Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
itlarni chaqira boshladi, ularni boloxonador qilib so‘kdi. Alamidan quturgan bo‘rilar jonidan to‘ydirib 
yuborishgan — u har narsaga tayyor edi. 
Bo‘rilarga hech qanday yordam berolmasdi. Ularni duch keltirsa, otib tashlashdan boshqa chora 
qolmagandi. U yarim avtomat miltig‘ini shaylab qo‘ygandi. 
Lekin bo‘rilarni uchratmadi. Shundan so‘ng dunyo ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, uyga qaytdi. Lekin 
bari bir uyqu kelmadi. Qorong‘uda anchagacha to‘lg‘anib yotdi, miyasini notinch, dardli o‘ylar 
parmalardi. 
Nimalarni o‘ylamaydi deysiz odam uyqu qochganda? Hammasidan ham ko‘proq u yildan yilga 
vijdonan ishlash qiyin bo‘lib borayotgani, hozirgi odamlar va ayniqsa, yoshlarda or-nomus 
qolmaganligi haqida o‘ylardi. Hech kim hozir so‘zga ishonmaydi. Har bir kimsa hammadan burun o‘z 
foydasini ko‘zlaydi. Vaholanki, mashhur Chu kanali qurilishida odamlar mamlakatning hamma 
burchaklaridan o‘z ixtiyorlari bilan kelib, hatto pul-maosh olmay mehnat qilmaganmidilar. Mana endi 
hech kim bunga ishonmaydi, cho‘pchak aytyapsizmi, deydi, shunday bo‘lishi ham mumkinmi asti? 
Hozir hech kim bo‘yniga arqon solsangiz xam, o‘laman sattor, cho‘pon bo‘lmayman, deydi. 
Hammalari buni bilishadi, lekin bilmagandek yurishadi, vaqtinchalik qiyinchiliklar deb qo‘yishadi. 
Ochig‘ini aytsang, tuhmat qilyapsiz deb yuz-ko‘zingni ochirishmaydi. Kimning nog‘orasiga 
o‘ynayapsiz, deyishadi! Axir bu ketishda keyin nima bo‘ladi, hech kimning jiddiyroq bosh qotirgisi 
kelmaydi. Uning diliga taskin, ko‘ngliga orom beradigan birdan-bir narsa bor edi. U ham bo‘lsa, 
Gulimxon hech qachon otda tinim bor, itda tinim bor, sizda tinim yo‘q, ertayu kech qo‘y-ko‘zidan 
bo‘shamaysiz, deb ta’na qilmagan, yuziga solmagan edi. O’tarni bir zum ham ko‘zdan qochirib 
bo‘lmaydi, suruvni to‘xtatib ko‘r-chi, bu temir dastak emas senga keragida ko‘tarib, keraksizda tushirib 
qo‘yadigan, suruvgacha kecha-kunduz ko‘z-quloq bo‘lib turmasang, ish chiqmaydi. Aksiga olganday, 
qayoqqa qarama, qo‘l kuchi yetmaydi. Holbuki, odamlar yo‘q emas, bor, lekin ularning ishlagilari 
kelmaydi. Nimaga axir? Axir, mehnatsiz yashab bo‘lmaydi-ku. Mehnatsiz hayot-halokat. Balkim, 
butunlay boshqacha yashash va ishlash kerakdir? Balki, hamma gap shundadir? Yana eng og‘ir masala 
— saqmonchilar. Qo‘zilatish boshlangach, punktlarda qo‘zilarga qaraydigan saqmonchilar kerak. 
Xo‘sh, kaerdan olasan saqmonchilarni? Yoshlar saqmonchi bo‘lishni istamaydi. Saqmonchi ertayu 
kech ko‘z yummay qo‘zilarga qaraydi. Bu ishni ko‘rqqanidan emas, halol, vijdonan bajarmasa 
bo‘lmaydi. Shuning uchun saqmonchilikka yosh-yalangni zo‘rlab ham ko‘ndirolmaysiz. Hozirgi 
yoshlar shiptir kechib, ovloqda — bir chekkada kun kechirishni xohlamaydi. Saqmonchi qancha ham 
haq olardi deysiz. Vaholanki, shaharda zavod yo fabrikada sakkiz soat ishlagan har bir yigit-qiz 
bundan ko‘ra ancha ko‘proq pul topishi mumkin. «Qanday qilib biz ko‘proq foyda chiqadigan yerda 
emas, bir umr ishchi kuchi ko‘proq kerak bo‘lgan joyda ishlagan ekanmiz-a? Mana endi yoshlar ishni 
qo‘lga oladigan payt kelganda, ular hech narsaga yaramay qolyaptilar — na or-nomus bor ularda va na 
vijdon», deb xafa bo‘lishadi qariyalar. Avlodlar o‘rtasida anglashilmovchilik hamda yotsirash 
tug‘dirgan mana shu to‘qnashuv qachonlardan beri odamlarning yuraklarini o‘rtab keladi. Bo‘ston 
yana o‘sha gapini esladi. O’shanda u tag‘in o‘zini to‘xtatolmadi va bekor qildi. Odam xuddi o‘zi uchun 
ishlaganday ishlasin, dedi u. Men boshqa yo‘lni ko‘rmayotibman. Ishchi qilayotgan ishidan shaxsan 
manfaatdor bo‘lishi suv va havoday zarur. Bo‘ston ish haqi ish natijasiga qarab belgilanishi kerak, deb 
necha-necha martabalab aytgan edi. Hammasidan ham muhimi — cho‘ponning o‘z yeri bo‘lsin, 
cho‘pon shu yer uchun jon kuydirsin, uning yordamchilari va butun oila, bola-chaqasi ham shu yerni 
deb ter to‘ksin, aks holda boshqa hech narsaning foydasi yo‘q... 
Odatdagiday partorg Qo‘chqorboev uning po‘stagini qoqdi. Qo‘chqorboevni sovxozda «gazet 
kishi» deb chaqirishardi, u direktor stolining o‘ng tomonida Bo‘stonga yonlama o‘tirardi. G’ashi 
kelayotgan bo‘lsa kerak, uning qosh-qovog‘i uyulgan, posoniga olib dam sayin bo‘yinbog‘ini ushlab, 
tuzatib qo‘yadigan Qo‘chqorboev Bo‘stonga yovqarash qilib, qiya nazar tashlardi. Sovxoz direktori 
Cho‘tboev Qo‘chqorboevning nima demoqchi bo‘lib turganligini xo‘p yaxshi tushunardi. Ko‘p yillar 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling