Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)  www.ziyouz.com


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
* * * 
Iyul oxirlab qolgandi. Kunlardan bir kun men gazeta redaktsiyasidan ko‘nglim xira bo‘lib chiqdim. 
Yuragimga qil sig‘masdi. Negaki, kutilmaganda mening cho‘l ocherklarimga muharrirning munosabati 
o‘zgargan edi. Zarbdor material olib kelish uchun meni ilhomlantirgan redaktsiyadagi o‘rtoqlar ham 
endi o‘zlarini g‘alati, xuddi ayb ish qilib qo‘yganday tutishardi. 
Bularni ko‘tarish menga og‘ir edi. Kishilar oldimda o‘zlarini allanechuk gunohkor deb his qilsalar, 
bundan shu qadar qattiq qiynalamanki, ularni tezroq vijdon azobidan qutqarish payiga tushaman, toki, 
meni ko‘rganda, kisilib-qimtinib o‘tirmasinlar deyman. Aks holla ularning ayblari uchun o‘zimni 
aybdor hisoblay boshlayman... 
Redaktsiyadan chiqib ketarkanman, bu yerga boshqa qadam bosmayman, nima qilaman ko‘zlariga 
xunuk ko‘rinib, agar kerak bo‘lsam chaqirishar, deb o‘yladim. Agar chaqirishmasa, yana o‘zlariga 
havola. Jilla qursa, bu ishdan hech narsa chiqmaganligi va umid iplari kesilganligini bilaman-ku. 
Rossiyada yozning eng go‘zal chog‘lari edi. Men xiyobonlardan o‘tib borar, ichimga chiroq yoqsa 
yorishmasdi. Cho‘l ocherklarini yozish uchun qancha kuch-quvvat sarfladim, ularda o‘zimning 
grajdanlik dardimni bayon qilmoqchi bo‘ldim, izhori dil va bashorat kabi qog‘ozga tushirdim. Lekin 
kutilmaganda, mamlakatning obro‘yi degan qandaydir gaplar chiqdi (bundoq o‘ylab ko‘ring-a, biz 
o‘zimizdan o‘zimiz nimani yashiramiz?), mana endi, ne mashaqqatlar evaziga qo‘lga kirgan cho‘l 
ocherklarim shu gap-so‘zlar tagida ko‘milib ketmoqchi. Qanchalar xafa bo‘lganimni so‘z bilan 
ifodalab berolmayman. Yana eng alam qiladigan joyi shundaki, muharrir nima deydi deng: 
— Balki bularning barini yuqori idoralarga ma’lumot tariqasida yozib berish kerakdir. Zarur 
choralar ko‘rilar, axir. 
Ha, shunday dedi. 
Men esam, tokatim toq bo‘lib, e’tiroz bildirdim: 
— Qachongacha biz o‘zimizni hatto falokatlarimiz ham boshqalarnikidan yaxshi deb, 
ishontiramiz? 
— Bunga falokatning nima aloqasi bor?— qovog‘ini uydi muharrir. 
Aloqasi shuki, giyohvandlik ham ijtimoiy falokat. 
Keyin ketdim. Faqat Inganing xatlarigina ko‘nglimga yorug‘lik olib kirardi. Uni sog‘inib, ko‘rgim 
kelsa, darhol xatlarini takror-takror o‘qirdim. Telepatiya bor, men bunga ishonaman. Aks holda meni 
tinimsiz o‘ylatgan, qiynoqqa solgan, hammadan ko‘proq to‘lqinlantirgan va tashvishga qo‘ygan 
narsalar haqida avvalroq uning xatlarida gap ochilganligini qandoq tushuntirish mumkin? Bu xatlar 
menga umid va ishonch bag‘ishlardi. Yo‘q, qismat meni aldamadi, mening ustimdan kulmadi. Axir, 
hozirgi zamonning yoshgina juvonlariga menga o‘xshaganlar yoqarmidi aslo? Men odob-axloq haqida 
eski tushunchalarda yurgan, omadi chopmagan, ovi yursa-da, dovi yurmagan, o‘qib-o‘qimagan bir 
lakalov bo‘lsam? Alp qomat, alp taqlid yigitlarga tenglasholmasam? Biroq Inga xatlarida menga 
shunchalar ishonch bildirar, hurmat-e’tibor ko‘rsatar va eng muhimi, qalbning maylini ochiq ifodalar 
ediki, bundan go‘yo menga qanot bitar, ko‘nglim ko‘tarilardi. Uni, mening Ingamni uchratganimdan 
qanchalar shodu baxtiyor edim! Sevgining fasonasi ham shunda, bir-biriga tinimsiz talpinishda 
emasmi... 
Hozircha hech qanday turmush ikir-chikirlariga duch kelmagan edik. Shunga qaramasdan, bunday 
tashvishlar borligi va ularni yechish zarurligidan xursand edim. Men muqim daromadi bo‘lgan tayinli 
bir ishning boshini tutishim kerak edi. Shu kungacha otamning eski kitoblarini sotib tirikchilik o‘tkazib 
turar va bundan haddan ortiq ezilardim. Men Osiyoga, Inganing oldiga borish hayolida yurardim. 
O’sha yerda ishga joylashsam, ildiz otsam, doim uning yonida bo‘lsam, derdim. Uning 
ekspeditsiyasiga yordamchi ishchi bo‘lib kirishga, tadqiqotlarini muvaffaqqiyatli olib borishlari uchun 
ko‘maklashishga tayyor edim. Bir chekkasi, bu tadqiqotlarga ham endi befarq qaray olmasdim. 
Ikkovimizning umumiy manfaatlarimiz shu yerda birlashar edi: men giyohvandlikni ahloqiy-ma’naviy 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling