Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
— Yo‘l uchastkasiga eltib qo‘y, yigit, — dedi u menga. — Motor ishlamay qoldi, traktor 
keltiramiz. 
— Qaysi uchastkaga? — deb so‘radim. Chunki yo‘l tuzatish uchastkalari ko‘p edi, bunday 
uchastkalar deyarli har o‘n besh-yigirma kilometrda bo‘lardi. 
— Do‘landagi meteostantsiyaga yetmasdan bir oz berirokdagisiga. 
Meteostantsiya dovonning eng baland yerida, yo‘l tuzatish uchastkasi esa yetti kilometrlar chamasi 
pastda, yo‘ldan sal chetroqda, burilishda joylashgan edi. 
— O‘tiring, — dedim, — olib borib qo‘yaman. Balki o‘zimiz biror ilojini toparmiz? — deb 
kabinadan chiqdim. Ular traktor deb to kech kirguncha sarson bo‘lmasin uchun bir amallab yordam 
bergim keldi. Yo‘l tuzatuvchilarga azbaroyi hurmatim tufayli shunday qilgim kelardi: axir ular albatta 
biz uchun zahmat chekyaptilar-da. 
— Nima ham qila olarding, olov olmayotibdi, — dedi shofyor ochiq turgan kapotni bekitarkan
ma’yuslik bilan. Bechora sovuq yob, junjikib, ko‘karib ketibdi. Bu yerlik shofyorlardan emasligi 
ko‘rinib turibdi, poytaxtdan kelayotgan bo‘lsa kerak. U dovdirab atrofga alanglardi. Ular uchastkaga 
Frunzedan nimadir olib kelishayotgan edi. Nima qilish kerak? Miyamga bir qiziq fikr kelib qoldi. 
Avval dovonga bir qarab qo‘ydim. U yoqda havoning avzoyi buzuq, bulutlar pastlab suzardi. Nihoyat 
bir qarorga keldim. O‘ylagan fikrim juda zo‘r bo‘lmasa ham men uchun o‘sha paytda g‘oyat katta 
revolyutsion voqea bo‘lib ko‘ringan edi. 
— Tormozing joyidami? — deb so‘radim shofyordan. 
— Ana xolos... tormozsiz yurib bo‘ladimi! Motor ishlamayapti deyapmiz-ku senga!.. 
— Trossing bormi? 
— Xo‘sh, bo‘lsa-chi! 
— Buyoqqa keltir, mashinamga ula. 
Ikkalasi ham joylaridan jilmay, ishonqiramagandek menga tikilib turishardi. 
Nima balo, aqlingdan ozdingmi? — dedi shofyor sekingina. 
Xarakterim shunaqa, bilmadim, bu yaxshimi, yomonmi. Biroq bundan qat’i nazar, miyamga bir 
fikr keldimi, bo‘ldi, kuyib-yonib ketsam ham baribir uni amalga oshirmaguncha qo‘ymayman. 
Men shofyorga yalinib-yolvora boshladim. 
— Jon do‘stim, kel, ulay qolaylik? Xudo ursin, yetkazib qo‘yaman. 
— Qo‘ysang-chi! — deb qo‘l siltadi u. — Nima, bu yerda shatakka olish mumkin emasligini 
bilmaysanmi. Buni o‘ylamay ham qo‘ya qol. Bor, yo‘qol, yo‘lingdan qol-ma!.. 
U go‘yo eng muhim va eng katta iltimosimni rad qilgandek, shunaqayam alam qildiki menga. 
— Eh, eshshak, qo‘rqoq! — deb mashinamga qarab yurdim. — Qani, yuring, ketdik! — deb 
chaqirdim mo‘ylovli kishini. Keyinroq bilsam, u yo‘l tuzatadigan ustalardan ekan. 
— Tura tur! — deb to‘xtatdi meni yo‘l tuzatuvchi va yuzimga bir tikildi-da, shofyorga qarab: 
— Trossni keltir, — dedi. U kalovlab qolib: 
— O‘zingiz javob berasiz, — dedi yo‘l tuzatuvchi-ga. — Mashina sizning ixtiyoringizda, Boytemir 
aka. 
— Hammamiz javobgarmiz! — dedi u qisqa qilib. Menga bu gap yoqib qoldi. Bunday kishilarga 
tezda hurmating ortadi. 
Biz haligi mashinani shatakka olib yo‘lga tushdik. Dastlab durustgina yurib boraverdik. So‘ngra 
Do‘langa yaqinlashaverganimiz sari yo‘l ham tobora yuqoriga — toqqa tomon ko‘tarilib, goh 
yonbag‘irlar bo‘ylab, goh tik qiyalik bo‘ylab pastlab borardi. Yurish qiyinlashdi. Motor ingrab, quloq 
ostida faqat guvillagan ovozgina eshitilardi. Yo‘q, qanchalik nolish qilib ingrama, baribir bor 
quvvatingni ishga solaman. Do‘landa yurish qanchalik mushkul bo‘lmasin, baribir mashinalarda ozmi-
ko‘pmi ortiqcha quvvat saqlanib qolishini ilgaridan payqab yurardim. Yo‘lning yomonligini nazarga 
olib, hamma vaqt normadagi yukning yetmish foyizini yuklashar edi. Ko‘rsatma shunday edi. Lekin 
o‘sha payt men bu haqda o‘ylamagandim, albatta. O‘ylab o‘tirishning vaqti ham emasdi-da. Kurash 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling