Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
yerlarda qoldi... 
Tog‘larga turnaqator tizilib ko‘tarilib borishar, gaplashishga fursat yo‘q, buning ustiga xotini bilan 
urishib Bozorboyning ta’bi tirriq bo‘lgan edi. Indamay yo‘l bosishardi. Qish oxirlab qolgandi. Tog‘ 
kungaylarida qorlar eriy boshlagan, ko‘klam nafasi ufurardi. Shu damda atrof ravshan va sokin edi. 
Pastda sadafday yarqirab yotgan ulug‘ moviy ko‘lning narigi tomonida baland tog‘lar uzra quyosh 
yuksakka ko‘tarilgandi. Choshgoh edi. 
Oradan ko‘p o‘tmay Bozorboy geologlarni daraning bo‘g‘ziga yetaklab keldi. Issiqko‘lning 
musaffo ko‘zgusi so‘nggi bor ko‘zga yarq etib tashlandi, manzaralar orqada g‘oyib bo‘ldi. Endi 
boshlari uzra keta-ketguncha tumtaygan qoyali uchurumlar haybat solardi. Hammayoq tosh, qoya. 
Kimsa yo‘q.— Nima bor ekan ularga bu yerda?— taajjubi ortardi Bozorboyning tevarakka alang-
jalang qarab. U geologlarni manzilga eltib qo‘ygan zahoti orqaga qaytishga ahd qildi. Achchiq Tosh 
darasi u bilan yonma-yon to‘g‘ri ulug‘ ko‘l bo‘ylariga olib chiqadigan qo‘shni daradan ko‘ra qisqaroq. 
U ichida orqaga Boshat darasidan qaytaman, deb qo‘ydi. Shunda uyga hayallamay yetib oladi. U 
geologlar bilan xayrlashib, shunday qildi. Lekin cho‘ntakka nihoyat qurmag‘ur yigirma beshni 
solarkan, u yigitlarga gap qotdi: 
— Hoy, og‘aynilar, mundoq qarasam, hammalaring o‘g‘il bola ekansizlar,— dedi u irshayib 
mo‘ylabini errayimlarcha siyparkan,— biz ham axir yurgan yigitmiz, bir tomoqni ho‘llab olmaymizmi, 
a? 
Bozorboy ichsam, bir stakan icharman, deb chamalagan edi, yigitlar esa saxovat bilan unga shu 
yerning o‘zida chiqqan ko‘k shishani hadya qildilar. Ol, uyda icharsan deb! Bu baxt qaydan tushdi deb, 
Bozorboy yal-yal ochilib ketdi. Tipirchilab qoldi, chodirni qaerga tikish, qaerdan o‘tin chopishni 
ko‘rsatdi, yigitlar bilan navbat-banavbat xayrlasharkan, har birining qo‘lini uzoq silkitib turdi, hatto 
xurjunga g‘amlab olgan yemdan otga berib ham o‘tirmadi. Birinchi marta emas, uygacha chidaydi, deb 
o‘yladi. Apil-tapil egarga o‘tirdiyu, yo‘lga tushdi. Chamalab, ko‘p o‘tmay so‘qmoqni topdi va chala-
yarim qor bosgan tizmalardan oshib o‘tib, Boshat darasiga kirdi. Daraning yon atroflarida siyrakroq 
to‘qay, o‘rmonlar o‘sgan, ham yorug‘roq, Achchiq Toshdek qorong‘u emasdi. Bu yerda jilg‘alar va 
buloqlar ham ko‘plab oqib yotardi. Shuning uchun bu yerlarni Boshat darasi — Buloq dara deb 
atashardi. 
Paxtalik ustidan kiyib olgan yomg‘irpo‘shning cho‘ntagidagi shisha unga tinchlik bermasdi. U dam 
sayin shishani ushlab-ushlab ko‘yar, qaysi jilg‘a bo‘yida to‘xtasam ekan, deb joy chamalardi. U 
o‘zining qancha ichishini bilardi. Shishaning yarmini bo‘shatadi, ustidan suv ichadi, keyin yana yo‘lga 
ravona bo‘ladi. Bunday hollarda Bozorboy egarga o‘tirib olsa, bas. U yog‘iga xonazot otning o‘zi 
yetkizib oboradi. Sho‘rlik Ko‘k Tursun Bozorboyning qo‘ltig‘idan shayton tutib turadi, deb bekorga 
aytmaydi — u hali biron marta egardan yiqilgan emas. Nihoyat, yo‘lda bir jilg‘ani tanladi, uning ustini 
yupqa shaffof muz qoplagan, suv muz ostida toshdan-toshga qilqillab urilib, odamning havasini 
keltirib oqardi. Bozorboy shu joyga tushdi. Atrofda yovvoyi tol va zirk butalari o‘sib yotar, qor ham 
ko‘p emas, otga ham suv ichirib, yem bersa bo‘ladi. U otning yuganini bo‘shatdi, suli solingan 
xurjunni egardan tushirdi, bog‘ichni yechib, yechilgan tomonini otning bo‘yni tagiga surib qo‘ydi. Ot 
charchog‘ini tarqatayotganday yengil so‘lish olib, ko‘zlarini yarim yumib, qurtillatib suli chaynay 
boshladi. Bozorboy esa suv bo‘yida qulagan daraxt tanasiga joylashib o‘tirib oldi-da, shishani chiqardi, 
havasi kelib, quyoshga tutib qaradi, lekin nimani ham ko‘rardi, o‘sha-o‘sha shisha, faqat kun tugab 
borar, tog‘larda soyalar qiyalab yotar, quyoshning botishiga agar kam bo‘lmasa hali bir soatdan ortiq 
vaqt bor edi. Lekin Bozorboyning shoshadigan joyi yo‘q. U aroqning miyaga uradigan mazasini 
tamshanib his qilib, yo‘g‘on tirnog‘i bilan shishani ochdi, hidladi, boshini chayqadi, og‘ziga ko‘tardi. 
Titrab-qaltirab qultillatib yutdi. Keyin jilg‘adan hovuchida suv olib, kursillagan muz parchalari bilan 
qo‘shib ichdi. Muz tishlariga tegib qisirladi — naq miyasi qasirlab ketganday bo‘ldi. Bozorboyning 
basharasi xunuk burishdi, u tomog‘ini qirib yo‘taldi, og‘u qachon boshiga urishini kutib, ko‘zlarini 
yumdi. Ha, tevarak-atrof — tog‘lar, qoyalar — xuddi tumanga cho‘lg‘anganday suza boshlashini, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling