Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 yugura boshladim. — Men hazil qilayotganim yo‘q, haqiqatan ham pritseplar ulash mumkin... Keksa, oqsoqol shofyorlardan biri jahli chiqib, oldimga keldi-da: — Men bu yerda shofyorlik qila boshlagan paytlarimda sen hali ishtonchan yurgan go‘dak eding. Tyan-Shan tantsa maydoni emas, senga juda rahmim kelyapti, xalq o‘rtasida masxarabozlik qilma! — dedi. Odamlar meni masxara qilishib, mashinalariga tarqala boshladilar. Shunda men butun stantsiyani boshimga ko‘tarib baqirdim: — Sizlar shofyor emas, xotinchalishlarsiz! Buni bekor qilgan ekanman, boshimga balo orttirib oldim. Hamma to‘xtab, baravariga menga qarab yopirilib kela boshladi: — Nima deding, ablah! Ko‘pchilikning hayoti bilan o‘ynashmoqchimisan! — Novator! Mukofot olmoqchi! — deb shovqin soldi Jontoy. G‘ala-g‘ovur zo‘rayib ketdi, odamlar meni iskanjaga olib, yashiklarga qisib qo‘yishdi. — Masxara qilyapsanmi hali! — Sol tumshug‘iga! — Mishig‘ingni artib olsang-chi! Do‘pposlab, dabdala qilib tashlashsa kerak, deb o‘ylab, yerdagi yotgan taxtani qo‘limga oldim. — Qani, chetroq tur, yo‘l ber! — deb hushtak chalib, kimdir hammani itarib-surib kela boshladi. Bu Alibek edi. — Jim! — deb baqirdi u. — Sen, Ilyos, tushuntirib gapir! Tezroq so‘zlay qol! — E, nimani gapiraman! — dedim men nafasim bo‘g‘zimga tiqilib. Chunki hali og‘iz ochishga ulgurmasdanoq yulib-tortqilashib, tugmamdan birontasini ham qoldirishmay uzib yuborishgandi. — Men dovonda bir mashinani yuki bilan shatakka olib, yo‘l tuzatuvchilar uchastkasigacha oborib qo‘yganman. Bor gap shu. Yigitlar ishonmagandek jim bo‘lib qolishdi. — Xo‘sh, torta oldingmi? — deb so‘radi kimdir shubhalanib. — Ha, butun Do‘landan to uchastka hovlisigacha tortib bordim. — Ho, juda zo‘r-u! — dedi kimdir ajablanib. — O‘zicha valdirayapti-da! — deb e’tiroz bildirdi ikkinchi biri. — Faqat muttahamlargina valdiraydi. Buni Jontoy ham ko‘rgan. Hoy, Jontoy, qayoqdasan? Ayt! Qanday uchrashganimiz esingdami?.. Ammo Jontoyning ovozi chiqmasdi. U yer yorilib, yerga kirib ketgandek, g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. U ablahdan nafratlanib yurganim bejiz emas edi. Hozir buni o‘ylab turadigan vaqt emasdi. Odamlar bahslashib ketdi. Meni quvvatlagan odamlar ham bo‘lishdi. Biroq qandaydir bir shakkok chiqib, birdaniga ularni fikrlaridan qaytardi-qo‘ydi: — Bekorchi gap sotishning nima keragi bor! — deya to‘ng‘illay boshladi u. — Birov bir ishni bir marta qilsa qilibdi-da! Bunday hodisalar ozmi! Biz yosh bola emasmiz. Trassamizda pritseplar ulab yurish man etilgap. Bunga hech kim ruxsat ham bermaydi. Mehnat xavfsizligi injenerlariga shunday deb ko‘r-chi, nima derkin: shunaqayam boplasinki, dodingni xudoga ayt-gin. Sizlarni deb javobgarlikka tortilishni xohlamasa kerak... Gapning o‘g‘il bolasi shu. — E, qo‘ysang-chi! — deb gapga aralashdi boshqa birov. — Ruxsat bermaydi deganing nimasi! Mana, Ivan Stepanovich o‘ttizinchi yillarda polutorka mashinada dovonni birinchi bo‘lib ochgan. Unga ham hech kim ruxsat bermagan edi. U o‘z bilgicha qilgandi bu ishni. Mana o‘zi, hali o‘lganicha yo‘q... — Ha, darvoqe, shunday bo‘lgan edi, — deb tasdiqladi Ivan Stepanovich. — Ammo hozir shubhalanib turibman: axir bu yerdan hatto yozda ham hech kim pritsep bilan o‘tgan emas, hozir esa qish... Shu paytgacha indamay o‘tirgan Alibek gapga aralashdi: — Yetar shuncha tortishganimiz. Ilyosning taklifi hali sinab ko‘rilmagan narsa bo‘lsa ham o‘ylab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling