Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
go‘shtni burda-burda qilar, bamisoli yovvoyi qassobning o‘zginasi edi. 
Bari o‘z yo‘sin-yo‘rig‘i bilan bo‘lyapti. Qashqirlar oldin rosa go‘shtga to‘yishadi, keyin tezroq 
inlariga yetib olish uchun yo‘lga tushishadi. Kechasi yana go‘shtga to‘ygani kelishadi, so‘ng qolgan 
go‘shtni biron pana joyga sudrab berkitishadi. Lekin bunga hali vaqt bor. Hozir esa, g‘ajirlar ochlik 
bilan lahm yutishardi... 
Osilib tushgan qoya tagidagi torgina kamardagi bo‘rilar uyasida ochiqib ketgan bo‘ri bolalari 
beixtiyor angillashar, isish uchun dam guj bo‘lib bir-birilariga tiqilishar, keyin yana har tomonga 
sudralishib tarqalishar, tag‘in to‘planishardi. Tashqarida shitirlagan ovoz eshitilganda in ichiga 
Bozorboy tiqilib kirmoqda edi. Ular avvalgidan ham battarroq angillashib, o‘mbaloq-do‘mbaloq oshib 
in og‘ziga tomon intildilar va shu bilan odamning ishini ham yengillatdilar. Bozorboy azbaroyi 
kuchanganidan bo‘g‘riqib ketgandi. U tor kamar ichiga paypaslab, turtinib-surtinib kirdi. U paxtaligini 
yechib tashlagan, nimchaning o‘zida qolgan edi. Bo‘ri bolalarini birma-bir tutib, uchtasini qo‘yniga 
soldi, to‘rtinchisini bo‘ynidan mahkam siqib ushlab oldi-da, tashqariga sudraldi. Yoruqqa chiqqanida, 
ko‘zlari qamashib ketdi. Baland tog‘lar shu qadar yarqirab yotardi. Ko‘kragini to‘ldirib nafas oldi. 
Quloqni batang qiladigan jimjitlik. U faqat o‘zining nafas olganinigina eshitardi. Qo‘ynidagi bo‘ri 
bolalari g‘imirlab qolishdi, qo‘lidagi esa o‘zini qutqarmoqchi bo‘lardi. Bozorboy shoshilib qoldi. 
Hamon og‘ir-og‘ir nafas olgancha u paxtaligini yelkasiga tashlab, jilg‘a tomonga jadalladi. U yog‘i bir 
zumlik ish edi. U o‘zi o‘g‘irlab chiqqan to‘rt bo‘ri bolasini boplab pullamoqchi. Hozircha ularning 
barini xurjunga joylaydi. U bo‘rivachchalarni tuzukkina pulga sotishiga ishonchi komil edi: bultur bir 
cho‘pon hayvonot bazasiga allaqancha bo‘ri bolalarini sotgan, xar bir bosh bo‘riga ellik so‘mdan 
to‘lashgan edi. 
Bozorboy kurtillatib yem chaynayotgan otning og‘zidan xurjunni tortib oldi, ichida qolgan sulvini 
yerga to‘kdi, har bir xurjunga ikkitadan bo‘ri bolasini joylashtirdi, xurjunni egardan oshirib ikki yoqqa 
tashladi, kamar tortib mahkamladi, jilovni qo‘lga olib, shitob bilan uzangisiga oyoq qo‘ydi. Rav 
ketmasa bo‘lmasdi. Mana, buning otini omad deydi! Lekin katta bo‘rilar yetib kelmasdan juftakni 
rostlamoq kerak. Bozorboy buni yaxshi biladi. Yarim ichilgan, toshga tirab qo‘yilgan shishani 
Bozorboy egarga o‘tirib bo‘lgach, esladi. Ammo aroqqa ham tupurdi. Qolsa, qolaversin. Bo‘ri bolalari 
uchun bir dunyo pul oladi. Bunaqa yarimtalardan kanchasini sotib olishi mumkin. U otga kichov berdi. 
Quyosh botmasdan burun iloji boricha tezroq daradan chiqib olishi kerak. 
Keyin-keyin Bozorboyning o‘zi ham hayron bo‘lib yurdi: qanday qilib yurak yutib bo‘ri iniga 
kirdi, hatto yonida quroli ham yo‘q edi-ya, Ona bo‘ri yoki erkagi kelib qolsa, unda nima bo‘lardi... 
Bug‘u juda yuvosh hayvon, lekin u ham bolalarini himoya qiladi — g‘anim ustiga shartta tashlanadi... 
Lekin, bularning bari uning hayoliga keyinroq keldi. Bo‘rilarning changaliga tushishini o‘ylasa, 
ko‘ngli oza boshlaydi. O’sha soatda u sangzor Boshat darasida yo‘rig‘ini qichab haydab borar, dam 
sayin orqasiga, tog‘lar ichkarisida botib borayotgan quyoshga xavotirlanib qarab-qarab qo‘yar, uni 
shom quvib kelmoqda edi. Ha, shoshilmasa bo‘lmaydi, tezroq tog‘ etaklariga chiqib olishi kerak, ko‘l 
bo‘ylari hammasi ochiq yalangliklar, ot boshini xohlagan tomoningga qo‘yaverasan, ammo bu yerning 
— tor, qo‘rqinchli daraning ishi boshqa... 
Bozorboy ko‘l bo‘ylariga, tanish yaylovlarga yaqinlashgan sayin o‘ziga ishonchi ortar, 
dadillashardi. Olgan o‘ljasi bilan maqtangisi kelib qoldi. Cho‘pon ulfatlarimdan birontasinikiga qo‘nib 
o‘tsammikin, o‘ljalarni ko‘rsatib ko‘zini kuydirsammikin, yuzta-yuztadan qilib bo‘rivachchalarni 
yuvsakmikin, axir ularni yaxshilab pullasam, men ham qarzdor bo‘lib qolmasman, deb o‘yladi. U chala 
ichilgan shishani suv bo‘yida tashlab kelgani uchun achina boshladi; ex, qaniydi, hozir bir ko‘tarsang!.. 
Uning shunchalar ichgisi qistadi! Lekin baribir ichida bunga hali ulguraman, avvalo, bo‘richalarni 
omon-eson yetkizib borish, qorinlarini to‘ydirish kerak, ular juda chidamli bo‘lsalar ham, lekin hali sut 
emib yurgan toyloq, ko‘zlarini ham endi-endi ochganga o‘xshaydilar, ko‘r, ana chaqchayib 
turishlarini... Ishqilib, xurjunda o‘lib qolmasalar bas. Bozorboy bu payt o‘zini dahshatli tezlik bilan 
quvib yetayotganlarini hayoliga ham keltirmasdi. Xudo biladi, hali bularning oxiri nima bilan tugaydi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling