Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Kampir javrab-javrab kirib ketdi. 
Men kapotning ostidan chiqdim-da, mashina zinasiga o‘tirib olib, cheka boshladim. Qayoqdandir 
kichkinagina qizcha paydo bo‘lib qoldi. U bir oyoqlab hakkalab mashina atrofida gir aylana boshladi. 
Qizcha sal Asalga o‘xshardi. Uning singlisi emasmikin? 
— Asal ketib qoldi, — dedi u, o‘zi esa hamon sakrab-sakrab o‘ynardi. 
— Qayoqqa? — deb ushlab oldim uni. — Qayoqqa ketdi? 
— Men qayoqdan bilay! Qo‘yvor! — deb qo‘limdan yulqinib chiqdi-da, qochib ketayotib tilini 
ko‘rsatib qo‘ydi. 
Kapotni taq etib yopib, rulga o‘tirdim. Qayoqqa boray, uni qaerdan izlay? Vaqt o‘tib ketyapti, 
qaytishim kerak. Men orqaga qaytdim, dashtga yetib kelib, ariqdan o‘tish joyida mashinani to‘xtatdim. 
Nima qilish kerakligiga sira aqlim yetmasdi. Kabinadan tushdim-da, yerga ag‘anab yotdim. Yuragim 
siqila boshladi. Asalni ham topa olmadim, safarni ham barbod qildim. Orqaga qaytishning foydasi 
yo‘q. Bo‘lar ish bo‘ddi. Nima bo‘lsa bo‘lar. O‘yga botdim, ko‘zimga hech narsa ko‘rinmas, 
qulog‘imga hech narsa eshitilmasdi. Shu ko‘yda qancha vaqt yotdim, bilmayman. Harqalay, anchagina 
yotgan bo‘lsam kerak. Keyin, nima uchunligini hali ham bilmayman: bir mahal boshimni ko‘tardim. 
Mashinaning narigi tomonida tuflicha kiygan oyokdar to‘xtadi. O‘sha! Darrov tanidim. Shunday 
quvonib ketdimki, o‘rnimdan turolmay, cho‘kkalagancha o‘tirib qoldim. Bu safar ham biz o‘sha joyda 
— birinchi marta uchrashgan yerda ko‘rishdik. 
— Yo‘lingdan qolma, kampir! — dedim mashina ostidan «tuflichalardan» ko‘z uzmay. 
— Hech ham kampir emasman-da! — deb hazilga hazil bilan javob qaytardi Asal. 
— Kimsan bo‘lmasa? 
— Qiz bolaman? 
— Qiz bolaman? Chiroylimisan? 
— Qarab ko‘ring-chi! 
Ikkalamiz ham baravariga kulib yubordik. Men sakrab turib, unga tomon otildim. U ham menga 
qarab yugurdi. Yuzma-yuz to‘xtadik. Baxtiyor bolalardek quvnab kulardik. 
— Go‘zallarning go‘zali! — dedim men. Qo‘ltig‘ida ikkita kitob, egnida kalta yengli ko‘ylak, 
yuzlari gul-gul yonib, shabadada tebranib turgan nozikkina sarv daraxtiga o‘xshardi u. 
— Mening bu yerdaligimni qayoqdan bilding? 
— Kutubxonadan kelayotgan edim, qarasam, yo‘lda sizning mashinangizning izlari! 
— Rostdanmi? 
Men uchun bu «sevaman» so‘zidan ham azizroq, qimmatliroq edi. U ham mening haqimda o‘ylar 
ekan, hatto mashinamning izini ham tanirkan, demak, meni sevar ekan-da. Orqadagi chap 
g‘iddirakning pokrishkasi ikki xil edi, qiz ana shundan xabardor ekan. 
— Men izga ko‘zim tushishi bilanoq bu yoqqa yugurdim, ko‘nglimda siz xuddi shu yerda kutib 
turgandek bo‘laverdingiz! 
Men uning qo‘lidan ushladim: 
Bu yoqqa chiq, Asal, bir oz aylanamiz. 
U jon deb rozi bo‘ldi. Endi u ham, men ham go‘yo butunlay boshqa odam edik. Barcha tashvishu 
g‘am-g‘ussalar unutilib, ulardan asar ham qolmagan edi. Ko‘zimizga samoyu yer va ikkimizdan 
boshqa hech narsa ko‘rinmasdi, biz baxtiyor edik. Kabina eshigini ochib, uni o‘tqazdim, o‘zim esa 
rulni tutdim. 
Yo‘lga tushdik. Yo‘l bo‘ylab boraverdik, qayoqqa va nega — o‘zimiz ham bilmasdik. Ammo biz 
uchun buning ahamiyati yo‘q edi. Yonma-yon o‘tirsak, bir-birimizga kulib qarasak, qo‘lga qo‘l tegib 
tursa, buning o‘zgacha gashti bor-da. Asal mening soldatcha shapkamni to‘g‘rilab qo‘ydi. Men uni ikki 
yildan beri kiyib yurgan edim. 
— Shunday kiysangiz yarasharkan! — dedi u va erkalanib yelkamga suykala boshladi. 
Mashina dashtda qushdek uchib borardi. Butun borliq harakatga kelgandek edi. Tog‘lar, daralar, 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling