Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
Buqa go‘shtini burunlaridan chiqquncha yeb to‘ygan bo‘rilar orqaga qaytdilar. Oldinda — Akbara, 
orqaroqda — Toshchaynar borardi. Ular qoya ostidagi inimizga tezroq yetib olsak, bolalarimiz bilan 
yayrab davra olib yotsak, oyoq-qo‘limizni yozsak, ana undan keyin chala yeyilgan buqa tepasiga 
borsak, yalanglikda talanib ketmasin tag‘in, deyishardi. 
Hayot-da bu endi, shuning uchun aytishgan ekan-da, bo‘rini oyog‘i boqadi deb... Axir, tayyor etni 
ko‘rsa, boshqa bo‘rilar qarab turisharmidi — bu birovniki-ku, deb tortinib o‘tirmay, talab, g‘ajib 
ketaveradiganlar ham yo‘q emas. Ana, innakeyin janjal-to‘polon chiqadi, qon to‘kiladi. Lekin haq o‘z 
nomi bilan haq, kuch ham haq tomonda... 
Hali iniga yetmasdan, hali uzoqdan Akbaraning yuragi bir kori hol bo‘lganini sezdi. Xuddi 
yonginasida allaqanday qush soya kabi parpirab uchayotganday, botib borayotgan quyoshning so‘nggi 
nurlarida anglab bo‘lmas vahim, xarosonlik bilan tuydi. Yuksak tog‘ zirvarlarida akslanayotgan qonli 
shafaq shu’lalari borgan sayin qorayib, diliga tashvish va qo‘rqinch solardi. Iniga yaqin qolganda, u 
yanada qattiqroq yugurdi. Toshchaynarga qayrilib ham qaramadi. Nihoyat, u anglab bo‘lmas vahimaga 
tushib, yeldek uchib ketdi. Shunda havoda dimog‘iga begona hidlar urildi va uning vahimasi yanada 
ortdi: terlab-pishgan otning o‘tkir hidi va yana qandaydir ko‘ngilni behuzur qiluvchi sassiq is anqirdi. 
Nima bu? Qaerdan kelyapti? Akbara jilg‘adan sakrab o‘tdi, butalar orasidan yildirimday yugurib 
kamarga chiqdi va lip etib qoya ostidagi iniga o‘zini urdi. Huvillab kolgan bo‘m-bo‘sh uyasining 
hamma burchaklarini ovchi itday iskab chiqdi va pishqirdi, bir zum qotib qoldi, so‘ng o‘zini tashqariga 
otdi, in og‘zida Toshchaynar bilan to‘qnashdi, xuddi bariga u aybdorday, xuddi eri emas, g‘anim-
yovday uni alam ustida tishlab oldi. Hech narsadan xabari yo‘q Toshchaynar avval uyaga kirib chiqdi, 
so‘ng Akbara orqasidan yugurdi va jilg‘a bo‘yida unga yetib oldi. Akbara es-hushini yo‘qotguday 
bo‘lib, izlarni hidlab yurar, yuz bergan voqeani anglashga urinardi. Shu yaqin o‘rtada bu yerga allakim 
kelgan, u izlardan shularni o‘qidi — mana, ot so‘lagining hidi anqib turibdi, sochilgan suli, mana, ot 
tezaklabdi, mana, hidi ko‘ngilni aynitadigan shisha, Akbara uni nogoh iskab ko‘rib, azbaroyi nafrati 
qo‘zib yoli tikka-tikka bo‘lib ketdi, mana, odamning qor ustidagi izlari. Kirza etikdan tushgan izlar. Ot 
minib, jirkanch narsa solingan shisha ko‘tarib kelgan qattol yov bostirib kirib, bolalarini o‘g‘irlab 
ketibdi! Ularni yeb qo‘ygan bo‘lsa-chi! Shunda Akbara yana gunohsiz Toshchaynarga yopishdi, uni 
quturib tishlab tashladi, keyin qo‘rqinchli irillab, iz ketgan tomonga shitob bilan yugurdi. Toshchaynar 
unga ergashdi. 
Bo‘rilar sira adashmay is olib borishar — surib, qichab olg‘a ketib borishar, daradan chiqar yerni 
ko‘zlashar, yana olg‘a, olg‘a ta’jil ila yugurik qadam tashlashar, odamlar turadigan joylarni, ulug‘ ko‘l 
bo‘yla-rini mo‘ljal olishardi... 
Bozorboy esa daradan chiqib, otni yalang tog‘ etaklaridan, past-baland adirlar, yozgi yaylovlardan 
yo‘rttirib borar, nihoyat, mana olisda qorayib ko‘lning bir cheti ko‘rindi. Yana bir soatlarda uyga yetib 
oladi. Bu orada quyosh yerning u chekkasiga, tog‘ tizmalari orasiga botdi, uning so‘nggi nurlari lov 
etib, so‘ndi. Issiqqo‘l tomondan ayozli shamol esdi. «Toyloqlar sovuq qotib qolmasa edi»,— deb 
o‘yladi Bozorboy, lekin ularni o‘rab qo‘yadigan narsa yo‘q edi. Bozorboy ularni tirikmikin, deb 
xurjunga qarab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bular o‘lib qolsa, birov boshiga uradimi! U otdan tushdi, 
kamarlarni bo‘shatib, xurjunni ochib qaramoqchi edi, shu payt ot oyoqlarini kerib, hammayoqqa 
sachratib shovdirata boshladi. Shunda birdan siyishdan taqqa to‘xtab, qattiq pishqirdi-da, o‘zini 
chekkaga otdi, jilov Bozorboyning qo‘lidan chiqib ketishiga sal qoldi. 
— Tek!— deb qichqirdi Bozorboy otga.— Tek tur! 
Lekin ot xuddi o‘tdan qo‘rqqanday o‘zini chekkaga urmoqchi bo‘lardi. Shunda Bozorboy orqasiga 
qaramayoq nimaligini bildi. Bir zum ichida muzdek bo‘lib qolgan yelkasi bilan u quvlab kelayotgan 
bo‘rilarni his qildi. Bozorboy jonholatda otga yopishdi, uning yolidan mahkam tutib, o‘zini egarga 
oldi, ot shu zahoti pishqirib, yeldek chopib ketdi. Bozorboy sovuq yel jihatidan boshini egib oldi, 
atrofga alang-jalang qaradi. Nariroqda ikki bo‘ri chopib kelardi. Qashqirlar yugurib adir ustiga 
chiqqanlarida, ot jonivor ularni payqab hurkigan ekan. Endi bo‘rilar otning yo‘lini to‘sib chiqish 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling