!.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling