Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 — Do‘stim, senga nima bo‘ldi! Bu qanaqasi? — derdi u xafalanib g‘amgin ohangda qorong‘ilik orasidan. — Mashina... qattiq shikastlanibdimi? — dedim xirillab qon aralash tuflab. — Yo‘q, unchalik emas. Faqat borayotib zarb bilan surilib ketgan-u, ko‘ndalang bo‘lib qolgan, xolos. — Unday bo‘lsa hozir jo‘nab ketaman, yo‘lda turmayman! — deb o‘zimga itoat qilmay qo‘ygan qaltiroq qo‘llarim bilan motorni yurgizmoqchi bo‘lib startyorni bosishga urindim. — To‘xta! — deb u meni mahkam quchoqlab oldi. — Maynabozchilik yetar. Chiq bu yoqqa. Tong otguncha uxlab ol-chi, ertaga uyog‘ini yana ko‘rarmiz... U meni kabinadan tortib chiqardi. — Kamol, sen yo‘l tirband bo‘lib qolmasdan mashinani chekkaga chiqarib qo‘y, keyin nima bo‘lganini aniqlarmiz! — dedi u hamrohiga, o‘zi bo‘lsa qo‘llarimni bo‘yniga solib, qorong‘ida qayoqqadir yetakladi. Biz uzoq yurdik, u odam meni jimgina yetaklab borar-di, men iloji boricha o‘zim yurishga harakat qilardim, biroq tezda toliqib qolaverdim, shunda u odam yana qo‘ltig‘imga kirib yetaklashda davom etardi. Shu yo‘sinda biz allaqanday xonadonga yetib keldik. Boyagi kishi qo‘ltig‘imdan tutib turib, uyga kirishimga yordamlashdi. Kiraverishdagi xonada kerosin chiroq yonib turardi. U kishi meni taburetkaga o‘tqazib, ustimdan kalta po‘stinimni yecha boshladi. Shundagina men uning yuziga qaradim. Uni tanidim. Bu yo‘l tuzatuvchi usta, dovonda mashinani shatakka olganimda uchrashgan o‘sha Boytemir edi. Men juda uyalib ketdim, lekin shunga qaramay, sevindim ham, endi uzr so‘rab, tashakkur izhor etmoqchi bo‘lib og‘iz juftlagan ham edimki, shu payt polga bir nima taraqlab tushdi. Men qayrilib qaradim va yelkalarimdan ulkan tosh bosib turgandek o‘rnimdan xiyol ko‘tarildim. Ostonada, sochilib yotgan o‘tinlar oldida toshdek serrayib qotib qolgan Asal turardi. — Bu nimasi? — deb pichirladi u. «Asal!» — deb qichqirib yuborishimga sal qoldi, ammo uning yaqinlashmay, begona qiyofada tikilib turganidan og‘iz ocholmay qoldim. Uyat va nomusdan o‘t bo‘lib yonib, boshimni quyi soldim. Xonaga bir zum yurakni yorib yuborgudek og‘ir sukunat cho‘kdi. Agar Boytemir bo‘lmaganida, bilmadim, nima bo‘lardi. U hech narsa bo‘lmagandek bamaylixotir meni o‘rnimga o‘tqazdi. — Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Asal, — dedi u xotirjamgina. — Shofyor bir ozgina shikastlanibdi, tuzalib ketadi... Sen, yaxshisi, yod bersang bo‘lardi bizga... — Yod? — endi uning ovozi o‘z holiga qaytgan, mayinlashgan va tashvishli edi. — Yodni qo‘shnilar olib ketishgan edi... Hozir olib chiqaman! — deya Asal es-hushini yig‘ib oldi-da, yugurib tashqariga chiqib ketdi. Men qimir etmay, lablarimni tishlaganimcha o‘tirardim. Kayfim tarqab, bir zumda hushimga kelib qoldim... Endi chakka tomirlarim lo‘qillab ura boshladi. — Avval yuvish kerak, — dedi Boytemir peshonamdagi shilingan joylarni ko‘zdan kechirarkan, keyin chelakni ko‘tarib tashqariga chiqib ketdi. Qo‘shni xonadan ko‘ylakchan, yalangoyoq, besh yoshlar chamasidagi bir bola mo‘ralab qarardi. U yotgan joyidan turib kelgan bo‘lsa kerak, katta-katta sinchkov ko‘zlari bilan menga termilib boqardi. Men uni darhol tanidim. Qanday taniganimni o‘zim ham bilmayman, har qalay, o‘g‘lim ekanini sezdim, qalbim sezdi buni. — Samad! — deb shivirladim kutilmagan uchrashuvdan ovozim bo‘g‘ilib va unga qarab intildim. Shu payt ostonada Boytemir paydo bo‘ddi, men uni ko‘rib, negadir bir cho‘chib tushdim. Chamasi, o‘g‘limning otini atab chaqirganimni eshitib qolgan bo‘lsa kerak. Xuddi o‘g‘irlik ustida qo‘lga tushgandek, o‘zimni juda noqulay seza boshladim. Xijolat tortayotganimni sezdirmaslikka intilib, peshonamdagi shilingan yerni qo‘lim bilan bekitganimcha: — Bu sizning o‘g‘lingizmi? — deb so‘radim. Nega shunaqa deb savol berdim-a? Bu xatoim uchun o‘zimni hozirgacha kechira olmayman. — Mening o‘g‘lim! — dedi mezbonga xos xushmuomalalik bilan Boytemir. U qo‘lidagi chelakni polga qo‘ydi-da, Samadni ko‘tarib oldi. — Mening o‘g‘lim, albatta, o‘z o‘g‘lim, shunday emasmi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling