Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 oldidan sportchilarda g‘alabaga zo‘r ishonch kuchi paydo bo‘lganidek, menda ham hozir xuddi shuningdek mo‘jizakor kuch jo‘sh urardi. O‘ylagan fikrimni sinab ko‘rish, maqsadga erishish, mashinani manzilga yetkazishda ularga yordamlashishdan bo‘lak maqsadni ko‘zlamasdim. Ammo buni amalga oshirish oson ish emas ekan. Ostimdagi mashina qalt-qalt titrab, zo‘riqib, so‘nggi kuchlarini sarflamoqda edi. Nam havo kabina oynalariga urilib, uni xiralashtirar, tozalov cho‘tkasi zo‘rg‘a artib ulgurardi. Qayoqdandir bulutlar yopirilib kelib, naq g‘ildiraklar ostida o‘rmalashib, yo‘l uzra suza boshladi. Yo‘l ham muyulishlarda tikka ko‘tarilib keskin burilib ketardi. Qayoqdagi ishni boshlab qo‘yganim uchun o‘zimni o‘zim koyiy boshladim: odamlarga shikast yetkazib qo‘ymasam edi. Mashinadan ko‘ra o‘zim ko‘proq qiynalib ketdim. Ust-boshimni: shapka, fufayka, kamzul, to‘r ko‘ylagimni — hammasini yechib tashladim. Birgina ko‘ylaqda o‘tiribman-u hammayog‘imdan xuddi hammomda o‘tirgandek bug‘ ko‘tarilardi. Hazil ishmi: shatakdagi mashinaning o‘zi qancha-yu, ustiga-ustak yana ozmuncha yuki bormi, yaxshiyamki, Boytemir zinada turgandi. Menga ovoz bilan orqadagiga imo-ishora qilib, harakatni boshqarib borardi. Qing‘ir-qiyshiq, past-baland yo‘llar bo‘ylab tirmashib, o‘rmalab borarkanmiz, hoynahoy falokatdan o‘zini saklab qolish uchun sabr-toqati chidamay, oxiri sakrab tushib qolsa kerak, deb o‘ylagan edim. Aksincha, u qimir ham etmadi. Tog‘ tepasiga qo‘ngan burgutdek mahkam o‘rnashib olib, kabinaga yopishib turardi. Unga qaradim: yuzlari go‘yo toshdan yo‘nilgandek osoyishta, suv tomchilari betlaridan, mo‘ylovidan sirqib tushib, ko‘ngli yengil tortayotgandek edi. Biz yana bir katta qiyalikdan oshsak, marraga yetardik. Shu payt Boytemir derazaga engashib: — Ehtiyot bo‘l, oldinda mashina kelyapti! O‘ngroqqa ol, — dedi. Men mashinani o‘ngroqqa oldim. Tog‘ tepasidan yuk mashinasi tushib kelayotgan edi. Jontoyniki! Endi tamom, xavfsizlik injeneri rosa boplaydigan bo‘ldi: Jontoy chaqib beradi. U borgan sari yaqinlashib kelmoqda edi. Rulga yopishib olgan, xo‘mraygancha pastga tomon tushib kelardi. Biz yonma-yon kelib qoldik. Kabina derazalari ro‘baro‘ kelganda Jontoy o‘zini orqaga oldi va mallarang tulki tumoqli boshini ta’naomuz tebratib qo‘ydi. «He, iblis! Tiling qichigan bo‘lsa, og‘zingga siqquncha gapiraver!» — deb o‘yladim ichimda. Tepalikka ham chiqib oldik, yo‘l pastga tomon juda qiyalab ketardi, dovondagi ana shu so‘nggi marrani ham qo‘lga kiritsak, yo‘l tuzatish uchastka hovlisiga burilamiz. Mashinani o‘sha tomonga burdim. Harholda sudrab olib keldimku! Motorni o‘chirdim, qulog‘imga hech narsa kirmasdi. Qulog‘im bitib qolibdi. Nazarimda, men emas, balki butun borliq chuqur uyquga cho‘mgandek bo‘ldi. Churq etgan ovoz yo‘q, Boytemir yerga sakrab tushgandagina qulog‘im eshita boshladi. Kabinadan arang sudralib chiqdim va shu zahotiyoq zinaga o‘tirib qoldim. Nafasim qisilardi, madordan ketgan edim, buning ustiga dovonning havosi siyrak edi. Boytemir yugurib keldi-da, yelkamga fufaykani tashlab, boshimga shapkani bostirib kiygizdi. Narigi mashinadan rangi oqarib, dami ichiga tushib ketgan haligi shofyor ham sekingina oqsoqlanib kelaverdi. U oldimda cho‘qqayib o‘tirdi-da, sigareta uzatdi. Qo‘llarim qaltirab, sigaretani oldim. Hammamiz chekib olganimizdan so‘ng o‘zimizga keldik. Menda yana o‘sha la’nati yovvoyi kuch jo‘sh urib ketdi. — He-e, qalay! — dedim men. — Ko‘rdingmi! Shofyorning yelkasiga bir tushirgandim, u o‘tirib qoldi. So‘ng uchovimiz ham o‘rnimizdan sakrab turdik-da, bir-birimizning orqamizga, yelkamizga tushira ketdik. O‘zimiz esa qahqahlab kulib, allanimalar deb quvonch bilan qichqirib, baqirishib to‘polon ko‘tardik... Nihoyat tinchlanib, yana cheka boshladik. Men kiyimlarimni kiyib, soatimga qaradim-u ketishim kerakligi «lop» etib esimga tushib qoldi. — Xo‘p, men borayin! — dedim. Boytemirning qovog‘i osildi: — Yo‘q, uyga kiramiz, mehmonimiz bo‘lasan! — dedi. Mening esa biron daqiqa ham vaqtim yo‘q edi. — Rahmat! — deb minnatdorchilik bildirdim. — Ilojim yo‘q. Uyimga kirib o‘tmoqchiman, xotinim kutib o‘tirgandir. — Qola qolsang nima bo‘lardi? Bir shishani qoqib tashlardik, — dedi ko‘ndirmoqchi bo‘lib yangi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling