Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 uyog‘i nima bo‘lishini kim bilsin. Tyan-Shan traktidan mashinalar odatdagidek turnaqator tizilishib u yoqdan-bu yoqqa qatnab turardi, biroq men o‘zimizning avtobaza mashinalaridan birontasida ketishni ma’qul ko‘rdim. Mana, tanish mashinalardan biri yaqinlashib kelmoqda. Qo‘l ko‘tardim. Kabinada o‘tirgan shofyor hadeganda meni payqamay qoldi. Katta tezlik bilan kelayotgan mashina g‘izillab o‘tib ketdi-yu, biroq shu zahotiyoq taqqa to‘xtadi. Men chamadonimni qo‘lga oldim. Shofyor kabinadan chiqdi. Bunday qarasam, polkdoshim Ermak, u stajirovkani armiyada mening qo‘limda o‘tagan edi. Ermak o‘sha kezlarda hali yoshgina yigitcha edi. U menga qarab jimgina jilmayib turardi. — Tanimayapsanmi? — Serjant... Ilyos! Ilyos Aliboev! — Nihoyat esladi u. — Xuddi o‘zi! — deb iljaydimu, ammo o‘zimga juda alam qilib ketdi, odamlar zo‘r-bazo‘r tanigandan keyin, juda o‘zgarib ketibman-da. Biz yo‘lga tushdik. U yoqdan-bu yoqdan gaplashib bordik, armiyada xizmat qilgan yillarimizni esladik. Ishqilib, mening turmushim haqida gap ochib, surishtirib qolmasa bo‘lgani, deb cho‘chib turardim. Ammo Ermak, aftidan, hech narsadan xabarsizdek ko‘rinardi. Men biroz tinchlandim. — Uyga qachon qaytding? — deb so‘radim men. — Ishlayotganimga mana ikki yil bo‘ldi. — Alibek Jonturin qaerda? — Bilmadim. Men kelsam, u ketib qolgan ekan. Aytishlaricha, Pomirning allaqaeridagi avtobazada bosh mexanik bo‘lib ishlayotgan emish. «Qoyilman, Alibek! Qoyilman senga, do‘stim! Puxta yigitsan!» — deb undan behad xursand bo‘ldim. Demak, oxiri o‘z maqsadiga erishibdi-da, u armiyada xizmat qilib yurgan kezlaridayoq avtomobil va yo‘l texnikumida sirtdan o‘qib yurgan edi. U institutni ham sirtdan tugatishni orzu qilib yurardi. — Boshliqlaring Omonjo‘lovmi? — Yo‘q, yangi odam. Omonjo‘lov ministrlikka ko‘tarilib ketdi. — Seningcha, qalay, meni ishga olisharmikin? — Nega endi olishmasakan, olishadi, albatta. Birinchi klass shofyorsan, axir armiyada ham yaxshilar qatorida eding-ku. — Qachonlardir shunday edim, — deb to‘ng‘illadim men. — Jontoyni-chi, bilasanmi uni? — Bizda unaqa odam yo‘q. Hech qachon eshitmaganman ham. «Ha, avtobazada ozmuncha o‘zgarishlar bo‘lmapti...» — deb xayolimdan o‘tkazdim. Keyin so‘radim: — Pritseplar bilan ishlash qalay? Dovondan olib o‘tyapsizlarmi ? — Ha, bemalol o‘tib yuribmiz, — dedi u e’tiborsizgina. — Yukning qanaqaligiga bog‘liq. Zarur bo‘lsa tirkab olishadi-yu, ketishaveradi. Hozir mashinalar juda baquvvat emasmi... Bu pritseplar menga naqadar qimmatga tushganini u bilmasdi. Anorxoy dashtida ishlab yurgan kezlarimda ham bu hodisa haqida ko‘p bosh qotirardim. Bu ishda birgina men aybdormanmi yoki yana qandaydir bo‘lak sabablar ham bormikin? Agar bunday o‘ylab qaralsa, bu juda oddiy, uncha bosh qotirib o‘tiradigan ish emas edi. Qanchalik og‘ir va qanchalik qiyin bo‘lmasin, Do‘landan pritsep ulab o‘tish mumkin ekanligi oxiri isbotlandi-ku, endilikda, agar zaruriyat tug‘ilib qolsa, bemalol olib o‘tilyapti-ku. Ammo bari balo shundaki, biror yangilik o‘zining ishda qo‘llanilishini talab etayotgandek, eshigingni qoqib turgan taqdirda ham o‘z vaqtida sezib ololmaymiz. Nega odamlar mening taklifimga shunchalik ishonchsizlik bilan qarashdi? Bu taklifni tog‘ sharoitida amalga oshirish haqiqatan ham qiyinligidan tashqari, yana bizning trassada mashinalardan foydalanish va yuk tashish qonun-qoidalari instruktsiyasi ham bor edi, unda dovondan pritsep ulab o‘tish man etilgandi. Xudo biladi, bu instruktsiya qachon ishlab chiqilgan ekan. Ehtimol urushdan avval polutorkalarga moslab tuzilgandir. Bu bechora polutorka pritsep uyoqda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling