Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
bo‘lsa ham hamma-hammasini unutib, toshdek qotib uxlagim kelardi. Men o‘zimni zo‘rlab bo‘lsa ham 
juda ko‘p ichdim, ammo aroq menga deyarli ta’sir etmadi. Men choyxonadan battar xafa bo‘lib, 
g‘azabim qaynab chiqdim. Tun yarmida shaharchada daydib yurdim va nima qilayotganimni o‘ylab-
po‘ykab o‘tirmasdan Beregovaya ko‘chasiga, Xadichaning uyiga qarab qayrildim. U ham meni kutib 
o‘tirgan ekan. 
Keyin ham ahvol ana shunday davom etaverdi. Men ikki olov o‘rtasida qolgandim. Kunduzlari 
ishda, avtobazada qolgan kechalarim esa darrov Xadichanikiga yugurib qolardim. Oyog‘im unikiga 
tortib turardi, u bilan o‘zimni xotirjam va erkinroq his qilardim. U yerda go‘yo o‘zimdan, odamlardan 
va haqiqatdan yashiringandek bo‘lardim. Nazarimda yolg‘iz Xadichagina meni tushunadigandek va 
sevadigandek tuyulardi. Uyimga kelganimda esa iloji boricha tezroq jo‘nab qolishga harakat qilardim. 
Asal, aziz Asalginam! Agar u o‘zining oqko‘ngilliligi va sofdilligi bilan meni uydan tobora 
uzoqlashtirayotganini bilsa edi. U shu fazilatlari bilan meni tezroq ketish uchun bahona topishga 
majbur qilardi, chunki unga munosib emasligimni, men uchun u qilgan barcha narsalarga o‘zimning 
sazovor emasligimni ko‘ra-bila turib bu yerda ortiq tura olmasdim. Men uyga bir necha bor mast bo‘lib 
keldim. Ammo u biror marta ham ta’na qilmasdi. Hali-haligacha uning menga nisbatan shunday 
munosabatda bo‘lganini tushuna olmayman: bo‘shligi, irodasizligidanmi yoki aksincha, o‘ta 
bardoshliligi va insonga nisbatan ishonchi tufaylimi? Ha, u albatta mening o‘zimni qo‘lga olishimni, 
muvaffaqiyatsizliklar ustidan g‘olib kelishimni va yana avvalgi holimga qaytishimni kutar, bunga 
ishonar edi. Ammo undan ko‘ra meni koyigani, bor haqiqatni vijdonan aytib berishga majbur etgani 
yaxshiroq edi. Ehtimol, Asal mening yuragimni o‘rtab tirnayotgan narsalar faqat ishdagi 
ko‘ngilsizliklargina emasligini bilganida, mendan javob talab qilgan bo‘larmidi?.. U shu kecha-
kunduzda mening hayotimda nimalar sodir bo‘layotganini tasavvur eta olmasdi. Men esa unga juda 
achinardim, yurak sirlarimni ochishni doim galga solardim. Natijada, shu taxlitda ish ko‘rib, uning 
oldida, muhabbatimiz oldida, oilamiz oldida bajarishim lozim bo‘lgan burchimni ado etishga ulgura 
olmay qoldim. 
So‘nggi marta uchrashuvimizda Asal meni quvonch bilan, shavq-zavq bilan kutib oldi. Yuzlari 
gulgun ochilib, ko‘zlari tabassumdan porlar edi. U kalta po‘stinim va etigimni yechirmasdanoq to‘g‘ri 
ichkariga sudradi. 
— Buni qarang, Ilyos! Samad endi tippa-tik turyapti! 
— Rostdanmi? Qani u? 
— Huv ana — stol tagida! 
— Polda emaklab yuribdi-ku! 
— Mana hozir ko‘rasiz! Qani, o‘g‘lim, qanday turishingni dadangga bir ko‘rsatib qo‘y! Qani tur, 
tura qol, Samad! 
Samad undan nima istayotganliklarini tushungandek bo‘ldi. U stol ostidan quvonib emaklab 
chiqdi-da, karavot yonida to‘xtadi, uni ushlab, zo‘rg‘a tikka turdi. U jilmayib, nozik oyoqlarida bir oz 
kalovlanib turdida, keyin o‘shanday jilmayganicha «gup» etib polga o‘tirib qoldi. Chopib borib, uni 
quchoqlab oldim-da, badanidan yoqimli sut hidi anqib turgan go‘dakni bag‘rimga bosdim. Xuddi Asal 
kabi naqadar qadrdon va aziz edi bu hid. 
Sekinroq, Ilyos, nafasi qaytib ketadi! — deb Asal quchog‘imdan Samadni tortib oldi. — Xo‘sh, 
endi nima deysiz? Qani, endi yechining. U tez kunda kattakon bo‘lib qoladi, shunda oyisi ham ishga 
boradi. Hammasi o‘rniga tushadi, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, shundaymasmi, o‘g‘ilcham? Siz-chi, 
— deb Asal kulimsirab, ma’yus ko‘zlari bilan menga boqdi. Men stulga o‘tirdim. U o‘zining mana shu 
bir og‘iz so‘zi bilan so‘nggi kunlar ichi aytmoqchi bo‘lib yurgan, lekin aytolmay yuragida saqlab 
kelayotgan barcha gaplarini bayon etganini payqadim. Bu so‘zlarda iltijo ham, ta’na ham, umid ham 
mujassamlashgan edi. Men o‘sha ondayoq unga bor gapni so‘zlab berishim yoki tezroq bu yerdan 
chiqib ketishim zarur edi. Yaxshisi, keta qolay. U behad baxtiyor edi va hech narsadan 
shubhalanmasdi. Men o‘rnimdan turdim. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling