Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 — Men ketdim, — dedim. — Qayoqqa? — deya seskanib ketdi Asal. — Bugun ham qolmaysizmi? Loaqal choy ichib olsangizchi. — Ilojim yo‘q. Ketishim kerak, — deb to‘ng‘illadim men. — O‘zing bilasan, hozir ish juda qistov... Yo‘q, meni uydan haydayotgan narsa aslo ish emas edi. Vaholanki, yo‘lga ertalab chiqishim kerak edi. Qorong‘ida mashina yoniga kelib, kabina o‘rindig‘iga o‘zimni gurs etib tashladim va alamimdan ingrab yubordim, motorni yurgizish uchun kalitni o‘z o‘rniga tushira olmay, ancha vaqtgacha timirskilab o‘tirdim. So‘ngra yo‘lga chiqdim, derazalarda miltillab turgan chiroqlar orqada qolib, to ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha haydab bordim. Darada, ko‘prikdan o‘tishim bilanoq mashinani yo‘ldan chetga burib, butazorda to‘xtatib, chiroqlarini o‘chirdim. Shu yerda tunashga ahd qildim. Cho‘ntagimdan papiros oldim. Guturt qutisida bittagina gugurt cho‘pi qolgan ekan. U lov etib yondiyu, o‘chib qoldi. Papirosni ham qutichaga qo‘shib kabina oynasidan uloqtirib yubordim, boshimga kalta po‘stinni tortib, oyoqlarimni yig‘ishtirganimcha o‘rindiqda bukchayib yotib qoldim. Qop-qorong‘i va bahaybat tog‘lar ustida oy xiragina nur sochib turardi. Darada shamol hazin guvillar, ochilib turgan kabina eshigini u yokdan-bu yoqqa tebratar edi. U shamolda ohistagina g‘ijirlardi. Kabinada yotar ekanman, o‘zimning butunlay yakkayu yolg‘izligimni, odamlardan, oilamdan va avtobazadagi o‘rtoqlarimdan ajralib qolganligimni hali hech qachon hozirgidek chuqurroq sezmagan edim. Bundan buyon bu taxlitda hayot kechirish mumkin emas edi. O‘zimga-o‘zim so‘z berdim: safardan avtobazaga qaytib kelishim bilanoq, Xadicha bilan gaplashaman, undan meni kechirishini, ikkovimiz o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan hamma narsalarni unutishini iltimos qilaman. Shunday qilsam, vijdonan haqqoniy va to‘g‘ri ish tutgan bo‘laman. Biroq hayot bu fikrimni boshqachasiga hal etdi. Men shunday bo‘lishini hech qachon o‘ylamagan va kutmagan edim. Oradan bir kun o‘tgach, ertalab dovondagi bazaga yetib kelganimda, uyda hech kim yo‘q edi. Eshik lang‘illab ochilib yotardi. Dastlab Asal biron yoqqa: suvgami, o‘tingami chiqqan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. U yoq-bu yoqqa qaradim. Xonada hamma narsa ivirsib yotardi. Olov yoqilmagan, qora pechkadan qandaydir yoqimsiz sovuq urib turar, uy huvillab yotardi. Samadning karavoti yoniga bordim — bo‘m-bo‘sh. — Asal! — deb shivirladim dahshat aralash. «Asal!» — deb shivirlab aks sado berdi devorlar. Men eshikka o‘kdek otilib chiqdim. — Asal! — deb qichqirdim hovlida turib. Hech kim javob qilmadi. Qo‘ni-qo‘shnilarimiznikiga yugurdim, benzinkolonkaga chopib bordim, hech kimdan aniqroq javob ololmadim. Odamlarning aytishicha, kecha bolasini tanishlarinikida qoldirib, o‘zi kun bo‘yi qayoqqadir ketibdi va tunda qaytib kelibdi. «U voqeadan xabar topib ketib qolgan!» — degan dahshatli xayoldan cho‘chib ketdim. Umrimda hali hech qachon Tyan-Shan tog‘laridan mashinani o‘sha, men uchun baxtsiz bo‘lgan kundagidek tez haydamagan bo‘lsam kerak. Men nuqul qaerdadir anovi muyulishdan keyin yoki anovi darada, yoki yana qaerdadir yo‘lda unga yetib oladigandek bo‘laverdim. Go‘yo burgutdek parvoz qilib, ketib borayotgan mashinalarni quvib yetardim va ularga yonma-yon kelib mashinaga tormoz berardim- da, kabina va kuzovlarga ko‘z yugurtirib chiqib, shofyorlarning so‘kish-koyishlari ostida mashinani yana ilgarilab yeldirib borardim. Men shu vaziyatda radiatordagi suv qaynab ketmaguncha uch soatlar chamasi mashinani beto‘xtov yeldek uchirib haydadim. Kabinadan sakrab tushdim-da, radiator ustiga qor socha boshladim, so‘ngra yo‘l yoqasidagi pastlikdan suv olib chiqqani yugurdim. Suvni darhol quydim. Radiatordan bug‘ ko‘tarilar, mashina esa poygadan chiqqan otdek ufurardi. Rulga endi o‘tirmoqchi ham edimki, Alibekning qarshidan kelayotgan avtopritsepiga ko‘zim tushib qoldi. Quvonib ketdim. Garchand biz gaplashmay, salomlashmay yurgan bo‘lsak ham mabodo Asal ularnikida bo‘lsa, baribir u buni menga aytishi kerak-ku. Men yo‘lga yugurib chiqib, qo‘limni ko‘tardim-da: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling