Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
qilib yirtib tashlagisi kelar, esdan og‘ib qolayotganga o‘xshardi. 
Lekin hayot faqat kulfat va omadsizlikdan iborat emas. Tole shu tobda unga andakkina kulib ham 
boqdi. O’sha kuni tog‘liklarda bir cho‘pon to‘y bermoqda edi. Ta’tilga kelgan student o‘g‘lini 
uylantirayotgan edi. Mehmonlar uzoq o‘tirishdi. Eng oxirgilari yarim kechadan og‘ganda, yuk 
mashinada qaytishmoqda edi. Osmonga to‘lin oy ko‘tarilgandi. Tog‘ yonbag‘irlarida ko‘l salqini 
esardi. Olisda, pastda Issiqko‘lning oydini xira jilvalanardi. Odamlarning qo‘shiq aytgilari kelar, bir 
qo‘shiqqa ikkinchisini ulab yuborardilar. 
Qo‘shiq tovushlarini eshitib, Bo‘ston yugurgancha yo‘lga yetib ulgurdi-da, joni boricha qo‘lini 
silkita ketdi. Ana shu yuk mashinasida tunda soat ikkilardan o‘tganda, u «Berik» sovxoziga yetib keldi. 
Yuk mashinasi sovxoz direktorining uyi oldida to‘xtadi. It qattiq akillab, Bo‘stonning oyog‘iga 
tashlandi. Itga e’tibor bermay, u derazani mushtlay boshladi. 
— Kim bu?— xavotirli so‘radi ovoz. 
— Menman, Bo‘ston O’rkunchievman. 
— Nima bo‘ldi, Bo‘ske? 
— Ahvol chatoq. 
* * * 
Ertasiga peshinga yaqin qutqaruvchilar birin-ketin tizilishib Ola Mo‘ngu dovoni tomon ko‘tarilib 
borardilar. Bo‘stonni qo‘shib hisoblaganda, ular olti kishi edilar. Mashina yurishi mumkin bo‘lgan 
joygacha ularni vezdexodda olib kelib qo‘ydilar. U yog‘iga o‘zlari asbob-uskunalarini olib yo‘lga 
tushdilar. Ular Bo‘ston izidan nafaslarini saqlab, jim, adl ko‘tarilardilar. Shahardan tez orada, mana 
shu soatlar ichida vertolyot kelishi, ularga uchta tajribakor alpinist yordamga qo‘shilishi kerak edi. 
Kecha xuddi mana shu paytda, xuddi mana shu so‘qmoqdan Ernazar ikkovimiz dovonga o‘tib 
borgan edik, deb o‘ylardi Bo‘ston, boshimizga bunday falokat tushishini hayolimizga ham 
keltirmagandik... 
Ernazar yiqilgandan so‘ng bir oz vaqt tiriq bo‘lganligini u tushunar, lekin bir kechayu bir kunduz 
muzlik qa’rida odam chidashi mumkinligiga aql bovar qilmasdi. Shundaylikka shundayku-ya, lekin 
baribir hech narsaga qaramasdan u mo‘‘jiza ro‘y berishiga ishongisi kelardi. 
O’tgan kecha bo‘ralagan bo‘rondan so‘ng dovonni qor bosgan, sukut cho‘kkan edi. Qor ko‘zni 
qamashtirib, og‘ritardi. Qorbo‘ron kechagi izlarning barini bosib ketgan, Bo‘ston muz yorilgan joy 
aniq qaerda ekanligini ko‘rsatishga qiynalardi. Lekin bir yomonning bir yaxshiligi bor deganday
qutqaruvchilardan birovi Bo‘ston kecha yechib tashlagan po‘stinni topdi, sal o‘tmay po‘stindan andak 
nariroqda yotgan egarga ham ko‘zlari tushdi. Ana shularga qarab, kechasi qor ko‘mib tashlaganiga 
qaramay, o‘yiqni aniq mo‘ljallab topishdi. Bu orada alpinistlar ham kelib qolishdi. Ular o‘z so‘zlariga 
qaraganda, olti qavatli uycha keladigan muz o‘yiq ichiga tushishdi... 
Alpinistlar yuqoriga qaytib chiqib, Ernazarni ololmaymiz, deb aytishdi. Uning ham, otining ham 
loshi qalin muzga ajratib bo‘lmaydigan darajada yopishib, qotib qolibdi. Ko‘chirib olish uchun qattiq 
zarb urilsa, muz qatlami surilishi, natijada, qutqaruvchilarning o‘zlari ko‘chki ostida qolib halok 
bo‘lishlari mumkin, deb tushuntirishdi alpinistlar... Bo‘stonning o‘zi o‘yiqqa tushib ko‘rsin, istasa, 
do‘sti Ernazar bilan vidolashsin, deyishdi alpinistlar. O’zga chora yo‘q... 
Keyin uzoq yillar Bo‘ston xotirasiga hech o‘chmas bo‘lib o‘rnashib qolgan dahshatli tush ko‘rib 
yurdi. U muz jar sari arqonda tushib boryapti. Yaxmalak devorlarni qo‘lidagi fonar bilan yoritadi. 
Uning yana boshqa fonari ham bor. Birovi qo‘lidan tushib ketsa, ikkinchisini ishlatadi. Birdan nazarida 
ikkinchi fonarini yo‘qotib qo‘ydi. Qaerga g‘oyib bo‘ldi, bilmaydi. Bundan yuragi yomon siqildi. 
Qo‘rqdi, xavotirlandi. Baqirgisi keladi. Lekin vahimali qorong‘u muzlik qa’riga tushgancha tushib 
boraverdi. Nihoyat, chiroq yorug‘ida muzga toshday yopishib yotgan Ernazarni ko‘rdi: Ernazar (aslida 
ham shunday edi) mukkayib o‘tiribdi, po‘stini boshi tepasiga ko‘tarilib qolgan, yuzi qonga bo‘yalgan, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling