Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 qarashlarini butun vujudim bilan his qila boshladim. Men go‘yo ularning ko‘ziga o‘zimning shon- shuhratimni orttirishga urinuvchi shuhratparast bir kimsa bo‘lib ko‘rinayotgan edim. Haqiqatda esa bu mutlaqo shunday emasdi. Ammo fakt faktligicha qoladi. — Chetroq tur! — deb nariga itardim Alibekni. — Sensiz ham yuragim siqilib turibdi! Eshikka chiqdim. Sovuq, izg‘irin shamol hovli sahnidagi qorni uchirib o‘ynardi. Odamlar men tomonga ko‘z qirini tashlashib, yonimdan jimgina o‘tib ketishardi. Nima qilish kerak? Mahkam tugilgan mushtlarimni cho‘ntagimga tiqib, darvoza tomon yurdim. Muzlab qolgan ko‘lmakchalar oyoq ostida oyna singari chirsillab sinardi. Oyog‘imga tavot moyidan bo‘shagan bankacha to‘g‘ri kelib qoldi. Jonim boricha uni darvozadan ko‘cha tomon tepib yubordim-da, o‘zim ham ortidan boraverdim. Kun bo‘yi shaharcha ko‘chalari bo‘ylab daydib yurdim, kimsasiz huvillab yotgan pristanda tentiradim. Issiqko‘lda po‘rtana quturib, qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan barjalar suv betida chayqalib- qalqib yotardi. Bir mahal qarasam, suv transporti boshqarmasining choyxonasiga kelib qolibman. Yolg‘iz o‘zim deraza yoniga borib o‘tirdim. Oldimda — stol ustida og‘zi ochilgan bir shisha aroq bilan tarelkada qandaydir gazak turardi. Birinchi stakanni ichishim bilanoq kayfim taraq bo‘lib, oyog‘im ostiga anqov kishilardek termilib o‘tirardim. Mening ko‘nglim ham zangori tutunga cho‘mib, mast-alastlarning pala- partish gaplariga to‘lgan shu choyxona singari xira va g‘ash edi. — Nega g‘amgin ko‘rinasan, yigit? — bexosdan boshim uzra kimningdir yoqimli va xiyol istehzoli ovozi eshitildi. Boshimni arang ko‘tardim. Yonimda Xadicha turardi. — Ha, bir o‘zing icha olmayapsanmi? — deb iljayib yonimga o‘tirdi u. — Qani, birga ichaylik bo‘lmasa! Xadicha stakanlarga aroq quyib, bittasini menga surib qo‘ydi. — Ol! — dedi u, go‘yo biz bu yerga anchayin o‘tirish va ichish uchun kelgandek, g‘urur bilan hayosizlarcha ko‘z qisib. — Sen nimaga suyunyapsan o‘zi? — deb so‘radim norozi ohangda. — Nima, yig‘laymi bo‘lmasa? Sen turganda menga boshqa narsaning keragi yo‘q, Ilyos! Men seni sabrli, chidamli deb o‘ylagan edim. Kel, nima bo‘lsa bo‘lar! — deb sekingina kulib qo‘ydi u va yonimga yaqinroq surildi, qop-qora nozli ko‘zlarini suzib, qo‘lidagi stakanni cho‘qishtirdi. Biz ichdik. Men papiros tutatdim. Ko‘nglim bir oz yorishgandek bo‘ldi: kuni bo‘yi birinchi marta jilmayishim edi. — Qoyilman senga, Xadicha! — dedim va uning qo‘lini qisdim. Darvoqe, Xadicha o‘sha kecha juda ochilib ketgan edi. Keyin ko‘chaga chiqdik. Qosh qorayib qolgan edi. Ko‘l tarafdan esayotgan sho‘x shamol daraxtlarni va chiroqlarni tebratib o‘ynardi. Oyoq ostimizdagi yer ham unga taassuf qilgandek chayqalardi. Xadicha qo‘ltig‘imdan tutib, meni yetaklab borardi, u mehribonlik bilan yoqamni ko‘tarib qo‘ydi. — Men sening oldingda aybliman, Xadicha! — dedim o‘z gunohim va minnatdorchiligimni yashira olmay. — Ammo shuni bilib qo‘y, men seni hech kimga xafa qildirib qo‘ymayman... Hammasiga o‘zim javob beraman... — Bularni unutib yuborasan, jonginam! — dedi u. — O‘zing ham tinib-tinchimagansan-da... Doim qayoqqadir yelib yugurganing-yugurgan. Men bo‘lsam senga achinaman. O‘zim ham ilgari shunaqa edim. Hayotdan ilgarilab keta olmaysan, undan nasib qilganini ol... Taqdir bilan o‘ynashib nima qilasan... — Bu har kimning tushunchasiga bog‘liq! — deya e’tiroz bildirdim, so‘ngra o‘ylab ko‘rib: — Ehtimol, sen haqdirsan... — deb qo‘ydim. Biz Xadicha yashaydigan uyning shamolga teskari tomonida to‘xtadik. — Mana, uyga ham yetib keldim! — dedi u. Men ketmoqchi bo‘lardimu, biroq u yerdan sira jilolmasdim. Endi ikkimiz o‘rtamizda bir-birimizni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling