Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 Uning iliq tafti va go‘daklarga xos mayin hidini go‘yo butun umrga singdirib olgandayman. Qadrdon Tyan-Shan tog‘lari, mavjlanib yotgan moviy Issiqko‘l, ilk va so‘nggi muhabbatimni topgan tog‘ etaklaridagi jonajon dashtlar meni o‘ziga tortardi. .Xadicha bularning hammasini bilardi, biroq men uni hech narsada ayblamaganimdek, u ham meni biron narsada ayblamas edi. Nega ham ayblardik? Biz birga yashay olmasligimizni nihoyat tushungan edik. O‘sha yili Anorxoyga bahor erta keldi. Adirlarni qoplab yotgan qorlar tezda erib, kunlar isib, o‘t- o‘lanlar ko‘kara boshladi. Dashtga jon kira bordi, u issiqlik va namlikni emib bug‘lanib yotardi. Tunlari havo shishadek musaffo bo‘lar, osmonda yulduzlar charaqlardi. Biz parmalash vishkasi yonidagi chodirda yotgan edik. Har vaqtdagidek uyqu kelmasdi. Kutilmaganda allaqayoqlardan parovozning qichqirgan ovozi zo‘r-bazo‘r eshitilib, cho‘l sukunatini buzdi. Uning bu tomonlarga qay tarzda yetib kelganini aytish qiyin. Qozoq temir yo‘li bizdan dasht bo‘ylab yarim kunlik yo‘l narida. Yoki menga bu tovush shunchaki eshitilgandek bo‘ldimi, bilolmayman. Biroq yuragim «jiz» etib ketdi. U meni yo‘lga chorlardi. Shunda men: — Bu yerdan ketaman, Xadicha, — dedim. — To‘g‘ri, Ilyos. Ajralishimiz kerak, — dedi u. Biz ajralishdik. Xadicha Shimoliy Qozog‘istonga, qo‘riq yerlarga jo‘nab ketdi. Eh, xudo, uning baxtiyor bo‘lishini chin yurakdan istardim. Men Xadichaning ko‘nglidagi odamini topishiga, balki o‘zi ham sezmay-bilmay turib uni izlab yurgan yigit bilan uchrashishiga ishongim kelardi. U birinchi eridan yolchimadi. Unga ko‘ngilsiz bo‘lib, ajralishib ketdi. Shuningdek, men bilan ham o‘z baxtini topolmadi. Agar men haqiqiy, chinakam sevgi nima ekanligini, sevish va sevilishning ma’nosini to‘la anglab yetmaganimda, ehtimol, u bilan turmush qurib ketgan bo‘lar edimmi?.. Darvoqe bu shunaqangi narsaki, uning nega bunday bo‘lishi keragu unga o‘zgacha bo‘lishi mumkin emasligini izohlashga ojizlik qilib qolasan kishi. Xadichani stantsiyagacha olib borib, poezdga o‘tqazib yubordim va to orqada qolib ketmagunimcha vagon bilan yonma-yon chopib boraverdim. «Safaring xayrli bo‘lsin. Xadicha, oramizda o‘tgan yaxshi-yomonni unut!» — deb shivirlab qoldim so‘nggi marta. Turnalar Anorxoy osmonidan janubga tomon uchib borardi, men esa shimolga, Tyan-Shan tomon borardim... * * * Manzilga yetib keldimu hech qaerda to‘xtamasdan, to‘ppa-to‘g‘ri ovulga jo‘nadim. Chamadonimni rayon mehmonxonasida qoldirdim. Yo‘lovchi mashina ham juda qulay kelib qoldi: u toqqa, geolog- razvedkachilar huzuriga ketayotgan ekan. Men kuzovda borar ekanman, hech narsa haqida o‘ylamaslikka urindim, butun vujudimni bir vaqtda ham qo‘rqinch, ham quvonch chulg‘ab olgan edi. Biz tog‘ etagidagi dasht yo‘lidan, Asal bilan uchrashgan o‘sha qadrdon yo‘ldan ketayotgan edik. Ammo u endi ilgarigi torgina qishloq yo‘li emas, balki shag‘al yotqizilgan, beton ko‘priklari va yo‘l belgilariga ega bo‘lgan keng va tep-tekis ko‘cha bo‘lib ketibdi. Men hatto avvalgi oddiy yo‘ldan asar qolmaganiga bir oz achingandek bo‘ldim. Mashinam tiqilib qolgan ariqni, Asal o‘tirgan o‘sha xarsang toshni ham taniyolmay qoldim. Ovulga yetmasdanoq kabina tepasini qoqa boshladim. — Nima gap? — deb boshini chiqarib so‘radi shofyor. — To‘xtat, tushaman. — O‘rta yo‘lda-ya? Hozir yetamiz-ku. — Rahmat! Yaqin qoldi, — deb magpinadan yerga sakrab tushdim. — Buyog‘iga piyoda bora qolarman. — U mening qayoqqa va nega kelayotganimni qayoqdan bilsin. Pul uzatdim. — Qo‘y! — dedi u. — Shofyorlardan, hamkasabalardan olmaymiz. — Ushla buni, shofyorligim peshonamga yozib qo‘yilgani yo‘q-ku. — Yurish-turishingdan sezib turibman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling