Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 turmush qurib, o‘sha yerda, yo‘l uchastkasida qolib ishlay boshladik. Biz juda ahil va bir-birimizga mehribon edik... Shuni ham aytish kerakki, ayniqsa tog‘ va dovonlarda yashovchi yo‘l tuzatuvchilar uchun mustahkam oila — yaxshi xotin osh-nondek zarur. Men buni keyinroq o‘z hayotimda sinab ko‘rdim. Agar men o‘z ishimni bir umrga jon-dilimdan sevib qolgan ekanman, bunda xotinimning xizmati ham oz emas. Biz qiz ko‘rdik, keyin ikkinchisi dunyoga keldi, xuddi shu kezlarda to‘satdan urush boshlanib qoldi. Pomir yo‘li sharros quyib bergan jaladan keyingi daryo kabi chayqalib, to‘lqinlanib ketdi. Butun xalq ana shu daryo singari pastga tomon oqa boshladi — ular armiyaga ketayotgan edi. Nihoyat menga ham navbat keldi. Ertalab hammamiz boshlashib uydan yo‘l yoqasiga chiqdik. Kichkina qizchamni qo‘limda ko‘tarib borardim, kattasi esa barimdan ushlab olgancha yonma-yon borardi. Gulbaram, bechora Gulbaram! Uning qo‘lida mening safar xaltam, o‘zini dadil tutishga va meni ham ovutib, tinchitishga urinardi. Ammo kimsasiz tog‘u toshlardagi yo‘l uchastkasida ikki yosh bola-yu, yana xuddi o‘ziga o‘xshash ikki qo‘shni ayol bilan qolish unga naqadar og‘ir ekanligini butun qalbimdan sezib turardim. Men ularni ovulga: qarindosh-urug‘larim oldiga jo‘natmoqchi bo‘ldim, ammo Gulbara istamadi. Kunimizni bir amallab o‘tkazarmiz, seni kutamiz, yo‘lni ham qarovsiz qoldirib bo‘lmaydi-ku, axir, derdi u. Men rafiqam va farzandlarim bilan so‘nggi marta yo‘l yoqasida turib xayrlashdim. Biz Gulbara bilan u vaqtda hali juda yosh, hayotga endigina qadam qo‘ygan edik... Men sapyorlar batal’oniga tushdim. Moskva ostonalaridagi ko‘pgina tankka qarshi qurilgan to‘siqlarga mening ham qo‘lim tekkan. Keyin esa Don va Visla daryolarini kechib o‘tib, Dunayga qarab ketdik. Urush maydonlarida biz qanchadan-qancha yo‘llar, kechuv joylari, ko‘priklar barpo etdik. Qilgan ishlarimizni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi! Ba’zan shunday paytlar ham bo‘lardiki, goh muzday suvda titrab-qaltiraysan, goh tutun va olov ichida yonasan, atrofingda snaryadlar betinim portlaydi, kechuv joylarni ostin-ustin qiladi, qanchadan qancha odamlar qiriladi, tinka-madoring qurib, o‘lishingga ham ming marta rozi bo‘lasan. Biroq shunday paytlarda tog‘-toshlarda yashab, xuddi Xizrni yo‘qlagandeq meni intizorlik bilan kutayotgan bola-chaqamni eslasam va Pomirdek joydan bu yerda, ko‘prik ostida bekordan bekorga o‘lib ketgani kelmaganimni o‘ylasam, kuch-qudratim shu qadar ortib ketardiki, bir-biridan ajralib ketayotgan simlarni hatto tishlarim bilan burardim, hayotdan voz kechgim, taslim bo‘lgim kelmasdi. Ana shu kuch bilan Berlin ostonalarigacha yetib bordim. Xotinim tez-tez xat yozib turardi, yaxshiyamki, pochta ularning yonginasidagi yo‘ldan o‘tardi. U hamma narsa haqida, shu jumladan, yo‘l haqida ham batafsil yozardi — u mening o‘rnimga master bo‘lib qolgan edi. Unga juda og‘ir ekanligini bilardim: yo‘l ham uncha-muncha yo‘llardan emas, Pomirda-ya! Buning ustiga, qo‘shnilar ham duch kelgan tomonga qarab ko‘chib ketishibdi. Qirq beshinchi yilning bahoriga kelib to‘satdan xat kelmay qo‘ydi. Front pochtasida har xil hodisalar bo‘lishi mumkin-ku, deb o‘ylab, o‘zimni o‘zim ovutardim. Kunlardan birida meni polk shtabiga chaqirib qolishdi. Xo‘sh, gap shunaqa, starshina, urushib bo‘lding, yaxshi jang qilding, tashakkur va mukofotlar ham olding. Endi uyingga qaytasan, u yerda sen hozir ko‘proq keraksan. Ammo birinchi navbatda harbiy komissariatga kir, hujjatlaringni topshir, keyin uyingga jo‘na... Men kutilmagan bu xabardan quvonib ketdim, albatta. Hatto uyga telegramma ham yubordim. Men qadrdon joylarimga yetib keldim. Harbiy komissariatga esa kirib o‘tirmadim, ulguraman hali, qayoqqa qochib ketardim! Uyga! Tezroq uyga yetib boray! Yo‘lovchi polutorka mashina uchrab qoldi, men unda Pomir yo‘li bo‘ylab jo‘nab ketdim. Qani endi qanotim bo‘lsa-yu, uchib borsam, frontdagi «Studebekker»larda yurib o‘rganib qolibman, kabinaga engashib shofyorga qichqirardim: — Tezroq hayda, oshna, shaldiroq aravangni muncha ayamasang! Uyimga ketyapman! Mana, yaqinlashib ham qoldim. Muyulishdan o‘tish bilan mening uchastkam. Sabr-toqatim chidamadi. Mashinaning yurib ketayotganiga qaramay, sakrab tushdim-da, safar xaltamni yelkamga tashlab, yugurib ketdim. Shunday qilsam tezroq yetib boraman, deb o‘yladim. Chopyapman, chopyapman, muyulishdan ham o‘tdim... O‘tdim-u, hech narsani taniyolmadim. Go‘yo hamma- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling