Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
tomoshaga yig‘ilgan xaloyiq ham xursand bo‘lganidan osmonga sakraydi, chaqqonboyga sharaf-
shonlar, hamma gazetalar og‘iz ko‘pirtirib ko‘klarga ko‘targan, ertadan-kechgacha dam olish, 
yakshanba nima bilmay, beli bukilib peshona ter to‘kkanlarning topgani esa yeb-ichishga bazo‘r 
yetadi. Alamingdan ichasan. Keyin xotin diydiyo qiladi, yegan-ichganing burningdan chiqadi. It yotish 
— mirza turish. Talab esa katta. Qo‘zi ber, bittayam qo‘y qisir qolmasin, vazn ber, mayin jun ber. Jun 
o‘rniga sun’iy tola topamiz, deb-ku, toza ayyuhan-nos solishdi. Qani, o‘sha tola? Qirqim 
boshlanganda-ku yuztasi ber-ber deb, kalxatday bostirib keladi, qil ham qoldirmaydi. Hammasini 
topshir, oxirigacha ber. Mayin jun valyuta uchun kerakmish... Valyuta desa, o‘ligini osmondan 
tashlaydi bular... Keyin bularning hammasi o‘pqonga tushganday badar g‘oyib bo‘ladi-ketadi. E, 
hammasi qurib ketmaydimi — qo‘yi ham, odamlar ham, shu jonga tekkan hayot ham... 
Yo‘lda Bozorboyni mana shunday noxush o‘ylar kemirar edi. Bora-borguncha miq etmadi, faqat 
unda-munda orqada kelayotgan geologlarga qarab qo‘yar, xatarli joylar uchrasa, ogohlantirardi... 
Ko‘ngliga qil sig‘masdi. Hammasiga yaramas xotin sababchi... Voy, alvasti-ey! Hech burnini tiqmay 
turolmaydi. Albatta, oh-voh qiladi. Begona kishilar bor demay, shang‘illaganini qarang! Voy, shavaqi-
ey! Dod-voy ko‘tarmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Ularning bari shunday — barbod bo‘ldi! 
Qadimgilar bekor aytmaganlar: xotin kishi kechasi mushukday surkala-di, kunduzi — ilonday buraladi. 
Ana, ko‘rdingizmi! Ha, shang‘i-ya! Yana qay go‘rga qochyapsiz, deydi. Boshingizga urasizmi, bu 
geologlarni. Ish oshib-toshib yotibdi. Qo‘y qo‘zilayman deb turibdi. Qo‘li yosh boladan 
bo‘shamasmish. Kattalari internatda bezori bo‘lib ketganmish. Ta’tilga kelsa, og‘zi ovqatdan 
bo‘shamasmish. Pishirib ber, kuydirib ber. Qo‘llarini sovuq suvga urishmaydi. Yana chekkanlariga 
balo bormi? Aroq ichishdan ham qaytmaydi bular! Internatda ularga qaraydigan odam yo‘q. 
Direktorning o‘zi — aroqxo‘r. Uyda kimdan aql o‘rganadi ular? Siz bo‘lsangiz, dumingizni 
tutqizmaysiz, uzzukun qorangizni ko‘rsatmaysiz. Qurib ketkur ichkilikdan ortmaysiz. Yaxshiyam, ot 
bor ekan, joningizga ora kiradi. Allaqachon yo‘l-po‘lda o‘lib-netib qolmasmidingiz... 
Voy, bu shallaqi-ey! Qancha urma-so‘kma, baribir aql bitmaydi. Doim ko‘karib yuradi. Shuning 
uchun Ko‘k Tursun deydilar-da. Lekin tili uzun. Hech tilini tiymaydi. 
Bu gal ham geologlar bor demay toza vag‘illadi, ahmoq. Bo‘lmasa, necha martalab ko‘zining ola-
kulasini chiqarib bo‘g‘zidan olgan! Qayda! Voy, o‘ldim, boshqa gap qaytarmayman deb, necha marta 
so‘z bergan. Qayda! Lekin baribir Bozorboy yana uni tinchitishning epini topdi. Gap bor, beri kel deb, 
ichkariga chaqirdi. Uyga kirgach, indamay uni devorga bosdi. Yuzini yuziga tiradi. Nafas olgani 
qo‘ymadi. Ana shunda u xotinining momataloq bo‘lib ketgan, so‘ngan, ajin bosgan chehrasi-da, behol 
ochilib qolgan tishsiz og‘zida, qo‘rquvdan xira tortgan jonsiz ko‘zlarida o‘tgan yillarning qayg‘u-
g‘amlari, nochorlik, omadsizlik, alamzadaliklarini o‘qidi. Shunda o‘zi-o‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi-da, 
vishillab zahrini sochdi: 
— Ho‘, qanjiq, yana og‘zingni vaq etib ochsang, qurbaqaday bosib o‘ldiraman-qo‘yaman!— 
shunday deb, uni bir chekkaga itqitib yubordi. 
Xotini miq etmay chelagini ko‘targancha eshikni qarsillatib yopib, hovliga chiqib ketdi. Sal 
o‘tmay, o‘pkasini bosib olgach, u chiqdi, otga o‘tirdi va geologlarni boshlab yo‘lga tushdi... 
Ha, yaxshiki, ot qurg‘ur zotli — uning birdan-bir quvonchi shu ot, baraka topsin, ot zavoddan 
chiqqan. Allakimga uning tusi yoqmay, chiqit qilgan — rostdanam, qora to‘riqmi, qo‘ng‘irmi, bilib 
bo‘lmaydi. Lekin axir buning nima ahamiyati bor? Aqlli ot, tog‘da qaerga qadam qo‘yishni biladi, 
hammadan ham, juda chidamli, naq bo‘rining o‘zi. Doim egarlog‘liq, doim ko‘zi ochiq. E, nimasini 
aytadi, oti yaxshi, bu atrofda unga taraf yo‘q, faqat Bo‘stonnikini demasang. Voy, bu sovxozning ilg‘or 
cho‘poni. E, odam bo‘lmay ket. Dunyoda bunaqa qurumsoq topilmasa kerak. Negadir bir-birlarini 
jinlari suymaydi. Ana uning otini — ot desa bo‘ladi. Sirti tilladay yiltiraydigan Don oti, Do‘nqo‘liq 
deyishadi. Omadi bor ekan Bo‘stonning. Ertayu-kech otini parvarish qiladi. Boshqa iloji ham yo‘q. 
Otda yurib, o‘zini ko‘z-ko‘zlamasa bo‘lmaydi, azamat. Xotini yosh, Ernazarning bevasi. Ernazar o‘ch 
yilcha burun Ola Mo‘ngu dovonida muz yorig‘iga qulagancha, shu-shu o‘lib ketdi, o‘ligi o‘sha 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling