Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
— Koinotning bunga nima aloqasi bor? Nima, osmonga uchgan bo‘lsak, avvalgi ota-bobolarning 
so‘zlarini unutishimiz kerakmi? 
Ko‘kka chiqayotganlarning soni barmoq bilan sanarli, siz yerdagilar qanchadan-qanchamiz, 
qanchadan-qanchamiz yerda tiriklik qilamiz? Ota-bobolarimiz yerda yashashgan, ularning tirikchiligi 
yer bilan bo‘lgan, osmonda nima bor bizga? Kim uchsa uchaversin. Har kim o‘z ishini qilsin. 
— Aytishga oson, Bo‘ske. Bizning partorgimiz Qo‘chqorboevga o‘xshaganlar har maylisda 
eskidan qolgan narsalarni so‘kkanlari so‘kkan. To‘y qilishni bilmaysizlar, nega to‘ylarda 
o‘pishmaysizlar, nima uchun kelin bola qaynanasi bilan tansa tushmaydi? — deyishadi. Hatto 
bolalaringizga tuzukroq ot qo‘yolmaysizlar, deb dag‘-dag‘a qilishadi. Yangi tasdiqlangan ismlar 
ro‘yxati bor emish. Hamma eski nomlarni o‘zgartirish kerak emish. Qo‘ying-chi, hatto o‘likni qanday 
ko‘mishgacha aralashadi, undoq qilinglar, bundoq qilinglar, undoq yig‘lamanglar, mundoq osh 
tortmanglar. Hatto qanday yig‘lash kerakligigacha ko‘rsatib beradi; eskicha yig‘lamanglar, yangicha 
yig‘langlar, deydi. 
— Bilaman, Ernazar hammasini. Bilmay o‘libmanmi? Moskvaga borsam, kuzda meni 
ko‘rgazmaga jo‘natishmoqchi, gapning ochig‘i, Markazqo‘mga kirib aytaman: bizga Qo‘chqorboevga 
o‘xshaganlar rostdan ham kerakmi yoki bu peshonamizga bitgan sho‘rmi? Hech narsa demaganingda 
ham, sal narsaga hiqildog‘ingdan oladi, sen partiyaga qarshisan, deydi. O’zini partiya deb bilganiga 
o‘lasanmi? Yana hech kim unga miq etib og‘iz ochmaydi. Ana, odamlarimiz qanday. Hatto 
direktorimiz ham o‘zini chetga oladi. E, qo‘ysang-chi, uni! Yomoni shundaki, Qo‘chqorboevga 
o‘xshaganlar boshqa yerlarda ham tiqilib yotibdi...Ke, endi uxlaylik, Ernazar. Axir ertaga kun og‘ir 
bo‘ladi... 
Ikki cho‘pon ulug‘ Ola Mo‘ngu muz dovoni ostidagi darada undan-mundan gaplashib yotib uxlab 
qoldilar. Yulduzlar hammasi, bitta qolmay sim-siyoh osmon bag‘rida tog‘lar uzra bodrab-bodrab 
chiqdilar, cho‘ngligi xuddi mushtday-mushtday keladi-ya, lekin nimagadir yerga qulab tushmaydi, deb 
ajablanardi Bo‘ston. Dona-dona yulduzlar falakda osilib turishar, tinimsiz jimirlar, im qoqar, sovuq 
shamol toshlar oralab quturib chiyillardi...Shamollar ilohiga doim joy yetmaydi...U doim nedandir 
norozi va doim nelar-nidir o‘z bag‘rida yashiradi... 
 
* * * 
Bo‘ston fig‘on ko‘tarib uligan bo‘rilarning ovozlarini tinglab, shu tobgacha boshidan nimaiki 
kechirgan bo‘lsa, barini eslab yotgan o‘sha mash’um kechada ham shiddatli sovuq shamol chiyillab, 
hushtak chalib deraza yoruqlaridan uyga yorib kirardi. U o‘tgan kunlarni yana bir-bir hayolidan 
kechirar, yuragini tuban kishilar tomonidan yetkizilgan ozor o‘rtardi. O, bu yuzsizlik! Ular hatto 
birovlarning baxtsizliklarini ham masxara va maynavozchilik, tuhmat manbaiga aylantiradilar. O, 
nechog‘lik kuchli bu ko‘hna dunyodan qolgan yuzsizlik! Istagan odamga azob berishlari, istagan 
odamni — cho‘pondan tortib podshohgacha — ruhiy qiynoq chohiga tashlashlari mumkin. Yuragi 
adoqsiz mahzun o‘ylardan goho shunchalar ham siqilib ketardiki, bu kecha yana paydo bo‘lib uv 
solayotgan bo‘rilarning faryodlari Bo‘stonga o‘z mustar ko‘kragidan otilib chiqayotganday tuyulardi. 
Nazarida bo‘rilar emas, unyng o‘rtanib kuygan dili qo‘ralar ortida tun qorong‘iligida noumid 
kezayotganday, qo‘zyosh to‘kaverib alamdan ko‘r bo‘lgan dili Akbara bilan birga nola-afg‘on 
qilayotgan, uvvos solib yig‘layotganday edi. Bo‘rining bu nolasiga inson toqati yetmasdi, uni qanday 
bo‘lmasin, bo‘g‘ib, o‘ldirib tashlagisi kelardi. «Toza ohaniga oldi! Xo‘p, nima qilay axir? Mendan, 
axir, nima istaysan? — tajang bo‘lardi Bo‘ston.— Senga yordam berish qo‘limdan kelmadi. Men 
harakat qilib ko‘rdim, lekin hech ish chiqmadi, ishon menga, Akbara. Bo‘ldi, boshqa uvlama! Yo‘q bu 
yerda sening bolalaring, yo‘q, yuz chaqirim naridan ham topolmaysan qidirib. Bolalaringni pullab, 
ichishdi. Endi hech qachon ularni topolmaysan! Bas qil endi! Qachongacha bizni qiynaysan? Ket, ket, 
Akbara! Unut endi barini. Bilaman, senga og‘ir, lekin ket endi, yo‘qol ko‘zimdan, Xudo ko‘rsatmasin, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling