Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
145 hammasiga o‘zim qarasam, hammasini o‘zim saqlasam, ana o‘shanda men jamoatning umum yeriga qaraganda yuz karra ko‘proq ish qilaman, planda ko‘rsatilgandan necha barobar ko‘p mahsulot yetkazib beraman, umumga tegishli yerlarda xuddi yollangan, kelasi kuzda qaerga borishga boshi qotgan batrakdek ishlaganda, bundan nima chiqardi? Ammo Bo‘ston o‘z fikrini hech kimga ma’qullata olmasdi. Albatta, avvaliga ham buni, rost, odamlarga yerlarni ajratib bersak, to‘g‘ri ish bo‘ladi, odamlar o‘zlarini yer egasiday his qiladilar, oila, bola-chaqa ham bundan bahramand bo‘lishadi, ishga baravar jon kuydirishadi, deb rozi bo‘lib turar edilar-da, mahalliy hushyor siyosiy iqtisodchilardan birontasi chiqib, bu axir, sotsializmning muqaddas qonun-qoidalarini buzish emasmikin?— deb shubha bildirgan zahoti hammalari darhol baravariga so‘zlaridan qaytar va bunga butunlay teskari gaplarni aytishga tushar, isbot qilishga arzimaydigan narsalarni isbotlab yotar edilar. Hech kim qing‘ayishda ayblanishni istamasdi. Yolg‘iz savodsiz cho‘pon Bo‘ston O’rkunchievgina har bir rayon yoki sovxoz yig‘inida o‘z gapidan qolmasdi. Uning gaplarini tinglab, qoyil qolishar, miyig‘larida kulib qo‘yishardi: Bo‘stonga nima, og‘ziga kelganini qaytarmay so‘ylaveradi, yo‘qotadigan narsasi yo‘q, ishdan olishmaydi, shoxini sindirish-maydi. Azamat yigit-da! Har safar Bo‘stonga nazariy nuqtai nazardan zarba berishadi — ayniqsa, sovxoz partorgi, oblast partiya maktabini bitirib diplomli savodxon bo‘lgan Qo‘chqorboev hech qo‘ymaydi. Ana shu Qo‘chqorboev bilan munosabatlari juda allambalo edi. Qo‘chqorboev necha yillardan beri sovxoz partiya tashkilotining sekretari, lekin Bo‘ston hali-hanuzgacha yaxshi bilolmaydi — Qo‘chqorboev o‘zini qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan soddagina qiroatxon qilib ko‘rsatadimi (balki bu unga nimagadir qo‘l kelsa ham ajabmas), yoki o‘zi haqiqatan ham, asli shundaymi. Ko‘rinishdan ikki yuzi qip-qizil axtalarga o‘xshaydi — yumurtqaday sip-silliq, doim bo‘yin-bog‘ taqib yuradi, doim papka, doim ishi boshidan oshib-toshib yotganday — ish ko‘p-ko‘p — chehrasi tashvishli, xuddi odamlarga gazeta o‘qib berayotganday labi-labiga tegmay gapiradi, bir nimani quvib borayotganday oyog‘i yerga tegmay yuguradi. Bo‘ston ba’zan o‘ylanib qoladi: ehtimol, Qo‘chqorboev tushida ham qog‘ozga qarab gapirsa kerak. — O’rtoq O’rkunchiev,— deb minbardan turib ta’na yog‘dirardi partorg Qo‘chqorboev,— siz tushunishingiz kerak axir, yer bizda umumxalq mulki hisoblanadi. Konstitutsiyamizda shunday deb yozilgan. Yer bizning mamlakatimizda faqat xalqqa, yolg‘iz xalqning o‘zigagina tegishlidir, boshqa hech kimga emas. Siz esa o‘zingizga qishlik va yozlik yaylovlar, qo‘ra, qo‘tonlar, yem-xashak talab qilyapsiz, biz bularni sizga xususiy mulk qilib berolmaymiz. Yo‘l qo‘ymaymiz biz bunga — sotsializm printsiplarini buzishga bizning haqqimiz yo‘q. Siz bizni qayoqqa boshlamoqchi va og‘dirmoqchi bo‘layotganingizni tushundingizmi? — Hech kimni hech qayoqqa boshlamoqchi emasman,— taslim bo‘lmasdi Bo‘ston.— Agar hammasining egasi, men emas, xalq bo‘lsa, unda mayli, mening qo‘ramga xalq borib ishlasin, men ko‘ray bundan nima chiqarkin. Hamonki, men o‘z ishimning xo‘jasi emas ekanman, kimdir axir, baribir xo‘jayinlik qilishi kerak-ku? — Sovet xalqi xo‘jayinlik qiladi. O’rkunchiev, yana takrorlayman, sovet xalqi va davlati hammasining egasi. — Xalq deysizmi? Unda men kimman, sizningcha? Hech aqlim yetmay qoldi. Nega men davlat bo‘lolmayman? Sen, partorg, o‘zing ilmli yigitga o‘xshaysanu, lekin sizlarni u yerda nimalarga o‘qitishgan hayronman, hech tushunmayman, aytayotgan gap-so‘zlaringga? — Men, o‘rtoq O’rkunchiev, sizning yetagingizda yurolmayman, burnidan ip o‘tkazib olaman deb o‘ylamang. Gaplaringizdan kuloq safsatalarining hidi keladi. Lekin yodingizda tursin — sizning zamoningiz o‘tgan va biz hech kimga sotsializm asoslarini barbod qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. — Mayli, o‘zingiz bilasiz, harqalay boshliqsiz,— tap tortmasdi Bo‘ston,— faqat men o‘z fikrimda qolaman. Ishlaydigan boshqa birov emas, men o‘zim. Sal gapga og‘zimga urasiz: Xalq! Xalq! Xalq — xo‘jayin! — deysiz. Bo‘pti, unda! Mayli, xalqning o‘zi fikrlab, hal qilsin, yildan yilga mol ko‘payib boryapti, mayda chorvaning o‘zidangina sovxozda qirq ming qo‘y-echki bor — ilgari bunaqasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling