Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
hakda gapirishganlarini bilmadimu, ammo Asalning to‘satdan kabinaga qarab qichqira boshlaganini 
eshitib qoldim: 
— Aldayapsan! Yolg‘on! Ishonmayman! Yo‘qol bu yerdan! Hoziroq yo‘qol! 
Mashina yo‘liga ravona bo‘ldi. Asal esa yo‘lni kesib o‘tib, uyga qarab otildi. Aftidan, u 
yig‘layotgan edi. 
Lattadek bo‘shashib, qo‘lim ishga bormay qoldi. Kim bo‘ldi u? Asalga nima dedi? Shunga 
o‘xshagan shubha va taxminlar qamrab oldi meni. Chidab tura olmay, uyga yurdim. Asal o‘g‘li bilan 
uyda o‘tirar edi. Axiri bo‘lmadi, kechqurun uning oldiga kirdim. 
— Samad qani? Uni juda sog‘inib qoldim! — dedim men. 
— Mana, bu yoqda, — dedi Asal ma’yusgina. 
— Dada! — deb menga talpindi Samad. Uni qo‘limga ko‘tarib, erkalatdim. Onasi esa g‘amga 
botib, indamay o‘tirardi. 
— Nima bo‘ldi, Asal? — deb so‘radim. Asal chuqur xo‘rsinib qo‘ydi. 
— Men ketaman, bake, — dedi u. — Bu yerda turmushim yomon bo‘lganidan emas, albatta, sizdan 
ming marta minnatdorman. Biroq nega, qayoqqa ekanligini o‘zim ham bilmayman-u, boshim oqqan 
tomonga ketaman... 
U bu gaplarni shunchaki aytgani yo‘q, buni ko‘rib turibman, g‘am-alam ichida ketib qolishi 
mumkin. Haqiqatni aytishdan bo‘lak ilojim qolmagan edi. 
Nima ham derdim, Asal, seni bu yerda ushlab turishga haqqim yo‘q. Ammo sen ketgach, bu 
yerda yashay olmayman, men ham bosh olib ketishim kerak. Vayron bo‘lgan uy-joyimni bir marta 
tashlab ketganman. O‘shandan buyon bir oz ko‘nikib qolgandek bo‘luvdim... Tasodifmi bu yoki 
takdirmi, faqat sen va o‘g‘ilchang bilan birga bo‘lib, g‘am-g‘ussalarimni unuta boshlagan edim. Buni 
gapirib o‘tirishning hojati ham yo‘q, o‘zing bilasan, Asal. Agar sen hozir ketadigan bo‘lsang, bu yer 
ham Pomirda qolib ketgan uyim kabi men uchun haromga aylanadi. O‘ylab ko‘r, Asal... Mabodo u 
qaytib kelsa va qalbing unga undaydigan bo‘lsa, sizlarga zarracha xalal bermayman, doim erking 
o‘zingda, Asal... 
Men shu so‘zlarni aytib Samadni ko‘tarib oldim-u, yo‘lga chiqdim. U yerda Samadni anchagacha 
ko‘tarib yurdim. Bu toychog‘im hech narsani tushunmasdi. 
Asal shu ko‘yi vaqtincha yashab qolaverdi. Ammo uning nimalar haqida o‘ylab yurgani, qanday 
qarorga kelgani menga qorong‘i edi. Bu kunlar ichida men ozib-to‘zib qorayib ketdim. 
Bir kuni tush paytida allaqanday ish bilan hovliga kirib qoldim. Qarasam, Samad ajabtovur 
yurishga intilyapti. Asal uni, tag‘in yiqilib tushib lat yemasin, deb qo‘rqib, sal ushlab turardi. Men 
to‘xtadim. 
— Bake, qara, o‘g‘ling endi yuradigan bo‘lib qoldi! — dedi quvonch bilan jilmayib. 
Nima dedi u? O‘g‘ling! Men yelkamdagi belkurakni irg‘itib yubordim-da, cho‘nqayib o‘tirib, 
toychog‘imni chaqira boshladim: 
— Toy-toy-toy, bo‘talog‘im! Qani, menga kel-chi, oyoqlaring bilan yerni tepkilab yur-chi, dadilroq 
bos! 
Samad qulochini yozib yubordi. 
— Dada! — deb oyoqchalarini entak-tentak bosib, menga qarab chopdi. Men uni ushlab oldim-da, 
boshim uzra baland ko‘tarib, bag‘rimga qattiq bosdim. 
— Asal! — dedim men unga. — Ertaga bir bolalar bayramini o‘tkazaylik-a. Sen oq va qora jundan 
to‘qilgan chilvir tayyorlab qo‘y. 
— Xo‘p, bake! — deb kulib yubordi u. 
— Ha, ha, albatta oq va qora jundan to‘qilgan bo‘l-sin. 
Men otga mindim-u, chorvador do‘stlarim oldiga jo‘nadim, u yoqdan qimiz va yangi so‘yilgan 
go‘sht olib keldim. Ertasiga esa biz kichkina bayramimiz — «chilvir kesish» bayramiga 
qo‘shnilarimizni taklif etdik. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling