Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 Kampir og‘iz ochirgani qo‘ymasdi. U meni og‘ziga kelgan achchiq so‘zlar bilan tinmay qarg‘ar edi. Uning baqiriq-chaqirig‘ini eshitib, qo‘shni hovlilardan erkak-ayollar va bolalar to‘plana boshladilar. — Xaloyiqni chaqirmasimdan, bu yerdan tuyog‘ingni shiqillatib qol! Basharang qursin, turqingni sira ko‘rmayin! — g‘azabga to‘lgan ona po‘stinini yerga uloqtirib tashladi-da, menga tomon xezlab kela boshladi. — Hoy, yaxshilikcha jo‘nab qol bu yerdan! — dedi allaqanday bir kishi yo‘lga tomon qo‘lini ishora qilib dag‘dag‘a bilan. Yo‘lga tushishdan boshqa iloj qolmagan edi. Axir meni Asal hatto ko‘rishni ham istamagandan keyin ketish kerak edida. Mashinamga tosh va tayoqlar otila boshladi. Bolalar meni ovuldan ana shunday haydab qolishdi. Nega shunday qilishdi ekan? Ehtimol, ular meni bu kampirni haqorat qilib, xafa qilgan deb o‘ylashdimikin ? Yoki biron kallakesar deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak... O‘sha tuni ko‘l bo‘yida uzoq daydib yurdim. Oy nurida jilolanayotgan ko‘l to‘lqin urib, o‘zini qo‘yishga joy topa olmasdi. O‘, Issiqko‘l, mangu qaynoq ko‘l! O‘sha tun muzdek sovuq eding, iltifotsizlik bilan qarshi olgan eding. Men to‘ntarilib yotgan qayiq ustida o‘tirarlim. Qirg‘oqdagi sayozliklar sari o‘rkach-o‘rkach bo‘lib yopirilib kelayotgan to‘lqinlar zarb bilan etiklarimning qo‘njiga urilar va pishqirib yana orqaga qaytar edilar. So‘ng allakim menga yaqinlashib keldi-da, yelkamga sekingina qo‘lini qo‘ydi. Bu Xadicha edi. * * * Bir necha kundan keyin biz birga Frunze shahriga jo‘nab ketdik. Anorxoy dashti yaylovlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borayotgan ekspeditsiyaga men shofyor, Xadicha ishchi bo‘lib o‘rnashdik. Mana shunday qilib yangi hayot boshlandi. Ekspeditsiya bilan birgalikda Anorxoy cho‘lining ichkarisiga, naq Balxash bo‘ylarigacha yetib bordik. Agarda undan ham olislarga borib qolganimizda ham baribir, orqaga qaytmagan bo‘lardim. O‘tmish bilan aloqani uzadigan bo‘lgandan keyin bir umrga uzmoq kerak. Dastlabki paytlarda dard-alamimni ish bilan yengdim. Ish esa istagancha topilardi. Uch yildan ortiqroq vaqt ichida butun Anorxoy dashtini kezib chiqdik, quduqlar qazidik, yo‘llar o‘tkazdik, yo‘l ustida bazalar qurdik. Xullas, hozirgi Anorxoy baland-past adirlardan iborat bo‘lib, yovshan bilan qoplanib yotgan va hatto kishi kuppa-kunduzi adashib, boshi va oyog‘i qayoqda ekanligini topa olmay haftalab, oylab tentirab yuradigan ilgarigi yovvoyi dasht emas. Hozir u yerlar madaniy dam olish joylari, uylar va qo‘sharlari bo‘lgan chorvadorlar o‘lkasiga aylangan. Don ekishadi, hatto chorva uchun pichan tayyorlashadi. To‘g‘ri, hali Anorxoyda qo‘l urilmagan ishlar ko‘p, biz shofyorlarni bo‘lsa qo‘yavering, ularning ishi hamma vaqt boshidan ortib yotadi. Biroq men u yerdan qaytib keldim. Hali ko‘p yerlari noobod, odamlar kam yashaydigan dashtda yashash og‘irligidan yoki bo‘ronli qishda, yo‘lsiz cho‘lda tentirab yurish qiyin bo‘lganligi uchun emas. Bu qiyinchiliklarning bari vaqtinchalik narsa, albatta. Agar inson mustahkam o‘rnashib olsa, cho‘lni o‘ziga bo‘ysundira oladi, u yerga o‘zi ham ko‘nikib qoladi, cho‘lni ham o‘ziga moslashtira oladi. Xadicha ikkimiz qiyinchiliklardan qo‘rqmasdik, turmushimiz ham yomon emas edi, bir-birimizni hurmat qilardik. Ammo hurmat boshqa- yu, muhabbat boshqa. Agar biri sevib, ikkinchisi sevmasa, unda bu ham, menimcha, ko‘ngildagidek haqiqiy turmush bo‘lolmaydi. Yo inson o‘zi shunday tuzilganmi, yo faqat men tabiatan shunaqamanmi, bilolmadim, harqalay, menga doimo bir narsa yetishmasdi, uning o‘rnini ish bilan ham, do‘stlik bilan ham, seni sevguvchi ayolga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rliging bilan ham almashtirib yoki o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasdi. Men Asalning oldiga borishga yana bir bor urinib ko‘rmay, shoshma-shosharlik qilib ketib qolganim uchun ko‘pdan beri ich-ichimdan o‘kinib yurardim. Anorxoyda o‘tkazgan keyingi yarim yil mobaynida bo‘lsa Asal va o‘g‘ilchamni sog‘inib yurak-bag‘rim ezilib ketdi. Tunlari uxlay olmay chiqardim. Samadning kulib, nozik oyoqchalarida zo‘rg‘a tik turgani ko‘zimga ko‘rinaverardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling