Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
Qo‘chqorboev bas qilay demasdi. 
Nimaga indamay qoldingiz, o‘rtoq O’rkunchiev?— deb olovga moy quydi u.— Siz emasmi, 
axir, o‘zingizga shaxsan yaylov ochaman deb, dovonga yo‘l olgan? 
— Ha, yaylov ochaman dedim,— keskin javob berdi Bo‘ston.— Lekin faqat o‘zim bo‘lay deganim 
yo‘q, hamma uchun, jumladan, sen uchun ham Qo‘chqorboev, ochmoqchi edim. Chunki men seni yeb-
ichiraman, sen emas. Hozir esa, sen suv ichib turgan qudug‘ingga tupuryapsan! 
— Bu nima deganingiz?— darg‘azab bo‘ldi Qo‘chqorboev, uning yuziga qon tepdi.— Men 
hammasi uchun partiya oldida karzdorman! 
— Partiya qaerdan olib seni boqyapti, bilasanmi o‘zing?— o‘shqirdi Bo‘ston.— Osmondan deb 
o‘ylaysanmi? 
— Nima bo‘lyapti o‘zi, og‘ziga nima kelsa valdirayveradimi kishi!— chinqirib yubordi 
Qo‘chqorboev qo‘llari qaltirab bo‘yinbog‘ini to‘g‘rilagancha. 
Katta janjal chiqadigan edi. Qo‘chqorboev ham, Bo‘ston ham, xuddi o‘limga hukm qilingan 
odamlarday biri stol orqasida, ikkinchisi devor oldida turishar,— o‘tirganlar nazarida yana ozgina vaqt 
o‘tsa, ulardan biri yerga gurs etib qulaydiganday edi. Raykomning yosh xodimi vaziyatni birmuncha 
yengillatganday bo‘ldi. 
— O’zingizni bosing, o‘rtoqlar,— deb ovoz berdi u kutilmaganda chekkada daftariga yozib 
o‘tirgan joyidan.— Nazarimda, cho‘pon O’rkunchiev umuman haq. Mehnatkash odam, biz uni 
ko‘pincha moddiy boyliklar yaratuvchi, deb ataymiz, o‘z so‘zini aytishga haqli. Lekin bunchalar 
oshirib yuborish o‘rinlimikin? 
— E, siz buni bilmaysiz hali, o‘rtoq Mamaetov,— shosha-pisha uning so‘zini ilib ketdi 
Qo‘chqorboev.— O’rkunchiev qilayotgan da’volarning boshi-keti yo‘q. Mana, misol uchun, 
No‘yg‘utov degan bir cho‘pon, ha, xuddi mana shu No‘yg‘utov Bozorboy tog‘da bo‘ri iniga duch 
kelgan. U bo‘ri to‘dasini tugatish uchun ularning to‘rtta bolasini inidan olib chiqqan, to‘g‘rirog‘i, tortib 
olgan, ildiz-pildizi bilan quritgan. Er yigitning ishini qilgan. Shundan keyin nima bo‘lgan deng? Mana 
shu O’rkunchiev No‘yg‘utovni to‘xtovsiz ta’qib qila boshlagan. Oldin sotib olmoqchi bo‘lib uringan, 
lekin bu hunari o‘tmagandan so‘ng, No‘yg‘utov, bilasizmi, juda bir so‘zlik odam, O’rkunchiev do‘q-
po‘pisa yo‘liga o‘tgan, No‘yg‘utovdan bo‘ri bolalarini joyiga qaytar deb, oyog‘ini bir etikka tiqib turib 
olgan. Yirtqichlarni ko‘paytirmoqchi bo‘lgan shekilli. O’zi nima bo‘lyapti, o‘rtoqlar? Buni nima deb 
tushunishimiz kerak? Balki, siz, o‘rtoq O’rkunchiev, boshqa hammasi bo‘lib, buning ustiga o‘z shaxsiy 
bo‘rilaringizni ham boqib ko‘paytirmoqchidirsiz? Xususan va shaxsan sizga tegishli bo‘rilar deylik. 
Balki, sovxoz hali sizni bo‘rilar bilan ham ta’minlashi lozimdir? O’zimning yerim deysiz, o‘zimning 
chorvam deysiz, ana endi, o‘zimning bo‘rilarim ham dersiz! Shundaymi? Yoki sizni qanday 
tushunaylik — bo‘rilar urchib ko‘payaversin, qo‘y-qo‘zini bo‘g‘izlayversin, umumxalq mulki hisobiga 
kun kechiraversinlar deganingizmi bu? 
Bo‘ston bu orada o‘zini qo‘lga oldi, xiyla vazminlik bilan javob qaytardi: 
— Bo‘rilar haqidagi hamma gaplar to‘g‘ri, faqat bitta yomon joyi shuki, bo‘rilar umumxalq 
mulkiga chang solayotganlariga aqllari yetmaydi-da. 
Odamlar beixtiyor kulib yuborishdi, Bo‘ston o‘rtadagi vaqtdan foydalanib, davom etdi: 
— Bu yer bo‘rilar haqida gap sotishning o‘rni emas edi. Lekin hamon ular haqida gap chikdi, men 
ham o‘zimning so‘zimni aytay. Har qanday ishni aql-farosat bilan qilsa tuzuk, shuning uchun aql bilan 
tug‘ilganmiz. Ba’zi birovlarimizda farosat yetishmaydi, maqtanchoqlik esa qop-qop. Misol uchun 
o‘sha bo‘ri bolalari voqeasini oling. Bu yerda aytilganday, Bozorboy bo‘ri bolalarini inidan ko‘tarib 
chiqqan, yana ham to‘g‘rirog‘i, qaroqchilarday o‘g‘irlab olib ketgan, endi atrofdagi shovqin-suronni 
ko‘ring, sal bo‘lmasa uni qahramonga chiqarib qo‘yyapmiz. Qahramon esa, avvalo katta bo‘rilarni 
yo‘qotishni o‘ylashi, undan keyin bolalarini tinchitishi kerak edi. U bo‘lsa bo‘richalarni tezroq pul 
qilishga qiziqib ketdi. Mana endi ichib yuribdi. Bozorboydan bo‘ri bolalarini menga berishini yo 
bo‘lmasa, sotishini so‘radim. Bolalarni tuzoq qilib, kattalarini qo‘lga tushirmoqchiydim. Chunki, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling