Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
hamon ishontirishga intilardim. Chiroq ostida, muyulishda to‘xtadik. Xadicha bir qarorga kelolmay 
turardi. 
— Eh, Ilyos! — dedi u tashvish bilan ko‘zimga boqib.— Bekor shunday qilyapsan! 
Ammo men nima desam ham uning bajarishini tushunib turardim. Uning qo‘ltig‘idan ushlab: 
— Bekorga emas. Menga ishonaver! Hammasi joyida bo‘ladi. Xo‘sh, kelishdikmi? — dedim. 
U xo‘rsinib qo‘ydi. 
— Sen aytganingdan keyin, nima ham qila olardim! — dedi-da, xo‘p degandek bosh qimirlatdi. 
Men beixtiyor uning yelkasidan quchoqlab oldim. 
— Asli yigit bo‘lib tug‘ilishing kerak ekan-da, Xadicha! Xo‘p, ertagacha xayr! — deb qo‘lini 
qattiq qisdim. — Kechgacha hamma qog‘ozlarni to‘g‘rilab qo‘y xo‘pmi? 
— Namuncha shoshilmasang! — dedi u qo‘limni bo‘shatmay turib. So‘ngra birdan o‘zgarib qoldi. 
— Mayli, boraver... Yotoqxonagami? 
— Ha, Xadicha. 
Xayrli tun, — dedi u. 
Ertasiga bizda texnika ko‘rigi bo‘ldi. Avtobazadagi odamlar diqqinafas bo‘la boshladi: inspektorlar 
doim bemavrid tiqilinch qilishadi-da, nuqul biron narsadan ayb topib, akt tuzishgani tuzishgan. 
Qanchalik dahmaza, qanchalik tashvish. Ammo ularning o‘zlari esa juda og‘ir, sovuqqon odamlar. 
Planga muvofiq avtobazani texnika ko‘rigidan o‘tkazishlari kerak edi, shunga ko‘ra ular bamaylixotir 
o‘z ishlarini bajarayotgan edilar. 
O‘z mashinamdan ko‘nglim to‘q edi, ammo remont qilayotgan kishidek o‘zimni chetga tortib 
turaverdim. 
Xadicha navbatchilikka o‘tguncha vaqtni cho‘zib turish kerak edi. Hech kim men bilan 
gaplashmas, hech kim kechagi hodisani eslatmas edi. Odamlar buni xayoliga ham keltirmasdi: hamma 
texnik ko‘rikdan tezroq o‘tib, yo‘lga tushishga va bekor ketgan vaqtning hissasini chiqarishga 
oshiqardi. Ammo baribir ko‘nglimdagi dog‘ yoddan ko‘tarilmasdi. 
Texnika ko‘rigidan tushdan keyin o‘tdim. Inspektorlar ham ketishdi. Hammayoq bo‘shab, huvillab 
qolgan edi. Hovlining ichkarisida ochiq havoda pritseplar turardi. Ulardan ba’zan tekis yo‘llarda, ichki 
qatnovda foydalanilar edi. Men pritseplarga qanday borish qulayroq ekanini ko‘zdan kechirib, ulardan 
birini — eng chetkisini mo‘ljallab qo‘ydim. U oddiygina to‘rt g‘ildirakli aravaga o‘xshardi. Uning 
hamma hikmati mana shu. Ammo shuni deb qanchalik hayajonga tushdim... O‘sha payt meni nima 
kutayotganini bilmas edim. Shuning uchun ham yaxshigina ovqatlanib, biror soat bo‘lsa ham mizg‘ib 
olish maqsadida xotirjamgina yotoqxonaga ketdim. Yo‘l juda xavfli edi. Baribir uxlay olmadim. 
Vaqtni ilondek to‘lg‘anib o‘tkazdim. Qosh qoraya boshlagach, avtobazaga bordim. 
Xadicha bo‘lsa allaqachon kelib turgan ekan. Hamma narsa taxt edi. Men uni behuda 
tashvishlantirmaslik uchun ortiqcha takalluf qilib o‘tirmasdan yo‘llanmani oldimda, garajga 
shoshildim. Yugurib ketyapmanu xayolimdan: «Tamom! Endi buyog‘ini bir ko‘rsatib qo‘yay 
sizlarga!» — degan fikrni o‘tkazdim. Mashinani burdim va tislab borib pritsepga to‘g‘riladim, so‘ngra 
motorni sekin yurgizib qo‘ydim-da, tevarak-atrofni ko‘zdan kechirish uchun kabinadan chiqdim. Biron 
kimsa ko‘rinmaydi. Faqat remont ustaxonasidagi dastgohlarning taqir-tuquri-yu, ko‘l to‘lqinlarining 
qirg‘oqqa urilishidan ko‘tarilgan shalop-shulup ovozlari eshitilib turardi. Osmon sukunat ichida 
turgandek tutolsa ham bironta yulduz ko‘rinmasdi. Yonimda motor sekin tirillab turardi, mening 
yuragim ham gup-gup urardi. Chekmoqchi bo‘ldimu, lekin papirosni shu zahotiyoq chetga otib 
tashladim, keyin... 
Darvoza oldida meni qorovul to‘xtatdi: 
— To‘xta, qayoqqa! — dedi u. 
— Yuk ortishga, oqsoqol, — dedim men o‘zimni beparvo ko‘rsatishga urinib. — Mana chiqishga 
propuska. 
Chol qog‘ozga sinchiklab tikildi-yu, ammo fonus yorug‘uda hech narsa o‘qiyolmadi. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling