Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 — Ko‘ryapsanmi, butun yo‘l yoqalari yukka to‘lib ketibdi. Hali yana keladi. Bularni qachon tashib ulguramiz? Bu haqda o‘ylayapsanmi? Odamlar bizga ishonib, u yokda kutishmoqda!.. Ularga har bir kun g‘animat. — Sen bularni nega menga gapiryapsan? Mening bu ishlarga nima daxlim bor? — Nima daxlim bor?! Bu nima deganing, yo boshqa mamlakatdan kelganmisan? Yoki bizga naqadar muhim ish topshirilganini tushunmaysanmi? — Azbaroyi xudo, aqldan ozibsan! — deb ajablanib, o‘zimni chetga oldim. Shu payt yashiklar orqasidan ovozlar eshitilib qoldi. Avtobazamiz boshlig‘i Omonjo‘lov ko‘rindi. U kamzulining etagi bilan shamolni to‘sib, pana qilib papiros tutatdi-da, so‘ngra indamay hammamizga bir-bir nazar tashlab chiqdi. — Gap mana bunday, o‘rtoqlar, — dedi u, — ministrlikka telefon qylib ko‘raman, balki yordam berishar. Ammo bunga orqa qilish kerak emas. Nima qilish kerakligini hozircha o‘zim ham bilmay turibman. — Buni uddalash qiyin, o‘rtoq Omonjo‘lov! — dedi kimdir. — Yuklar juda og‘ir, qo‘pol, ortishga ham, joylashtirishga ham noqulay. Kuzovga ikki-uchtadan ortig‘i sig‘maydi. Mabodo kechayu kunduz ishlaganimizda ham, xudoga shukur, ko‘klamgacha yetadigan ish bor. — Hamma gap shunda-da, — dedi Omonjo‘lov. — Ammo ilojini topishimiz kerak. Xo‘p, hozircha uy-uyimizga tarqalaylik. Sizlar ham o‘zlaringizcha o‘ylab ko‘ring! U «Gazik»ka o‘tirib jo‘nab ketdi. Shofyorlardan birontasi ham joyidan qo‘zg‘almadi. Ular negadir shoshilmasdilar. Qorong‘i burchakda o‘tirgan allaqanday kishi, hech kimga murojaat qilmay, o‘zicha do‘rillab gapirdi: — Bo‘lmag‘ur ish! Ikki oyoqni bir etikka tiqib bo‘lmaydi! Bu haqda ilgariroq o‘ylash kerak edi! — deb o‘rnidan turib, papiros qoldig‘ini o‘chirdi-da, mashinasi tomon ketdi. Uni boshqa shofyor quvvatladi: — Bizda doim shu ahvol, ish qistalang keldimi, bo‘ldi, qutqaringlar, jon og‘aynilar, deb darhol shofyorlarga osilishgani osilishgan. Odamlar unga o‘shqirib berishdi: — Bu xalqaro ish-ku, Ismoil, sen bo‘lsang bozorchi shallaqi xotinlarga o‘xshab vaysayapsan-a! Men munozara-tortishuvlarga qo‘shilmay turardim. Ammo birdan miyamga bir fikr kelib qoldi: dovonda mashinani qanday shatakka olganim yodimga tugndi. Chidab tura olmadim-da, har vaqtdagidek qizishib ketib: — O‘ylab o‘tirishning nima keragi bor! — deb o‘rtaga otilib chiqdim. — Mashinalarga pritsep ulash kerak! Hech kim qimir etmasdi. Ba’zilar hatto menga qayrilib qaramadi ham. Bunday fikrni faqat telbalargina aytishi mumkin edi. Jontoy sekingina hushtak chalib qo‘ydi: — Ko‘rdinglarmi! Men uning ovozidan tanidim. Turgan yerimda har tomonga alanglayman, bo‘lgan ishni birma-bir so‘zlab bergim kelyapti. Ammo qandaydir so‘loqmonday yigit yashik ustidan tushib, qo‘lqopini yonidagi sherigiga berdi-da, oldimga yaqin kelib, yoqamdan ushlab, o‘zi tomon tortib: — Qani, «uff» de-chi! — dedi. — Uff! — deb pufladim men. — Kayfi yo‘q! — dedi u yoqamni bo‘shatarkan, hayron bo‘lib. — Bo‘lmasa, jinni-minni bo‘lgandirda, — dedi haligi yigitning sherigi uni quvvatlagandek va ikkalasi ham mashinalariga o‘tirishib, jo‘nab ketishdi. Boshqalar ham ketishga hozirlanib, o‘rinlaridan jimgina qo‘zg‘alishdi. Hech qachon bunchalik kulgi, bunchalik mulzam bo‘lmagan edim! Yer yorilmadi-yu, yerga kirmadim. — To‘xtanglar! Qayoqqa ketyapsizlar! — deb shofyorlar orasida alanglab, u yoqdan-bu yoqqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling