Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 o‘rmalab chiqish demakdir. Oldinga — yuqoriga — orqaga, yana ilgariga — oldinga — orqaga, yana va yana... Ammo o‘ylab o‘tirishga vaqt yo‘q, qor gupillab urib turibdi. Motorni yurgizdim. Mashina qattiq o‘kirib, balandlik sari qo‘zg‘aldi. Tishimni tishimga qo‘yib, tinimsiz ravishda ilonizi yo‘llarni asta-sekin bosib o‘taverdim. Nihoyat, tepalikka ham chiqib oldim. Endi tik qiyamalik, yo‘l tuzatuvchilar uchastkasiga burilib ketadigan muyulishga qadar bir tekis nishablik, undan keyin esa dovonga so‘nggi hujum boshlandi. Bir amallab pastga tushib oldim va to‘rt kilometrcha cho‘zilib yotgan to‘g‘ri yo‘ldan mashinani yeldek uchirib borib, yuqoriga ko‘tarila boshladim. Mana, u olg‘a intilib tobora yuqorilashib bormoqda... Ammo boyagi tezlab kelayotgani ko‘pga bormadi, tezlik borgan sari pasaya bordi. Motorni ikkinchi, so‘ngra birinchi tezlikka qo‘yib haydadim. Rulni mahkam ushlagancha, o‘zimni orqaga tashladim. Bulut parchalari orasidan yulduzlar mo‘ralashib qarashardi. Mashina joyidan qimir etmas va u yog‘iga tortolmasdi. G‘ildiraklar bir yerda g‘irillab aylanib, chetga surilardi, men akseleratorni jon-jahdim bilan bosdim. — Qani, yana! Yana ozgina! Qimtib yubor! — deb qichqirib yubordim. Cho‘zib-cho‘zib ingrayotgan motor titrab-qaltirab dirillay boshladi-da, birdaniga o‘chdi-qoldi. Mashina sekingina orqaga keta boshladi. Jonholatda tormoz berdim, to‘xtamadi. Pritsepning og‘irligi bilan borgan sari tezroq sirg‘alib, pastga tomon g‘ildirab tu-shaverdi, nihoyat, mashina qoyaga urilib, taqqa to‘xtadi. Hammayoq jimjit bo‘lib qoldi. Kabina eshigini ochib, tashqariga qaradim. Xuddi o‘ylaganimdek! Padariga la’nat! Pritsep yo‘l yoqasidagi ariqqa tushib ketgan edi. Endi uni hech qanday kuch bilan chiqarib bo‘lmasdi. O‘zimni yo‘qotib, dovdiraganimcha, yana motorni yurgizdim, zo‘r berib mashinani oldinga qarab hayday boshladim. G‘ildiraklar o‘z o‘rnidan qo‘zg‘almay g‘irillab aylanardi. Mashina bor kuchi bilan ilgariga qarab intildi, butun tanasi dirillab ketdi-yu, ammo joyidan siljimadi. Men mashinadan sakrab tushdim-da, pritsepga tomon chopib bordim. Uning g‘ildiraklari ariqqa chuqur botib ketgan edi. Nima qilish kerak? Boshim qotib qolgan edi, g‘azab bilan pritsepga otildim, uning g‘ildiragini qo‘llarim va butun gavdam bilan itara boshladim. So‘ngra kuzovning ostiga kirib boshim sirqirab og‘rib ketgunicha yirtqich hayvon singari bo‘kirib, pritsepni yelkam bilan yo‘lga surib chiqarishga urinib ko‘rdim, ammo qayoqda deysiz! Holdan toyib, yo‘lga yuztuban yiqildim va qor aralash loyni quchoqlab alamimdan yig‘lab yubordim. Keyin o‘rnimdan turdim-da, gandiraklaganimcha mashina zinasiga kelib o‘tirdim. Yiroqdan. motorning guvillagan ovozi eshitildi. Ikki chiroqcha balandlikdan pastdagi tekis yo‘lga yog‘du sochib tushayotgan edi. Bu shofyorning kimligini va yarim tunda taqdir uni qayoqqa va nima uchun haydayotganini bilmasdim, ammo bu chiroqlar go‘yo meni quvlab yetib, ushlab oladigandek seskanib ketdim. Qaroqchi singari pritsep ilgagiga qarab yugurdim, uni mashina bilan ulab turgan metall o‘qni sug‘urib olib, chetga uloqtirdim va kabinaga irg‘ib chiqib, pritsepni ariqda qoldirganimcha, mashinani yuqoriga qarab yeldek uchirib ketdim. Qandaydir tushunib bo‘lmaydigan dahshatli qo‘rquv ta’qib etardi meni. Orqamdan kelayotgan mashina nazarimda xuddi izma-iz quvib yetib kelayotgandek tuyulardi. Mashinani shunchalik tez haydardimki, azbaroyi yo‘lni yod bilganimdan biron yerga urib ham olmadim. Agar ko‘zlarimni bog‘lab qo‘yganlarida ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim. Tongotarda dovondagi bazaga yetib keldim. Nima qilayotganimni o‘zim ham anglamay, aqldan ozgan kishidek, eshikni musht bilan qoqa boshladim. Eshik lang ochildi. Asalga qaramay, boshdan- oyoq loyga belanganimcha uyga kirdim. Entikkanimcha allaqanday bir nam narsaning ustiga o‘tirdim. Bu kursi ustiga uyib qo‘yilgan kir uyumi ekan. Papiros olish uchun qo‘limni cho‘ntagimga tiqqan edim, qo‘limga mashina kalitlari ilindi. Men uni jahl ustida kuchim boricha chetga uloqtirdim va boshim «shilq» etib tushdi, urib po‘la qilib tashlangandek, tinka-madorim qurib, shalpayganimcha o‘tirardim. Ko‘zlarim polda. Stol yonida Asal o‘z og‘irligini yalang oyoqlarining dam unisiga, dam bunisiga solib turardi. Unga nima ham deya olardim? Asal polda yotgan kalitlarni olib, stol ustiga qo‘ydi. — Yuvinib olasizmi? Kechqurun suv isitib qo‘yganman, — dedi u sekingina. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling