Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
— Hechqisi yo‘q! Ozgina ishi qolgan, ammo undan ortiqrog‘ini umid qilmay qo‘ya qol, o‘zing 
bilasan, uy-joy masalasi ancha chatoq. 
— Xo‘p, rahmat! Bizga shuning o‘zi ham kifoya. 
— Xullas, biznikiga tushinglar, qaytishda esa meni kutib tura tur. Men yetib kelaman, keyin 
xotinlarimiz bilan hamma narsani hal etib olamiz! — deb Asal tomonga qarab ko‘z qisib qo‘ydi. 
Ha, endi tuzliq to‘rva bo‘yinga ilindi. 
— To‘y safaringiz xayrli bo‘lsin! — deb qichqirib qoldi Alibek orqamizdan. Obbo xumpar-e! 
Safarimiz to‘y sayohati ekaniga o‘zimizning ham fahmimiz yetmabdiya. 
Hamma ishimiz o‘ngidan kelayotganiga biz xursand edik. Faqat bir uchrashuvgina kayfiyatimni bir 
oz buzdi. 
Yo‘lda, muyulishlardan birida to‘satdan oldimizda Jontoyning mashinasi chiqib qoldi. U 
qayoqdandir kelayotgan edi. U yolg‘iz emas edi. Kabinada Xadicha o‘tirardi. U menga qo‘l silkib 
qo‘ydi. Men mashinaga shartta tormoz berdim. Mashinalar borti bortiga yaqinlab to‘xtadi. Jontoy 
derazadan kallasini chiqarib: 
— Namuncha yasan-tusan qilib olibsan, to‘ymi deyman? — dedi. 
— To‘y bo‘lganda qandoq! — dedim men. 
— Yo‘g‘-e? — deb ishonqiramay so‘radi u cho‘zib va Xadichaga qarab qo‘ydi. — Biz bo‘lsak seni 
izlab yuribmiz! — degan so‘z og‘zidan chiqib ketdi uning. 
Xadicha qanday o‘tirgan bo‘lsa, shundayicha hangu mang bo‘lib, rangi o‘chib, qotib qolgandi. 
— Salom, Xadicha! — dedim unga xushmuomalalik bilan. U jimgina bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— Hali yonimdagi qaylig‘im degin? — nima gapligini endigina anglagan edi Jontoy. 
— Yo‘q, xotinim, — deb e’tiroz bildirdim-da, Asalning yelkalaridan quchoqladim. 
— E, hali shunaqa de? — deb Jontoy ko‘zlarini battarroq olaytirdi. U xursand bo‘lishini ham, xafa 
bo‘lishini ham bilmasdi. — E-e, tabriklayman, chin qalbimdan tabriklayman... 
— Rahmat! 
Jontoy razilona tirjayib: 
— Juda uchar ekansan! Qalinsiz qo‘lga tushirgandirsan-a? — dedi. 
— Ahmoq! — deb so‘kdim uni mashinani haydayotib. Ablahni qarang-a! Shunaqa odamlar ham 
bo‘ladida dunyoda. Yana ham boplab so‘kmoqchi bo‘ldim. Kabinadan bosh chiqarib qaradim: oldinda 
yo‘l so‘l tomonga keskin buriladi-da, tepalikka ko‘tariladi. Shunday qarasam, Jontoy mashina yonida 
turib, chakkasini qashlab, Xadichaga allanimalar deb qichqirib, musht o‘qtalib do‘q urardi. Xadicha 
bo‘lsa yo‘ldan chetga, dala tomonga yugurib ketyapti. Chopib-chopib borib, gup etib yig‘ildi-da, 
boshini qo‘llari bilan bekitdi. Oralarida nima gap bo‘lganini bilmasam ham ko‘nglim g‘ash bo‘ldi, 
go‘yo bunga men ham aybdordek, unga rahmim keldi, ichim achidi. Asalga hech narsa demadim. 
Uning kayfiyatini buzgim kelmadi. 
Bir haftadan keyin Alibek xotini bilan yashagan dovondagi uyga joylashib oldik. 
Uychamiz uncha katta emas edi: ikki xona va bir dahliz. Bunday uylardan u yerda bir nechta edi. 
Ularda shofyorlar oilalari bilan hamda yonilg‘i punktining ishchilari yashardi. Uyimiz tor bo‘lishiga 
qaramay, yaxshi joy edi, yo‘lning shunday yoqasida, Norin daryosi ham juda yaqin edi. Harqalay, 
oblast markazida. Kinoga, magazinga borib kelish juda o‘ng‘ay, kasalxona ham bor... Yana shu 
jihatdan ham qulay ediki, dovondagi bu baza yo‘lning qoq o‘rtasida edi. Biz asosan Ribache bilan 
Sintszyan o‘rtasida qatnardik. U tomonga o‘tganda ham, bu tomonga o‘tganda ham yo‘l-yo‘lakay uyga 
tushib dam olish, hatto tunab qolish ham mumkin edi. Men deyarli har kuni uyga kirib o‘tardim. 
Mabodo yo‘lda tutilib qolsamda, baribir yarim tunda bo‘lsa ham uyga yetib kelardim. Asal doim meni 
kutib o‘tirardi, xavotirlanardi, to kelgunimcha mijja qoqmasdi. 
Biz endi uy-ro‘zg‘or uchun zarur uncha-muncha buyumlarni sotib ola boshladik. Xullas, 
turmushimiz asta-sekin yaxshilanib bormoqda edi. Asal ham ishlashi kerak, degan qarorga keddik. 
Uning o‘zi qattiq turib oldi: ovulda tug‘ilib-o‘sgan emasmi, ish jon-dili edi. Ammo kutilmaganda yangi 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling