Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
Bo‘ston miltiqni rostlab bo‘rini mo‘ljal oldi-da, endi tepkini bosaman degan edi, orqa tomonida 
nimadir shitirlab ketdi va u beixtiyor o‘girilib qaradi. Shu zahoti hatto mo‘ljalga ham olib o‘tirmay o‘zi 
tomon otilib kelayotgan haybatli yirtqichga qarab o‘q uzdi. Hammasi ko‘z ochib-yumguncha bo‘lib 
o‘tdi. Toshchaynar osmonga sakragan chog‘da o‘qqa duchor bo‘ldi. Lekin u darhol yerga qulagani 
yo‘q. U ko‘zlarini qahrli olaytirib, so‘yloq tishlari irillab ochilib, tirnoqlari o‘tkir panjalarini 
vahshiyona oldinga cho‘zgancha, Bo‘ston tomonga zabt bilan uchib bordi va undan naq bir odim 
nariga gursillab quladi. Bo‘ston darhol miltiqni boshqa tomonga to‘g‘riladi, lekin fursat o‘tgan edi — 
Akbara to‘ntarib tashlagan qo‘yni qo‘yib, o‘zini toshlar orasiga urdi. Bo‘ston miltiqni shay tutib, bo‘ri 
ortidan yugurdi, hali otib ulgurish mumkin deb o‘yladi, lekin Akbara jilg‘adan sakrab o‘tib ketganligini 
ko‘z qiridagina ko‘rib qoldi. O’q uzdi, lekin o‘qi zoe ketdi... 
Bo‘ston nafasini rostladi, atrofiga xafagezak nazar tashladi. Azbaroyi zo‘riqqanidan rangi oqarib 
ketgan, og‘ir-og‘ir hansirab nafas olardi. Asosiy maqsadiga yetolmadi — Akbara qo‘ldan chiqdi. Ish 
endi yanada chigallashdi — uni duch keltirish va otish oson ko‘chmaydi: bo‘ri endi etagini 
tutqizmaydi. E, xayriyat-e, deb o‘yladi Bo‘ston, agar Toshchaynarga vaqtida qaramasa va 
o‘qi ham mo‘ljalga tegmasa bormi, ana unda badtar chatoq bo‘lardi. Ro‘y bergan voqeani mulohaza 
qilib ko‘rarkan, Bo‘ston shu narsaga amin bo‘ldiki, yirtqichlar podaga yaqinlashib kelgan mahalda 
xavf borligini sezib qolganlar-da, ikkovlari ikki tomonga ajralganlar. Toshchaynar miltiqli odam 
pistirmadan bexabar Akbarani mo‘ljalga olganini ko‘rgach, o‘ylab o‘tirmay yovga tashlangan... 
Qo‘rqib har tomonga qochgan qo‘ylarni yig‘ib kelgach, Bo‘ston o‘qqa uchgan bo‘rini ko‘rgani 
bordi. Toshchaynar sarg‘ayib ketgan ulkan qoziq tishlarini yirib, yoniga ag‘darilgancha yotardi, uning 
ko‘zlari shishaday qotib qolgan edi. Bo‘ston Toshchaynarning boshini ushlab ko‘rdi. Bosh ham o‘zi 
otning kallasiday kelar, yirtqich uni qanday ko‘tarib yurganiga aql hayron edi. Panjalari-chi? Bo‘ston 
uning dastpanjalarini ko‘tarib, salmoqlab ko‘rdi, va beixtiyor qoyil deb yubordi: qanchalar zalvorli va 
qudratli edi bu panjalar. Qancha yo‘llarni o‘tgan ular, qancha jonivorlarni qiyratgan ular! 
Bir zum ikkilanib turgach, Bo‘ston uning terisini shilib olmaslikka qaror qildi. Sadqai sar, gap 
terisidami. Boz ustiga uning jufti tirik qoldi, hali xursandchilik qilishga erta. 
Bo‘ston yana birpas hayolga tolib turdi. Keyin bo‘ri qornini yorib tashlagan qo‘yni yelkasiga ortdi-
da, podani orqaga qaytardi. 
Kechroq bu yerga belkurak va zang ko‘tarib qaytib keldi. Kun botguncha Toshchaynarning o‘ligini 
ko‘mish uchun chuqur qazidi. Toshloq joy emasmi, ancha urindi. Ba’zan Bo‘ston ishdan to‘xtab 
tevaragiga jim nazar tashlardi, banogoh bo‘ri kelib qolmasmikin, derdi. Nishonga bexato uruvchi 
Bo‘stonning miltig‘i yonginasida shay turardi, qo‘l uzatsa kifoya edi... 
Ammo Akbara tun yarmidan oqqaa keldi... Yangi qazilgan yer oldida cho‘zildi, to azongacha shu 
yerda qoldi, quyoshning ilk nurlari to‘kilganda, u g‘oyib bo‘ldi... 
VI 
Bahor kunlari o‘tib, yoz yaqinlashmoqda edi. Chorvadorlar yozgi yaylovlarga ko‘chadigan payt 
keldi. Tog‘ yonlarida qishlagan qo‘yboqarlar tog‘ ichkarisidagi vodiy va daralarga — yangi tog‘ 
o‘tloqlariga ko‘chishar, bu yerlardan asta-sekin dovonlarga yovuqlab borishardi. Qir-dalada 
qishlaganlar esa hali mol-hol oralamagan, saqlab qo‘yilgan o‘tloqlarga chiqishardi. Cho‘ponning ishi 
qaynagan palla: mol haydaydi, ko‘ch-ko‘ronini tashiydi va hammasidan og‘irrog‘i, qo‘ylarning junini 
qirqadi; bularning hammasi qo‘shilib, bosh qashigani qo‘l tegmay qoladi. Buning ustiga har kim yozgi 
manzilga tezroq chiqib keta qolsam, deydi, sero‘tloq yerlarga joylashsam, deydi. Xullas, ish degan 
qizib yotadi... Har kimning tashvishi o‘ziga yetib ortadi... 
Hamma hamma bilan, lekin yolg‘iz Akbaragina dunyodan noumid edi. Atrofda qaynagan 
hayotning faqat ungagina daxli yo‘q edi. Odamlar ham endi uni unutgan edilar: Toshchaynar o‘lgandan 
so‘ng Akbara qorasini ko‘rsatmas, hatto Bo‘stonning qishlovida ham tunlari uv tortmasdi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling