Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
birovning tushiga ham kirmagan edi. Holbuki, bo‘sh yerlar tobora kamayib ketyapti, planlar esa 
oshyapti. Mana, o‘zingiz qarang: ilgari men bir boshdan uch kiloyu yetti yuz gramm yung olardim, 
yigirma yil avval esa — buni hamma biladi — ikki kilogrammdan boshlagan edim, ya’ni, yigirma 
yildan ko‘proq vaqt ichida bir kilo yetti yuzga o‘sibman. Hozir esa bir yilning ichida planni yarim 
kiloga ko‘paytirib ko‘yishibdi. Qaerdan olaman buni? Nima, endi fol ochib, afsun o‘qitishim kerakmi? 
Planni bajarmasam, brigada quruq qoladi. Hammanning oila, bola-chaqasi bor. Unda odamlarga 
ishlash, yil bo‘yi tinim bilmay qo‘y orqasidan yurishning nima hojati bor? Har bir cho‘pon xuddi 
kalxatdek boshqa cho‘ponning yaxshiroq o‘tlog‘ini tortib olish uchun bosh tepasida aylanib tursa, 
planni bajarib bo‘ladimi? Chunki yerga hamma xo‘jayin, hech kim hech narsaga javob bermaydi. 
O’tloqlarni deb, qanchadan-qancha janjal-to‘polonlar chiqyapti, sen esa partorg, o‘zing ham hech 
vaqoning uddasidan chiqmaysan, direktorning ham shahdini qaytarasan! Ko‘r emasmiz, ko‘rib 
turibmiz! 
— Men nima qilyapman, bunga raykom baho beradi. Faqat raykom ham sizning bu xatarli 
o‘zboshimchaligingizga uchmaydi, o‘rtoq O’rkunchiev! 
Har safar mana shunday gap qumga singib ketadi... 
Mana shu kezlarda uning qo‘shiga Ernazar kelib qo‘shildi. U Bo‘stonga qo‘ldosh va hamfikr 
bo‘ldi. Xotinlari Orzigul va Gulimxon ba’zan ulardan kulib qo‘yishardi: ikki yorti bir butun bo‘lib, na 
yotar-turarda halovat bor, na yeyar-icharda, ishdan boshqa narsani bilmaydi bular deb. O’shanda 
ikkovlari podani yozga Ola Mo‘ngu dovonidan nariga haydasakmikin, deb yurishdi. Bu gap 
Ernazardan chiqdi. Yuramizmi yoz bo‘yi tog‘ yon-bag‘irlarida izg‘ib, ozgina o‘t-o‘lan uchun 
qo‘shnilarimiz bilan yoqa bo‘g‘ishib, undan ko‘ra yoz ichi dovonning nariyog‘iga Kichibel yayloviga 
chiqib ketsak, yaxshi emasmi? Qari-qartanglarning aytishlariga qaraganda, ilgarilari boy-badavlat 
chorvadorlar poda, suruvlarini o‘sha yoqlarga haydab ketisharkan. «Kichibel» degan qo‘shiq o‘sha 
zamonlarda to‘qilgan. Ular Kichibel yaylovi unchalar katta bo‘lmasa ham, lekin o‘t-o‘lan beldan urib 
yotishini bilisharkan. Mol besh kun ichida yem berib boqilganday semirib ketarkan. 
Bo‘ston avvalroq ham bu haqda bir o‘ylab ko‘rgan, lekin Kichibelning noaniq joylari ko‘p edi. 
Kolxoz chorvadorlari urushdan ilgari yozga Kichibelga birdan-bir yo‘l Ola Mo‘ngu muz dovonidan 
o‘tib borishgan. Urush payti ovullarda chollaru bolalar qolganda hech kim Kichibelga borishga yuragi 
betlamay qo‘ygan. Keyin qurbi qochgan mayda kolxozlarning bari nomi ham allaqanday ...yillik deb 
tugaydigan bema’ni olti so‘zdan iborat katta sovxozga birlashganlaridan so‘ng, ana shu olatasir 
to‘polon va g‘alvalar ichida ulug‘ Ola Mo‘ngu dovoni osha o‘tib boriladigan, yozda chorvani ikki oy 
va hatto undan ham oshiqroq vaqt olib chiqib ketib, semirtirish mumkin bo‘lgan yaylov borligi asta-
sekin ko‘plarning yodidan ko‘tarildi. Sovxozni ham tub yerlik odamlari Berik suv jilg‘asi nomi bilan 
«Berik» deb atashga o‘rgangan edilar. Ochig‘i, bunaqa baland, xatarli toqqa chiqishni xohlovchilarning 
o‘zi topilmas edi. Chorvani bunday qiyin tog‘ yo‘lidan haydab borish uchun molimni qanday 
bo‘lmasin, semirtiraman deydigan o‘ktam, joniga achinmaydigan odam bo‘lishi kerak. Eski 
zamonlarda qirg‘izlar bir-birlari bilan uchrashganlarida, «Mol-jon omonmi?» — deb so‘rashganlari 
bejiz emas. Ha, avvalo, chorvaning holini so‘rashgan. Nima ham deymiz, hayot oti bilan hayot-da... 
Ko‘ngillariga shu fikr cho‘g‘ solib, Bo‘ston bilan Ernazar qo‘llariga qalam-qog‘oz olib, 
Kichibeldan keladigan foyda-ziyonni cho‘tlab chiqishdi: chorvaning dovondan o‘tganda yo‘lda 
tashlaydigan vaznini qo‘shib hisoblaganda ham, bu ishga bel bog‘lasa arzirdi. Katta foyda olishlari 
tayin edi — buning ustiga mehnatga to‘lanadigan haq va tuzga qilinadigan xarajatdan boshqa 
chiqimning o‘zi ham yo‘q edi. Lekin, rost, hali bular qog‘ozdagi xomcho‘tlar. 
Bo‘ston avvalo, bo‘lim boshlig‘iga, undan so‘ng sovxoz direktoriga murojaat qilishga qaror berdi. 
Partorgga niyatini aytib o‘tirmadi. Partorgni unchalik xushlamasdi. Necha marta amin bo‘ldi — gap 
desa, qop-qop, qachon qarama, odamning shahdini o‘ldiradi: u mumkin emas, bu mumkin emas, 
majlisda nutq so‘zlash bo‘lsa unga, gazetada yozilgan gaplarni gapirib berish bo‘lsa unga, galstuk taqib 
oliftagarchilik qilish bo‘lsa unga. Sovxoz boshlig‘i — direktorga Bo‘ston ko‘nglidagi niyatini ochdi: 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling