Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 ol-dimga keldi. — Hozir bu hakda o‘ylamay qo‘ya qoling, Ilyos. Hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Yaxshisi, o‘zingizni o‘ylang. Juda o‘zgarib qoldingiz. Sizni hech tushuna olmay qoldim, Ilyos. — Xo‘p, bo‘pti! — deb uning gapini bo‘ldim, yuraksizlik qilib qo‘yganimdan jahlim chiqib. — Charchaganman, uyqum kelyapti. Men yolg‘on-yashiq so‘zlarni yanada ko‘proq gapirib qo‘ymaslik, oradagi sof sevgi ko‘zgusiga dog‘ tushirib qo‘ymaslik uchun tezroq yotib uxlashim kerak edi. Asal ham uni-buni so‘rab boshimni qotirib o‘tirmasdi. Men voqeani bir boshdan oqizmay-tomizmay aytib bermoqchi bo‘lib, bir necha bor hozirlandimu, biroq oradan vaqt o‘tgan sari iqror bo‘lishdan uzoqlasha bordim. Bilsam, hammasining o‘z mavridi — vaqt-soati bor ekan. Kayfim tarqalgach, bo‘lib o‘tgan voqealarni unga endi hech qachon ochiqchasiga gapirib bera olmasligimni tushundim. Nega bundayligini o‘zim ham bilmasdim. Oradan bir kun o‘tgach, qaytishda dovonning narigi tomonida Alibekni uchratib qoldim. U pritsep bilan kelayotgan ekan. Do‘lan ishg‘ol etilgan edi. Alibek meni ko‘ra solib, yurib kelayotgan yerida kabinaning o‘ng eshigidan sakrab tushdi-da, qo‘l silkiy boshladi. Men tezlikni kamaytirdim. U yo‘lda behad xursand va g‘olibona turardi. — Salom, Ilyos! Buyoqqa chiq, chekishamiz! — deb qichqirdi u. Men unga yaqinlashib tormoz berdim. Alibekning kabinasida yoshgina yigitcha — ikkinchi shofyor o‘tirardi. Mashinaning g‘ildiraklariga zanjirlar o‘rab bog‘langan. Pripeplarda pnevmatik tormoz. Buni men darhol payqagan edim. Biroq to‘xtamadim. Menga juda alam qilgan edi. Uddasidan chiqibsan — qoyil! Lekin meni tinch qo‘y. — To‘xta, to‘xta! — deb Alibek orqamdan yugura boshladi. — Ishim bor, to‘xta, Ilyos! Eh, shayton, senga nima bo‘ldi?.. Xo‘p, mayli! o‘zing bilasan... Men mashinani tezlatdim. Qichqirma. Bizning bir-birimizda hech qanday ishimiz yo‘q. Mening ishim allaqachon rasvo bo‘lgan. Yaxshi qilmadim, eng yaqin do‘stim Alibekdan ajraldim. Axir u haq edi, hamma narsada haq edi, buni endi tushunib yetdim. Ammo o‘sha paytda mening qanchalik asablarimni buzgan, qanchalik umrimni sarflagan narsaga u alam qilarli darajada juda tez va juda oddiy yo‘l bilan erishganligini kechira olmasdim. Alibek chuqur mulohazali va jiddiy yigit edi. U hyoch qachon dovonga menga o‘xshab partizanlik qilib bormasdi ham. Bunaqangi harakatlar uning tabiatiga yot edi. Uning kuch-quvvati, e’tibori ham xuddi mana shunda edi. U mashinani sherik bilan birga haydab to‘g‘ri qildi. Ular mashinani yo‘lda navbatma-navbat haydashlari, dovonni yangi kuchlar bilan qo‘lga kiritishlari mumkin edi. Dovonda hal etuvchi narsa — motor, iroda va inson qo‘llari. Buning ustiga, Alibek bilan sherigining manzilga borib kelishda bekor ketadigan vaqti deyarli ikki marta qisqarar edi. Bularning hammasini u hisobga oldi, mashina kompressoridan pritsepga bir vaqtda harakat qila oladigan tormoz o‘rnatdi. U eng oddiy narsani — zanjirlarni ham unutmadi, ular bilan oldingi g‘ildiraklarni tang‘ib qo‘ydi. Xullas, u faqat «ura» qichqirig‘i bilan emas, balki shay bo‘lib, to‘la qurollangan holda dovonga hujum qildi. Ana shu yo‘sinda Do‘landan mashinalar pritseplar bilan o‘tadigan bo‘lib qoldi. Alibekdan keyin dovondan boshqalar ham pritseplar bilan yurishga kirisha boshlashdi. Xdmmasi emas, albatta, ammo odatdagidek har bir ishda ham asosiy narsa uning boshlanishida-da, axir. Bu orada mashinalarning soni ham ortib qolgandi, qo‘shni avtobazadan yordam yuborishgandi. Bir yarim hafta davomida kechayu kunduz Tyan-Shan traktida mashinalarning guvillashi tinmadi. Xullas, qanchalik og‘ir, qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, biznikilar xitoylik ishchilarning iltimosini belgilangan muddatda ado etishdi, ularni uyaltirib qo‘yishmadi. Men ham ko‘pchilik qatori ishladim. Bularni, endi hamma ishlar iziga tushib, oradan shuncha yillar o‘tib ketgandan keyingina aytyapman. O‘sha qizg‘in kunlarda esa men egarda hali mustahkam o‘tira olmas va hayot otini ham unchalik boshqara olmasdim... Dovon ortida Alibek bilan uchrashganimizdan so‘ng avtobazaga kelganimda, kech kirib qolgan edi. Yotoqxonaga qarab yo‘l oldim, ammo yo‘l-yo‘lakay markaziy ko‘cha tomon burildim. Yana choyxonaga. O‘sha kunlarda mening hushdan ketguncha ichib, o‘lgudek mast bo‘lgim, loaqal bir lahza |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling