Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
YO‘L MASTYeRINING HIKOYaSI Mana siz, nega Pomirga borgingiz yo‘q, deb so‘radingiz. O‘zim pomirlik qirg‘izman. Tug‘ilgan elim Pomir bo‘lsa ham men buyoqlarda, Tyan-Shanda yuribman. Juda yoshlik chog‘larimdanoq Pomir yo‘l qurilishida ishlay boshladim. U yoqqa komsomol chaqirig‘i bilan borgan edim. Qurilish xalq qurilishi edi, mexanizmlar yetishmasdi, ish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g‘ayrat va shijoat bilan ishlardik. G‘ayrat ko‘rsatmay bo‘larmidi: asrlar bo‘yi inson qadami yetmagan Pomirga yo‘l solinyapti-ya! Men zarbdorlar qatoriga o‘tib oldim, dam-badam mukofot va in’omlar olib turardim. Buni maqtanib emas, shunchaki kezi kelgani uchun aytyapman. U yerda, qurilishda men bir qizni uchratib, uni jon-dilimdan sevib qoldim. O‘zi ham juda chiroyli, aqlli qiz bo‘lib, qurilishga ovuldan kelgan edi; bu esa o‘sha paytlarda oddiy qirg‘iz qizi uchun katta qahramonlik edi. Uyog‘ini surishtirganda, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, hatto hozir ham qizlarning ishlab chiqarishga borib ishlashlari unchalik oson emas — bunga urf-odatlarimiz to‘sqinlik qiladi. Gulbara bilan tanishganimizga bir yilcha bo‘ldi. Yo‘l qurilishi oxirlab qolgan edi. Yo‘lni ishga solib yuborish uchun o‘z kadrlarimiz bo‘lishi zarur edi. Yo‘l qurilishi ishning bir tomoni, uni birgalashib, umumiy kuch bilan bajara olish mumkin, shuning bilan birga, unga ko‘z-quloq bo‘lib, nazorat ham qilib turish kerak-da. Bizda Husainov degan bir yosh injener bor edi, u hozir ham yo‘l sohasida ishlaydi, ministr bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz u bilan do‘stlashib qoldik. Menga yo‘l ishlari kurslariga borib o‘qishga maslahat bergan ham shu kishi bo‘ldi. Men o‘qishni bitirib kelgunimcha Gulbara kutib turolmas, uni ovulga olib ketib qolishar, deb o‘ylagan edim, yo‘q, u qaytishimni kutdi. Nihoyat birga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling