Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Samad! — derdi u o‘g‘lini o‘pib va mo‘ylovi bilan uning bo‘ynilarini qitiqlab erkalab. Boytemirning 
ovozida va o‘zini tutishida soxtalikdan asar ham yo‘q edi. Uning barcha hatti-harakatlari shunchalik 
tabiiy ediki, go‘yo mening o‘rnimda mening rolimni ado etayotgandek edi. — Ha, toychog‘im, nega 
uxlamayapsan? Hamma narsadan xabardor bo‘lsang-a, qani, o‘rningga chopqilla-chi! 
— Oyim qani? — deb so‘radi Samad. 
— Hozir keladi. Ana kelyapti. Bor endi, o‘g‘lim, uxla. 
Asal jimgina yugurib kirdi va bizga sergaklik bilan tezgina nazar tashlab chiqdi-da, yodli 
shishachani Boytemirga berib, o‘g‘lini olib ketdi. 
Boytemir namlangan sochiq bilan yuzimdagi qonni artdi. 
— Birpas chidaysan endi! — deb hazillashdi u shilingan joylarimga yod surarkan va jiddiy suratda: 
— Bu ishing uchun seni o‘tda kuydirsa ham bo‘lardi-yu, mayli, endi, mehmonimizsan-da... Mana 
tamom, qutulding, bitib ketadi. Asal, bizga choy qo‘yib yuborsang bo‘lardi. 
— Hozir! — dedi Asal o‘g‘lini allalay turib. Boytemir polga yoyilgan kigiz ustiga ikki qavat 
ko‘rpacha solib, yostiq qo‘ydi. 
— Buyoqqa o‘tib o‘tir, — dedi u menga. — Yonboshla, bir oz damingni ol... 
— Hechqisi yo‘q, rahmat! — deb g‘o‘ldiradim men. 
— O‘tir, o‘tiraver, o‘z uyingdek bemalol o‘tiraver! — deb qattiq turib oldi u. 
Bularning hammasi go‘yo tushimda bo‘layotgandek edi. Mana hozir hammasi oshkor bo‘ladi, qani 
endi yer yorilsa-yu, yerga kirib ketsang, degan qo‘rquv va tashvishdan yuragim tars yorilib 
ketayozgandek edi. Chunki men bu yerga naqadar ayanchli ahvolda: mast, iflos va qonga bo‘yalgan 
holda kelganimni payqagan edim. Uf, onam nega tuqqan ekan meni-ya! 
Asal bizga qaramaslikka harakat qilib, samovarni oldi-da, tashqariga olib chiqib ketdi. 
— Men hozir senga yordamlashib yuboraman, Asal! — dedi Boytemir uning orqasidan. U 
Asalning ketidan endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edi, Samad yana o‘rnidan irg‘ib turdi. Uning mutlaqo 
uxlagisi yo‘q edi. 
— Senga nima bo‘ldi, Samad! — deb mehribonlik bilan bosh chayqadi Boytemir. 
— Amaki, siz to‘ppa-to‘g‘ri kinodan chiqdingizmi? — deb so‘radi o‘g‘lim jiddiy, oldimga 
yaqinroq kelib. 
Men uning nima hakda gapirayotganini tushunmadim, Boytemir bo‘lsa xaxolab kulib yubordi. 
— Voy, tentag-ey, — deb kulardi Boytemir bolaning yoniga cho‘kkalab o‘tirganicha. — Toza 
ichaklarni uzding-ku. Biz konga kino ko‘rgani borib turamiz! — dedi u menga murojaat qilib. — U 
ham biz bilan birga boradi. 
— Ha, men kinodan chiqdim! — deb umumiy kulgiga qo‘shildim. 
Ammo Samad qovog‘ini solib oldi-da: 
— Yolg‘on! — dedi. 
— Nega endi yolg‘on bo‘larkan? 
— Bo‘lmasa, anov urishadigan qilichingiz qani? 
— Uyga tashlab keldim... 
— Menga ko‘rsatasizmi, amaki? Ertaga ko‘rsatasizmi? 
— Xo‘p, xo‘p, ko‘rsataman. Qani, buyoqqa kel-chi, sening oting nima, Samad-a, to‘g‘rimi? 
— Samad. Sizning otingiz nima, amaki? 
— Menikimi... — deya nafasim ichimga tushib ketdi.— Mening otim Ilyos amaki, — dedim zo‘r-
bazo‘r. 
Boytemir shoshib qoldi: 
— Sizlar bu yerda gaplashib o‘tira turinglar, biz hozir choy qaynatib kelamiz. — U ostonada 
to‘xtadi. — Sen, Samad, borib yot, kech bo‘lib qoldi. 
— Dada, yana ozgina o‘tira qolay! — deb yolvordi Samad. 
— Ha, mayli! — deb rozi bo‘ldi Boytemir. Samad oldimga keldi. Men uning qo‘llarini siladim: u 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling