Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
— Javob shunaqa bo‘ladimi? 
— Yana nima dey bo‘lmasa? 
Sizga ham tushunaman, Ibroyim Cho‘tboevich. Bir marta og‘zingiz kuygan. Hammasi yaxshi 
bo‘lsin degansiz. Sizni esa bo‘yningizga boplab bir urib, vazifangizni pasaytirishgan. Raykomdan 
sovxozga o‘tkazib qo‘yishgan. 
— Rost. Yana bo‘ynimga urishlarini xohlamayman. Aqlim kirdi.
— Ana, ko‘rdingizmi? Har kim o‘zini o‘ylaydi. Men qarshi emasman. Odam o‘zini o‘ylasin. 
Faqat, aql bilan o‘ylasin. Yangilik qilganni emas, yangilik qilishi mumkin bo‘la turib, qilmagan 
odamni jazolash kerak. Bizda hammasi teskarisi. 
— Gapirish oson,— iljaydi direktor. 
— Hamma shunday deydi. Mehmonga kelganday yashash jonimga tegdi. Mehmon nima ish qilib 
berardi? O’zingiz bilasiz-ku. Oldiniga bir-ikki kun jon koyitadi, keyin bor-e, deydi...Bizda axir, 
shunday bo‘lmayaptimi, ishlayverasan, ishlayverasan, Qo‘chqorboev esa, to‘xtovsiz burningga chertib 
turadi sen mehmonsan, sen xo‘jayin emassan, deb... 
— Gap bundoq, Bo‘ske. Kelishib olaylik. Sen meni ro‘kach qilmaginu o‘zing qanday ma’qul 
topsang, shunday ish tutaver... 
Ular xayrlashdilar... 
Uch kundan so‘ng ular tong qorong‘usida Ernazar bilan Kichibelga otlandilar. Ular otga 
o‘tirganlarida hali hamma uxlab yotardi. Bo‘ston oq-sarg‘ish axta samanni mindi. Do‘nko‘lik u paytlar 
endi ikki yoshga kirgan toy edi. Tog‘larga vazmin ot bilan chiqqan tuzuk, dovonga chopib 
ko‘tarilmaydilar. Ernazar ham yaxshi ot mingan edi. Yilning bu faslida otlar kuchga to‘lgan bo‘ladi. 
Ular jadal yo‘l bosdilar. Har ikkovlari xurjunlarini to‘ldirib suli olgan — qorliqlarda tunashga to‘g‘ri 
kelsa, asqotadi. Har ehtimolga qarshi qalin pochapo‘stinlarni ham egarga tashlab qo‘yishdi. 
Shunday bo‘ladiki, ba’zan yo‘lning o‘zi kishiga rohat bag‘ishlaydi. Ayniqsa, hamrohing diltortar 
odam bo‘lsa va suhbat sodda, samimiy kechsa. O’sha kuni havo musaffo, kun charaqlab turar — 
oldinda qor bosgan tog‘ tizmalari bir-birlariga mingashib ketgan, ichkarilab borgan sari tog‘lar ham 
yuksakroq, qori qalinroq bo‘lib borar, orqaga o‘girilib qaralsa, pastlikda ko‘z ilg‘amas ulug‘ ko‘l 
yoyilib yotardi. Har safar odamning orqaga, tagi qorayib ko‘ringan ko‘l oynasiga qaragisi kelaverardi. 
— Issiqko‘lning oynasidan bir parchasini xurjunga solib olib ketsakmikin, a? — deb hazillashdi 
Ernazar. 
— Otni sulining o‘rniga oyna bilan boqarmiding keyin,— bosiq javob berdi Bo‘ston. 
Kulishdi. Cho‘ponning nimasi ko‘p — kundalik tashvishi ko‘p. Ular suruvlarni dovondan qanday 
olib o‘tishni aniqlash uchun borishar, hali oldinda juda qiyin va mushkulpisand ish turar, shunga 
qaramasdan, ikkovlarining vaqtlari chog‘, ota-bobolarning so‘qmoq yo‘llari ulardan o‘z mehru 
shafqatini darig‘ tutmasdi. Ernazarning ko‘ngli ko‘tarilgan — axir, har qalay, uning aytgani yuzaga 
chiqyapti-ku. Urushdan keyin chamasi qirq yil bu yo‘ldan hech kim o‘tmagan, ular Bo‘ston bilan yurak 
yutib shu ishga jazm etishgan edi. 
To‘g‘risini aytganda, Ernazar fikrlashni, so‘rab-surishtirishni yaxshi ko‘radigan odamlar sirasidan 
edi. O’zi ham ko‘rkam, bo‘lalikkina, urushdan keyin oxirgi otliq qismlarda xizmat o‘tab kelgan edi. 
Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hali ham azamat, chingiling yigit edi. Gulimxon erim 
kinoda o‘ynaydigan artist bo‘lib ketishiga sal qoldi, deb kula-kula so‘ylab yurardi. Bir kinorejissyor bu 
tomonlarga kelib qolib, Ernazarni kinoda o‘ynashga ko‘ndiraman deb, toza urinibdi. Agar ering 
Amerikada yashaganda, kinoda kovboy bo‘lib o‘ynardi, debdi. Gulimxon esa, unga: «Bilaman, 
sizlarning kinolaringizni, bir yilqiboqarni kinoga tushasan deb, olib ketishuvdi, shu ketgancha 
haligacha qorasini ko‘rsatmaydi. Bir artistka boshini aylantirib qo‘ygan ekan. Men Ernazarimga javob 
berib bo‘pman». Kulasizmi, qolasizmi! 
Bo‘ston esa kuzda Kichibeldan qaytib kelsak, Ernazarning qo‘liga biron brigadani topshirishni 
chamalardi. Mayli, o‘zi mustaqil ishlab ko‘rsin. Endi asl chorvador bo‘ldi. Qachongacha yordamchilik 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling