Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
bilmaydi deb o‘ylaysanmi? Seningcha, men fashist, faqat sen ichimizda vijdonli, halol ekansan-da? 
Bo‘ston ham o‘rnidan sakrab turdi. Endi ikkov yuzma-yuz keldilar. 
— Tilingni tiyibroq yur,— bo‘sh kelmay dedi Bo‘ston.— Seni fashist deganim yo‘q. Bilganimda 
aytardim. Sen ig‘vogar, ahmoq, ichi qora odamsan, bu — to‘g‘ri. Buni senga ilgariyam aytganman
hozir ham aytaman. Lekin menga osilmay, joyingga qaytsang, o‘zingga yaxshi bo‘ladi. 
— Sen menga aql o‘rgatma, qaerda bo‘lishim, nima qilishimni o‘zim yaxshi bilaman!— haddan 
tashqari qahrga mindi Bozorboy.— Menga xo‘jayin emassan. Tupurdim senga. Mayli, seningcha 
ig‘vogar bo‘lay, sen-chi, sen o‘zing kimsan? Odamlar sening kimligingni bilmaydi deysanmi? 
Ernazarni o‘ldirding. Yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolaverdi, deb yuribsanmi hali? Sen, ablah, 
Ernazar tirikligida uning xotini bilan don olishgansan, xotining o‘lishini bilgansan. O’shandan keyin 
Ernazarni tog‘dan itarib yuborgansan uning xotini, anov qanjiq Gulimxonga uylanaman deb. Mard 
bo‘lsang, qani ayt, shunday emas, de! Nega sen yiqilmading, Ernazar yiqildi? Bitta yo‘ldan borayotgan 
edinglar-ku? Hech kim hech narsa bilmaydi deysan-da, a? Lekin u o‘lib ketdi, sen esa yuribsan. 
Shundan so‘ng kim bo‘ldinglar, sen ham, anov qanjiq Gulimxon ham? Ernazar dovonda muzlab 
yotibdi, bekafan ketdi xuddi itning bolasiday, sen yaramas go‘sxo‘r bo‘lsang, uning sharmanda 
xotinini, sotqin qanjiqni quchoqlab yotibsan, yallo qilib yashayapsan! Yana partiya a’zosi emish! Seni 
partiyadan bo‘yningga urib haydash kerak. O’rgildim sendaqa ilg‘or, staxanovchidan! Seni sud qilish 
kerak! 
Bo‘ston Bozorga musht ko‘tarib tashlanishdan, uning jirkanch aft-basharasiga boplab tushirishdan 
o‘zini bazo‘r tutdi. Bozorboy ochiqdan-ochiq janjal chiqarmoqchi, Bo‘ston bilan yoqalashib itdek 
urishmoqchi edi. Lekin Bo‘ston o‘zini bosdi, tishlarini qattiq qisdi, achchikdan bo‘g‘ilib ketgan 
Bozorboyga dedi: 
— Sen bilan gaplashadigan gapim yo‘q. Sening so‘zlaringni hech narsaga olmayman. Sen bilan 
tenglashib ham o‘tirmayman. Men haqimda nima desang, nima o‘ylasang, o‘ylayver. Endi qani, 
yo‘ldan qoch. Hey, yigit,— deb chaqirdi u ofitsiantni,— ma, pulingni ol.— Unga besh so‘mlikni 
tutqizib, indamay nari o‘tdi. 
Bozorboy uning yengidan tutdi: 
— Qani, to‘xta-chi! Qanjig‘ingning oldiga shoshib nima qilasan! Balki sen yo‘g‘ingda bironta 
cho‘pon bilan donlashayotgandir. Xalaqit berib o‘tirasanmi! 
Bo‘ston qo‘shni stol ustida turgan shampandan bo‘shagan shishani ko‘tardi. 
— Qo‘lingni tort!— sekin tishining orasidan dedi u ko‘zlarini rangi qum o‘chib ketgan 
Bozorboydan uzmasdan.— Qo‘lingni tort, boshqa qaytarmay! Eshitdingmi?— dedi u kattakon qora 
shishani asta silkitib. 
Bo‘ston shu alpozda shampan shishasini qo‘lida mahkam qisgancha eshikka chiqdi. Egarga sakrab 
mingandan keyingina hushi o‘ziga kelib shishani yo‘l chetidagi ariqqa tashladi, Do‘nko‘likning 
ixtiyorini o‘ziga berib, jilovni qo‘yib yubordi. U ancha zamonlardan beri hali bunchalik qattiq ot 
choptirmagan edi. Ot boshini shunchalar qattiq qo‘ydiki, u ko‘p o‘tmay o‘ziga kelib, hushyor tortdi va 
shunda birdan yuragiga vahma tushdi: odam o‘ldirib qo‘yishiga oz emas, ko‘p emas, bir bahya qolibdi-
ya, tag‘inam Xudo saqladi, bo‘lmasa, shisha bilan bir urib Bozorboyning miyasini po‘la qilardi. Yo‘lda 
pritsepli traktorda ketayotgan odamlar ko‘zlariga ishonmay anqayib qarashar, uning orqasidan uzoq 
tikilib qolishardi: bu Bo‘stonga nima bo‘ldi, shunday kap-katta kishi xuddi o‘yinqarok o‘spirinlarday 
o‘pkasini qo‘ltiqlab ot choptirib yuribdi. Bo‘ston anchagacha o‘ziga kelolmadi. Sho‘x oqib yotgan 
jilg‘aning muzdek suvidan ichgandan keyingina nafasini rostladi. Shunda u jahldan tushdi, otga o‘tirdi, 
lekin Do‘nko‘likni boshqa choptirmadi. Otni asta yo‘rttirib ketdi. U odam o‘ldirishdan qutulganiga 
suyunardi. 
Lekin, yo‘lda hammasi qanday bo‘lganligini o‘ylab borarkan, yana ko‘ngli g‘ash tortdi, qovog‘ini 
soldi. Kenjashga sovg‘aga olgan, ko‘zlari bakraygan, jag‘lari katta ochilgan g‘alati o‘yinchoq 
qurbaqani oshxonaning derazasi chetida unutib qoldirgani birdan esiga tushdiyu dili battar xufton 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling