Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
sig‘dirolmasdi. Bo‘ston bolakay vositasida hayotning teran, sirli ma’nosiga, farzand hamda uning 
onasiga nisbatan mehru muhabbatning tub ma’nosiga yetganday bo‘lardi. Bu Bo‘stonga ato etilmish 
takdirning eng oliy va eng so‘nggi tuhfasi edi. U xotini va farzandini chin dildan suyar, hayotdan 
shundan ortiq hech narsa tilamas va talab qilmasdi. Axir, bizga ato etilgan shundan ortiq ne’mat 
bormi? Bu haqda u hech qachon og‘iz ochmagan, lekin buning aslida shunday ekanligini aniq biladi. U 
xotinim ham shunday his qiladi, deb ishonardi. 
Bo‘ston «Madaniyat» raymagi oldida otdan tushdi, ichkariga kirib, ko‘zi chaqchaygan, odamning 
kulgisini qistatadigan, kalit bilan burasa, yuradigan qurbaqa sotib oldi. Bolakay rosa quvonadigan 
bo‘ldi-da! U ko‘chaga chiqib, otiga minmoqchi bo‘lib turdi-da, shu payt ochqaganini sezdi va 
ertalabdan beri tuz totmaganligini esladi. Oshxona raymagning shundoqqina yaqinida edi, baxtga 
qarshi, shu yerga kirib ovqatlanmoqchi bo‘ldi. Bo‘ston ko‘proq haydovchilar qo‘nib o‘tadigan, hamma 
yoqdan arzon ovqatlar hidi anqigan yarim qorong‘u zalga kirib, eshik yaqiniga o‘tirgan zahoti orqa 
tomonda Bozorboyning tovushini eshitdi. Bo‘ston orqasiga qaramadi — Bozorboy ulfatlari bilan bu 
yerda kayf qilib o‘tirgani shundoq ham ravshan edi. «Kuppa-kunduz kuni gushnalar bilan ichishib 
yuradi, na or-nomus bor, na vijdon bu zang‘arda»,— dili g‘ash bo‘lib o‘yladi Bo‘ston. Bir ko‘ngli 
o‘rnidan turib nari ketmoqni ham ko‘zladi, har qalay, qora qozondan yiroqroq, lekin keyin, nega endi 
ovqat yemay turib ketar ekanman, nima sababdan, deb o‘ylab qoldi. U karam sho‘rva bilan kotlet 
so‘radi. Bu orada Bozorboyga ham bu yerda Bo‘ston o‘tirganini, chamasi, xabar qilishdi. Darhol orqa 
tomondan kelayotgan tovushlar shovqini o‘chib, shum jimlik cho‘kdi, so‘ng yana g‘ala-g‘ovur 
qaytadan avj oldi. Ko‘p o‘tmay Bo‘stonning qoshiga Bozorboyning ulfatlaridan shu yerlik errayim va 
g‘iybatchilardan biri Ko‘r Samad degan kimsa keldi. Ko‘r Samadning ko‘zini yoshligidayoq urib 
chiqarishgan edi. 
— Salom, Bo‘ston, salom!— Samad ma’nodor irshayib qo‘lini Bo‘stonga cho‘zdi, uning qo‘lini 
qismoqdan boshqa iloj qolmadi.— E, nega bu yerda yolg‘iz o‘tiribsan?— Gapga solmoqchi bo‘ldi u 
Bo‘stonni.— Biz anov yerda Bozorboy bilan o‘tiribmiz. Anchadan beri ko‘rishmagan edik, bir 
yig‘ilishaylik dedik. Yur, biz bilan o‘tir, Bozorboyning o‘zi chaqiryapti. 
— Unga ayt, vaqtim yo‘q,— deb javob berdi Bo‘ston iloji boricha bosiqlik bilan. — 
Ovqatlanamanu toqqa chiqib ketaman. 
— E, hali vaqt erta, ulgurasan. Tog‘ qochib ketarmidi? 
— Rahmat, borolmayman. Ish ko‘p. 
— Mayli unda, shu, bekor qilyapsan-da,— xafa bo‘lganday dedi Ko‘r Samad keta turib. 
Uning orqasidan Bozorboyning o‘zi keldi, anchagina kayfi taroq edi. Bozorboyning izidan 
sheriklari yopirilishdi. 
— Menga qara, hoy, nega bizdan hazar qilasan? Seni hurmat qilib, odam deb chaqirishsa, sen 
burningni jiyirasan. Nima, boshqalardan sening ortiq joying bormi?— darhol tirg‘ila ketdi Bozor-boy.
— Men aytdim-ku, vaqtim yo‘q deb,— xotirjam javob qildi Bo‘ston va karam sho‘rvani xo‘rillatib 
icha boshladi. Boshqa payt bo‘lsa, u birinchi qoshiqdan keyinoq tamom og‘ziga olmas edi. 
Senda ishim bor edi,— dedi Bozorboy va Bo‘stonning ro‘parasiga surbetlik bilan o‘tirib oldi. 
Boshqalar qani, nima bo‘larkin, deganday tomosha qilib turishardi. 
— Sen bilan bizning qanday ishimiz bo‘lishi mumkin?— dedi Bo‘ston. 
— Balki sen bilan anov bo‘richalar to‘g‘risida gaplashib olsakmikin, Bo‘ston,— deb Bozorboy 
qovog‘ini uyub, boshini silkidi. 
— Sen bilan buni gaplashib bo‘lganmiz. Cho‘zishning nima keragi bor? 
— Menimcha, kerakmas. Menga xalal berma. Ovqatimni yeymanu chiqib ketaman. 
— Qaerga shoshyapsan, itvachcha?— Bozorboy shahd turib, engashdi-da, g‘azabdan o‘zgarib 
ketgan betini Bo‘stonga yaqinlashtirdi.— Qaerga shoshyapsan, ablah? Sen bilan hali bo‘rilar to‘grisida 
gaplashib olmadik. Sen axir direktorning kabinetidagi majlisda hammaning o‘rtasida meni ig‘vogar 
debsan, men tufayli bo‘rilar quturib qo‘ylarni bo‘g‘izlayotgan emish. Ig‘vogar nima degani, meni 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling