Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Pritsep orqasidan o‘zim ham ertalab avtobazaga yetib keldim. Shu kunlar ichida qorayib ketibman, kabina yoniga qadab qo‘yilgan kuzatuv oynachasiga qarab o‘zimni o‘zim tanimay qoldim. Avtobazada hayot odatdagicha edi. Faqat mengina, go‘yo begona kishilardek, mashinani darvoza tomon iymanibgina haydab kelib, sekingina hovliga kirib bordim va mashinani garajdan narirokda, bir chekkada to‘xtatdim-da, kabinadan chiqmay o‘tiraverdim. Atrofga ko‘z yugurtirib chiqdim. Odamlar ishlarini yig‘ishtirib qo‘yishib, har tomondan menga qarab tikilib turishardi. Eh, qani endi lip etib qayrilsang-u boshing oqqan tomonga qochib qolsang. Biroq hech yoqqa qochishning iloji yo‘q edi. Kabinadan chiqishga to‘g‘ri keldi. Bor jasoratimni to‘plab, hovlidan yurib, dispetcherxona tomon yo‘l oldim. O‘zimni xotirjam tutishga, shaxdam qadam tashlashga urinar-dim, ammo aslida esa saf tortib turgan kishilar oldidan o‘tayotgan gunohkor soldatdek yurib borardim. Hammaning meni xo‘mrayib kuzatib turganini sezib turardim. Hech kim meni chaqirmadi ham, men bilan salomlashmadi ham. Ularning o‘rnida bo‘lganimda, ehtimol men ham shunday qilgan bo‘lardim. Ostonaga qoqilib ketdim. Go‘yo yuragim ham qoqilib ketgandek bo‘ldi: eh, Xadicha haqida o‘ylamabman, uni sharmanda qildim! Endi nima deyman unga? Koridorda nafasimni rostlab, peshonamdagi terni artdim. Boshimni ko‘tarib, u yoq-bu yoqqa qarasam, ro‘paramda devoriy gazetamiz «Chaqmoq» sahifasidagi plakat menga tikilib turardi. «Uyat senga!» deb yirik harflar bilan yozib qo‘yilgan so‘zlar ostida tog‘ orasida qoldirib ketilgan pritsep tasvirlangan edi... Men teskari o‘girildim. Yuzlarim shapaloq yegandek lovillab yonardi. Dispetcherxonaga kirdim. Xadicha telefonda nimanidir gaplashayotgan edi. Meni ko‘rib gapidan to‘xtab, trubkani joyiga osib qo‘ydi. — Ma! — deb badbaxt yo‘llanmani stolga otdim. Xadicha achingan qiyofada menga qaradi. Faqat shallaqilik qilib yig‘lab yubormasa bo‘lgani deb o‘yladim. «Hozir emas, keyin, bo‘lak biror yerda!» — deb yolvordim ichimda. U ham meni tushundi, hech narsa demadi. — Shovqin ko‘tarishdimi? — deb so‘radim sekin. Xadicha bosh irg‘ib qo‘ydi. — Hechqisi yo‘q! — dedim g‘ijinib, uning ruhini ko‘tarish uchun. — Seni katta yo‘ldan olishdi, — dedi u. — Olishdi? Butunlaymi? — dedim kulimsiragan bo‘lib. — Butunlay olishmoqchi edilar — remontga... Ammo yigitlarimiz sening yoningni olishdi. Hozircha ichki reyslarga o‘tkazishdi. Boshliqqa uchra, seni chaqirtirishgan edi. — Bormayman! Mensiz o‘zlari hal qilishaversin. Pushaymon qilmayman... Men xonadan chiqdim. Boshimni quyi solganimcha, koridordan arang chiqib ketdim. Kimdir menga peshvoz kelardi. Men unga yo‘l berib, o‘zimni chetga oldim. Bu Alibek edi. U moyga belangan qo‘llarini ham artmay garajdan kelayotgan ekan. Men uning yonboshidan o‘tib ketmoqchi edim, ammo Alibyok yo‘limni to‘sdi. — Yo‘q, shoshma! — deb meni burchakka qisdi. Ko‘zlarimga tikilib, g‘azab bilan shivirladi: — Xo‘sh, ishlar qalay, azamat? Isbotladingmi? Itfe’lligingni ko‘rsatding! — Ishimiz jo‘nashib ketsin devdim-da, — deb po‘ng‘illadim men. — Yolg‘on! — Nima yolg‘on? — Yolg‘iz o‘zing shuhrat qozonmoqchi bo‘lding! O‘zing uchun tirishding! Biroq muhim ishni barbod qilding. Mana endi, shulardan keyin ham pritsep bilan yurish mumkinligini isbotlab ko‘r-chi! Ahmoq! Shuhratparast! Ehtimol, bu so‘zlar mening o‘rnimda boshqa odam bo‘lganida aqlini yig‘ib olishga majbur etarmidi, ammo menga endi baribir edi: o‘z fikrimni hali ham isbotlab, maqsadga erishishim mumkinmi, yo‘qmi, bunga befarq qarardim. Agar men shu paytgacha o‘zimcha ich-etimni yeb yurgan bo‘lsam, endi shu daqiqadan boshlab kishilarning achchiq tazyiqlarini va menga nafrat bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling