Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 do‘stim shofyor yigit. — Qo‘y, zo‘rlama! — deb uning so‘zini bo‘ldi Boytemir. — Xotini kutayotgan ekan. Isming nima seni? — Ilyos. — Mayli, boraver, Ilyos. Rahmat senga, bizni qutqarganing uchun. Boytemir mashina zinasida turib meni to yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. U indamay qo‘limni qisdi-da, mashinadan sakrab tushib qoldi. Tog‘ tepasiga ko‘tarilayotib, kabinadan boshimni chiqarib qaradim. Boytemir hamon yo‘lda turardi. Qo‘lida shapkasini g‘ijimlab, kallasini quyi solganicha allanimalar haqida o‘ylardi. Bor gap shu, ana shunday qilib biz ajrashdik. Ammo o‘sha kecha tuni bilan qiynalib chiqdim. Shamollab qolgan ekanman. Uyga kelganimda hech narsani sezmagan edim. Tezda ovqatlanib oldim. Asalga voqeani batafsil gapirib o‘tirmadim. Lekin yo‘lda odamlarga yordamlashganim uchun kechikib qolganimni aytdim, xolos. Men o‘z hayotimni qaylig‘imdan yashirmasdim. Ammo, menimcha, bunday narsalarning hammasini aytaverish ham zarur emas edi. U busiz ham mendan doim xavotir olib o‘tirardi. Bundan tashqari, men bunday nojo‘ya ishlarni takrorlash niyatida ham emas edim. Hayotimda bunday voqea bir bo‘ldi, dovon bilan kuch sinashib ko‘rdim, bas. Ehtimol, yo‘ldan og‘rib qaytmaganimda, buni ertasigayoq unutgan bo‘lar edim. Uyga bir amallab yetib keldim-u holdan toyib yiqildim. Nima bo‘ldi, qanday bo‘ldi, bilmayman. Hadeb alahlardim, go‘yo mashinani shatakka olib, Do‘landa kelayotgandek bo‘laverdim. Kuchli qor bo‘roni yuzimga urilar, nafas ololmay qiynalardim, baranka xuddi paxtadan yasangandek, aylantirsam qo‘llarimga yopishib qolardi. Oldinda esa cheki chegarasi yo‘q dovon. Mashina radiatori tinmay guvillab ko‘kka qarab tirmashib borar va yana balandlikdan pastga tomon shuvillab tushib ketar edi... Aftidan, bu kasallik dovoni bo‘lsa kerak. Uni men uchinchi kuni yengib, yengil torta boshladim. Yana ikki kun yotdim. O‘zimni yaxshi his etardim, o‘rnimdan turmoqchi ham bo‘ldim, ammo Asal hech ko‘nmadi. To‘shakda yana ikki kun yotishga majbur qildi. Unga qararkanman, hayratda qoldim. Men kasal bo‘ldimmi yoki umi? Shunchalik qiynalib tashvish tortibdiki, kishi tanib bo‘lmaydi, ko‘zlarining osti ko‘kimtir halqa-halqa bo‘lib, ozib ketibdi, qattiqroq puflasang yiqilib ketayotgandek, uning ustiga, qo‘lida bolasi. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi, degan qarorga keldim. Taltayib yotishga haqim yo‘q. U dam olishi kerak. O‘rnimdan turib, kiyina boshladim. — Asal! — deb chaqirdim sekin. O‘g‘ilcham uxlab yotardi. — Qo‘shnilar bilan gaplashib ko‘r, ko‘nishsa Samadni qoldirib, kinoga borib kelamiz! U karavot yoniga chopib keldi-da, meni yana yotqizib qo‘ydi. Xuddi birinchi marta ko‘rayotgandek mendan ko‘zini uzmasdi. Ko‘z yoshlarini tutishga urinardi-yu, ammo ular kipriklari ostida yiltirab, lablari titrardi. Asal ko‘ksimga yuzini qo‘yib, yig‘lab yubordi. — Senga nima bo‘ldi, Asal? Nima bo‘ldi? — deb dovdirab qoldim men. — Sizning sog‘ayib ketganingizdan o‘zimda yo‘q xursandman. — O‘zim ham xursandman, ammo yig‘lashning nima keragi bor. Sal mazam qochsa qochibdi-da. Qaytaga uyda sen bilan bir necha kun birga bo‘ldim, Samad bilan ham o‘ynab xumordan chiqdik. — O‘g‘limning allaqachon emaklay boshlagan, endi esa yurishga shaylanayotgan eng yaxshi, eng shirin chog‘lari edi. — Rostini aytsam, yana bir shunday kasal bo‘lsam qaniydi! — dedim hazillashib. — Qo‘ysangizchi shunaqa gapni, keragi yo‘q! — deb jerkib berdi Asal. Shu payt karavotchada uxlab yotgan o‘g‘ilcham uyg‘onib qoldi. Asal uni iliqqinaligicha ko‘tarib keldi. Uchovimiz karavotga ag‘anab, to‘polon qilib hazillashardik, Samad esa ayiqchadek u yokdan-bu yoqqa o‘rmalab, bizni tepkilar edi. — Mana ko‘ryapsanmi, qanday yaxshi! — dedim unga. — Sen bo‘lsang... Tura tur hali, yaqinda ota-onangning oldiga — ovulga boramiz. Qani gunohimizni kechirmay ko‘rishsin-chi. Samadni ko‘riboq zavqlanib ketib, hammasini unutib yuborishadi... Ha, ovulga kechirim so‘rab borish niyatida edik. Ammo avvalo otpuska olish, so‘ngra Asalning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling