Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
yerdan menimcha, tushuv boshlanadi. Balki Kichibel ham ko‘rinib qolar. U yokda ham-mayoq yam-
yashil ko‘karib yotgandir hozir... 
Ikkov yana ilgarilab ketdilar. Atrofda tekis, toza qor ko‘rpasi to‘shalgan, ba’zi yerlarda shamol 
qorlarni quyunda uyub, buyug‘ yasab, tepa qilib tashlagan, ular oftobda yarqiraydi. Lekin, oldinda 
allaqayda qorlik dunyo tugab, butunlay yangi olam boshlanishidan nimalardir darak berib turardi. 
Ikkovlari tezroq o‘sha tomonga o‘tish, orzu qilgan joylarini ko‘rishga oshiqardilar. Ular ikki tog‘ 
o‘rtasidagi o‘rkachdan o‘tib borishar, yana ozgina yursalar, maqsadga yetadiganday edilar. Bo‘ston 
otini yetaklagancha qor tepkilab oldinda borar, shunda birdan oyog‘ining tagida allanima qaltirab 
ketganday tuyuldi. Orqa tomondan qichqirgan tovush eshitildi. 
Bo‘ston daf’atan o‘girilib qaradi va anqayib qoldi: Ernazar ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan, qaygadir tushib 
ketgan edi. Na o‘zi bor, na oti. Faqat u hozirgina qadam tashlagan joyda qor to‘zonlanib turardi. 
— Ernazar!— vahimali qichqirdi Bo‘ston va o‘z qichqirig‘idan o‘zi qo‘rqib ketdi. Uning tovushi 
tog‘larning o‘lik sukunatida guldurab aks sado berdi. 
Bo‘ston qor to‘zib turgan yerga o‘zini otdi va bazo‘r o‘zini ushlab qoldi, o‘zini qandaydir 
g‘ayritabiiy kuch bilan orqaga oldi. Uning oldida tubsiz o‘pqon ochildi. O’pqon qorayib yotar, undan 
abadiy sovuq nafas ufurardi. Shunda Bo‘ston qorga qorni bilan yotdi-da, nima bo‘lganini aqliga 
sig‘dirolmay, to‘g‘rirog‘i, bunga aslo ishonmay, qa’r chetiga surinib keldi. Uning butun vujudi, butun 
fikru hayoli qo‘rqinchga aylandi, shu qo‘rqinch tanasini butunlay karaxt qilib ko‘ydi. Shunga qaramay, 
Bo‘ston sudralgancha surilib borar, o‘zi tushunmagan allanima kuchiga kuch qo‘shar, nafas olishga 
ko‘maklashardi. Bo‘ston tirsaklariga tiranib, yuziga yopishayotgan korlaryr sidirib, surinardi. Nihoyat, 
u qor tagi ko‘k muz ekanligini tushundi. Shunda u qor tagida ko‘milib yotadigan yoriqlar va o‘yilgan 
yerlar, ularga tushib ketgan yilqilar haqidagi rivoyatlarni esladi, «er yutkur», «jar yoqaga ket!» degan 
qarg‘ishlar esiga tushdi. Lekin nima uchun Ernazar, Ernazargina emas, uning o‘zi ham bu baloga 
giriftor bo‘ldilar? 
Hech narsaga qanoat qilmadi, doim ko‘ziga oz ko‘rindi, noshukurchilik oqibati emasmikin bu?.. 
Bunday kulfatga duchor bo‘lishini bilganda-ku... 
Bo‘ston tog‘ yorig‘igacha sudralib keldi. Uning ko‘z o‘ngida tagi-tugi yo‘k qa’r qorayib yotardi. 
Tubsiz jar yoqalari xuddi shar-shar yirtilib ketganday edi. U dahshatdan titrab ketdi. 
— Ernazar,—ohista pichirladi Bo‘ston, bir zum ichida uning tomog‘i qaqrab ketgandi, keyin 
vahshiyona hirqiragan tovush bilan baqirdi:— Ernazar, qaydasan? Ernazar! Ernazar! Ernazar!
U jim bo‘ldi. Shunda nazarida qa’r ichidan bilinar-ilinmas ingragan bir ovoz eshitilganday tuyuldi: 
«Yaqinlashmang».
Bo‘ston shunda faryod ko‘tardi: 
—Ernazar! Jigarim! Men hozir! Hozir! Sabr qil! Hozir seni tortib olaman! 
U jarga qulay-qulay deb, o‘zini ortga otdi. Borib otning jilovlarini sidirib torta boshladi. Ular 
o‘zlari bilan Ernazarning egariga mahkamlab arqon hamda bolta ola kelgan, lekin endi bu narsalar 
jarga qulagan ot bilan birga ketgan edi. Bo‘ston pichog‘ini qinidan sug‘urdi, teri tasmalar — no‘xta, 
quyishqon, tizgin, uzangi, jilov bormi hammasini kesib chiqib, so‘ng bitta qilib, uzunasiga mahkamlab 
bog‘ladi. Qo‘lini kesib oldi. Dag‘-dag‘ qaltirardi. Yana qa’r yoqasiga sirg‘alib bordi, ko‘ziga hech 
narsa ko‘rinmas, yo‘lga qaramas, talvasa ichida titrab nafas olar, xuddi birdan jon taslim etadiganday, 
Ernyozarni qutqarolmay qoladiganday qo‘rqar, joniqardi. 
— Ernazar! Ernazar!— tovush berardi u.— Mana arqon! Arqon bor! Eshityapsanmi, arqon bor! 
Eshityapsanmi! Ernazar! Jigarim, ovoz ber! 
U abzaldan kesib yasagan arqonning bir uchini mushtiga bog‘ladi-da, ikkinchi uchini jarga tushirdi. 
Lekin hech kim arqonni tutmadi, hech kim uning chaqirganiga sado bermadi. Qa’r qanchalar chuqur — 
u bilmasdi. Arqon qancha joygacha tushdi — u bexabar edi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling