Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
havolanib, ko‘tarilishi, qizigan miyasida g‘alati, noayon tovushlar, zing‘ildoq shovqin chiqishini kutdi. 
O’zini kayf quchog‘iga tashlash ishtiyoqida bujmayib qotdi. So‘ng tomirlari yozildi, bo‘shashdi, 
shunda qaerdadir juda yaqin oradan xuddi yosh bola yig‘laganday ohista ingillagan ovoz eshitildi. 
Nima bo‘ldi bu? Qaydadir zirk changalzorlari va uyum-uyum toshlar ortida yana nimadir xuddi kuchuk 
bola kabi angilladi... Bozorboy sergak tortdi, yana beixtiyor shishani ko‘tarib ichdi, so‘ng uni asta 
toshga tirab qo‘ydi, lablarini sidirib artdi-da, o‘rnidan turdi. Tag‘in diqqat bilan quloq soldi. Haqiqatan, 
adashmagan ekan. Qandaydir hayvonning bolalari ovoz chiqarmoqda edi. 
Bo‘ri uyasi... bo‘ri uyasidan Akbara bilan Toshchaynarning bolalari uzoq yo‘q bo‘lib ketgan ota-
onasini qo‘msashib, ingillashmoqda edi. Mo‘yinqum cho‘llaridan orqa-oldilariga qaramay 
qochganlaridan so‘ng, Aldash bo‘ylaridagi dahshatli yong‘inlardan so‘ng bir yil qisir o‘tib, mana, 
tog‘larda erta ko‘klam payti Akbara bevaqt bolalagan — to‘rtta tuqqan edi. 
Bu orada Bozorboy bo‘ri uyasiga yo‘l topib asta yaqinlamoqda edi. Bozorboy hushyor bo‘lganda, 
inga borishdan oldin, albatta, o‘ylar, mulohaza qilib ko‘rardi. U kamar ichidagi korong‘u inni 
osonlikcha topgani yo‘q. Tajribasi qo‘l keldi. Qor ustini sinchiklab qaradi. Aniq-taniq tushgan izlar 
zanjirini ko‘rdi. Bo‘rilar ehtiyotkorlik bilan doim eski izlari ustidan qadam tashlagan edilar. Yana ham 
nariroq yurib Bozorboy tosh uyumlari va butalar orasida yamlangan, kemirilgan to‘da-to‘da suyaklarga 
duch keldi. Demak, bo‘rilar o‘ljasining bir bo‘lagini sudrab kelib, shu yerda bamaylixotir yotib 
g‘ajiganlar. Katta-katta son va bo‘g‘in suyaklarining ko‘pligiga qaraganda, g‘ajirlar bu yerda anchadan 
beri yashasalar kerak. Endi inni topish qiyin emasdi. Bozorboy kamarga kirishdan nega cho‘chimadi, 
bir narsa deyish qiyin. Axir, bu yerda katta bo‘rilar ham bo‘lishi mumkin edi-ku! Lekin qorni ochib 
ketgan bo‘richalar angillab o‘zlarini oshkor qilishar va go‘yo yonlariga chorlar edilar. 
Akbara bilan Toshchaynarning ovga chiqishdan boshqa choralari qolmaganligini bo‘richalar 
koshki bilishsa edi. Bo‘rilar uchun erta ko‘klamning og‘ir kunlari boshlangan edi. Bunaqa paytda 
barcha jonivorlar qishdan oriqlab chiqqan bo‘ladi. Bunaqa paytda yaqin atrofdagi kuch madordan 
qolgan yovvoyi tog‘ echkilari va arxarlar allaqachon zabt etilgan bo‘ladi. Kiyiklar esa bolalagani 
qadam yetmas qoyalarga chiqib ketadilar. Odamlar bosib turadigan suruvlar ham xuddi mana shu 
sabablarga ko‘ra bu payt qo‘ra va ko‘tonlarga qamaladilar. Shunaqada tinmay emchak so‘radigan to‘rt 
tayloqni sut bilan boqishning o‘zi bo‘ladimi? Akbara et-ustixondan tushdi, u endi sira o‘ziga 
o‘xshamas — hurpaygan, kallasi kattalashib so‘rraygan, emchaklari salqib osilgan edi. Bo‘rilar 
umuman, g‘oyatda chidamli bo‘lishadi. Ular bir necha kunlab ovqat yemay yurishlari mumkin. Lekin 
emizikli bo‘ri o‘zini yemakdan siqolmaydi. Hayot Akbarani tavakkaliga katta ovga chiqishga majbur 
qilmoqda edi. Lekin mabodo u halok bo‘lsa toyloqlari ham o‘lib ketadi. 
Toshchaynar hamon unga ergashib boradi. Ular bariga tez ulgurishlari kerak. Tez o‘lja topish, uni 
tez ag‘darish, etni tez-tez, katta-katta yutish va tez orqaga qaytish, taomni hazm qilish kerak edi. Bo‘ri 
toyloqlarga tez sut bermasa sira iloji yo‘q. 
Bugun yurgan yo‘llari kun tushgan yerlarda sirg‘anchiq, terskay tomonlarda esa qish ayozidan 
qattiq edi. Shunga qaramay bo‘rilar zo‘r berib tog‘dan toqqa lo‘killashardi. Bunaqa chog‘larda 
maydaroq maxluqlar hali yer tagidan boshini ko‘tarmaydi. Yovvoyi hamda xonaki suruvlarga esa 
yaqinlashib bo‘lmaydi, binobarin, tirik hayvonlar — otlar, qoramol, tuyalarga yonda sheriksiz ov qilish 
foydasiz, hayotning chigalligi ham shunda. Toshchaynar nechog‘lik baquvvat bo‘lmasin, yirik o‘ljani 
bir o‘zi inga sudrab keltirolmaydi. Oxirgi marta ikki kun burun u tog‘ yonbag‘irlariga uloqib kelib 
qolgan eshakni o‘lja qildi. Akbara tunda inidan chiqib eshak go‘shtidan to‘yguncha yedi. Lekin eshak 
jonivorlar tog‘ yalangliklarda har kuni bunday bosh og‘gancha yuravermaydilar-ku. Odatda 
eshaklarning yonlarida albatta odam bo‘ladi. Ana shuning uchun ham, Akbara ovda qornini to‘ydirish 
uchun o‘zi inidan chiqdi. 
Avvaliga Akbara ikkilanib turdi, inni tashlab ketishga sira ko‘ngli chopmadi, hatto bir ikki bor 
orqaga qaytgisi ham keldi — bolalaridan xavotirlandi: ularni doim isitib, sut emizib turish kerak,— 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling