Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
ovozlar tutgan, hayot tomirlari to‘xtovsiz gursillab urib turardi. Hisobsiz temir izlarda u yoqdan-bu 
yoqqa poezdlar yurar, odamlar o‘tishar, radiodan navbatchilarning ovozlari cho‘lga xirillab taralardi. 
Yana Avdiy o‘sha yoz kunlarini, choparlar qissasining oxirgi damlarini esladi. Shu asnoda Avdiy 
yana necha-necha bor tavba-tazarru haqidagi hayollariga qaytdi. Qancha ko‘p o‘ylagan sari, shuncha 
ko‘p ishonch hosil qilar ediki, tavba — bu hayot tajribasi ko‘paygan sayin ortib boraveradigan vijdon 
qiymati, qo‘lga kiritiladigan qiymat, inson aql-idroki tomonidan tarbiyalanadigan, parvarishlanadigan 
qiymat ekan. Odam bolasidan boshqa hech kimga pushaymonlik hissiyoti berilmagan. Tavba — inson 
ruhining o‘zi haqidagi abadiy va hech o‘zgarmas g‘amxo‘rligidir. Shundan xulosa chiqarish mumkinki, 
qilg‘ilik va yoki jinoyat uchun beriladigan har qanday jazo — jinoyatchini pushaymonga solishi kerak. 
Aks holda bu vahshiy hayvonni jazolashdan boshqa narsa emas. 
Shularni o‘ylagancha, Avdiy vokzalga qaytdi. Esiga anov tajang leytenant tushdi. Meni eslarmikin. 
Petruxa, Lyonkaga o‘xshagan nasha yig‘uvchilarning holi nima kechdiykin, degan hayolda leytenantni 
ko‘rmoqchi bo‘ldi. Buni bilishni istaganining boshqa bir sababi ham bor edi: u xuddi osmon chetida 
uyulib kelayotgan qora bulutlarday o‘zini betinim o‘rtab, bezovta qilayotgan Inga Fyodorovna 
haqidagi hayollardan jon-jahdi bilan forig‘ bo‘lishni xohlardi. U endi o‘zining butun hayoti, kelajagini 
shu narsa bilan o‘lchardi. Uning taqdiri uzoq Jambulda ishning qandoq borishiga bog‘liq bo‘lib 
qolgandi. Bu yerda u chorasiz edi, shunday ekan, buni o‘ylamaslik, yopirilib kelayotgan hayollardan 
nari qochish kerak. Afsuski, tajang leytenantni Avdiy topolmadi. Avdiy militsiya xonasining eshigini 
taqillatgan edi, bir xodim chiqdi. 
— Nima deysiz? 
— E, bilasizmi, bir leytenantni ko‘rmoqchi edim,— deb tushuntira boshladi Avdiy, bundan hech 
narsa chiqmasligini oldindan sezib. 
— Kim u? Bizda leytenantlar ko‘p. 
— Afsuski, uning ismi sharifini bilmayman, lekin ko‘rsam, taniyman. 
— Ishingiz bormidi? 
— Nima desamikin, gaplashmoqchi edim...
Militsiya xodimi unga qiziqsinib qaradi. 
— Mayli, qarab ko‘r, balki leytenantingni toparsan. 
Lekin ichkarida bu safar telefon oldida boshqa bir odam kim bilandir gaplashib o‘tirardi. Avdiy uzr 
so‘rab chiqib ketdi. Chiqarkan, ilgari qo‘lga tushgan jinoyatchilar o‘tirgan to‘siq orqasiga ko‘z 
yugurtirdi. Qafas bo‘m-bo‘sh edi. 
Yana Avdiy o‘zi istar-istamas yuragini o‘rtagan hayollar domiga tushdi. Ingaga nima bo‘ldi? 
Uning hamon Inga tashlab ketgan kalitni borib olgisi kelmasdi: Inganing huvillagan uyida yana yakka, 
azobli o‘ylar iskanjasida qovurilishi, o‘zini haddan tashqari yolg‘iz his qilishini bilardi. Agar Inganing 
ahvolini va uning qachon qaytishini bilganda edi, vokzalda o‘tirib ham kutaverardi. Avdiy shu tobda 
Jambulda nimalar bo‘layotgani, o‘zi sevgan ayolga qanchalar og‘ir ekanligini tasavvur qilishga urinar, 
qo‘lidan hech narsa kelmasligidan o‘kinardi. Ota-onasi bolani otadan mahrum qilmaslik uchun ering 
bilan yarash deb, turib olsalar, unda nima bo‘ladi? Ish shu darajaga ham borishi mumkin-ku, axir. 
Unda to‘rva-xaltasini ko‘tarib orqaga qaytishga to‘g‘ri keladi. Avdiy yarqirab turgan, kelishgan, forma 
kiygan, pogon taqqan, unvoni ham mayordan kam bo‘lmagan kishini ko‘z o‘ngiga keltirib ko‘rdi. 
Albatta, uning oldida Avdiyning hech qanday afzal joyi yo‘q. Inga uchun qandaydir unvonlaru tashqi 
yiltiroqlikning hech qanday ahamiyatga ega emasligiga Avdiyning ishonchi komil edi. Kim bilsin, 
balki Inganing ota-onasi uchun buning ahamiyati bordir, harbiy uchuvchi, Igorning otasi kuyov 
bo‘lgani ma’qulmi yoki ish-hushining tayini yo‘q g‘alati bir kimsa ma’qulmi?— ular bunga befarq 
qaray olmasalar kerak. 
Qosh qoraymoqda edi. Qorong‘u tusha boshlaganini ko‘rib, Avdiyning dili battar xufton bo‘ldi. 
Odamlar tiqilib ketgan vokzalning ichi g‘ira-shira yoritilgan, havo dim, tamaki tutuniga to‘lgan, 
Avdiyning ichiga chiroq yoqsa yorimasdi. Nazarida qorong‘u, ko‘rqinchli o‘rmonga kirib qolganday 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling